Zhao Kai Pang

Zhao Kai Pang (1995-yil 5-martda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Sherigi Madeline Edwards bilan birga 2014-yilda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori va 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan.

Zhao Kai Pang

Edwards/Pang juftligi, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Kanada
Tavalludi 5-mart 1995-yil (1995-03-05) (29 yosh)
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Sherigi Madeline Edwards
Murabbiyi Megan Wing
Aaron Lowe
Jamoasi Inlet FSC Burnaby
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Burnaby
Uchishni boshlagan 1998
Yakunlagan 2016
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 139.65
Qisqa raqs 57.92
Erkin raqs 81.73

Shaxsiy hayoti

Pang 2019-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetining tibbiyot fakultetiga qabul qilindi.

Faoliyati

Zhao Kai Pang 2007-yil dekabr oyida Madeline Edwards bilan juftlik hosil qilgan. Juftik 2011-yilda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilib, Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida beshinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumda juftlik Fransiya va Turkiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlarida bir juft bronza medallarini va 2013-yilgi Kanada chempionatidaishtirok etib, oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan va u yerda 12-oʻrindan joy olgan[1].

2013 — 2014-yilgi mavsumda Edwards / Pang juftligi ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri medalini qoʻlga kiritgan, Meksikada boʻlib oʻtgan bosqichda kumush, Chexiyada esa bronza medali sohibi boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida ettinchi oʻrinni egallaga[2]n. Ular 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqs namoyishi uchun beshinchi, erkin raqs uchun esa uchinchi oʻrinni egallab, umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar[3].

Edwards / Pang juftligi 2014 — 2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashishni davom ettirishga qaror qilgan[4]. Ular Fransiyaning Kurchevel shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan va rossiyalik Alla Loboda / Pavel Drozd juftligidan 2,82 ball farq bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Edwards 2014-yil dekabr oyining oxirida mashg‘ulot paytida to‘pig‘ini shikastlab olgan. Qisqa raqsda oltinchi, erkin raqsda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan holda, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan[5].

Dasturlari

(Madeline Edwards bilan)

MavsumQisqa raqsErkin raqs
2015 — 16

  • Misa Tango

    Luis Bacalov
2014 — 15

Junior-level
  • Chi Samba

    Toni Braxton, Edmundo Ros
  • Rhumba: Eres todo en me

    Ana Gabriel
  • Chi Samba

    Toni Braxton, Edmundo Ros

Senior-level

  • Paso:
  • Flamenco:
  • Beautiful That Way

    Nicola Piovani
  • Il Tema Della Tata

    by Nicola Piovani
  • Hobsonʼs Choice: Act 3, Finale

    Paul Reade
2013 — 14

  • Foxtrot: It's De-Lovely
  • Quickstep: Anything Goes
  • Les Misérables
    • Bring Him Home

      Colm Wilkinson
    • Master of the House
    • One Day More
2012 — 13

  • Why Donʼt You Do Right
  • Mr. Pinstripe Suit

    Big Bad Voodoo Daddy
  • The Artist

    Ludovic Bource
    • George Valentin
    • Waltz for Peppy
    • Peppy and George

Natijalari

JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Madeline Edwards bilan

Xalqaro
Musobaqa10 — 1111 — 1212 — 1313 — 1414 — 15
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Jahon chempionati

1236
JGP finali5
JGP Avstriya5
JGP Chexiya Respublikasi3
JGP Fransiya32
JGP Yaponiya1
JGP Meksika2
JGP Turkiya3
Milliy
Kanada chempionati1-N2-J1-J77
Darajalar — N: yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar

Manbalar