Yevrojust

Yevrojust — Yevropa Ittifoqining sud tizimi bilan shugʻullanuvchi agentligi.

Yevrojust
Turi Yevropa Ittifoqi agentligi
Ishga tushgan sanasi 6-mart 2002-yil
Joylashuvi Gaaga, Niderlandiya
Direktori

Ladislav Hamran
Yevrojust prezidenti

Gretsiya Nik Panagiotopulos
ma'muriy direktor
Bosh kotib  Belgiya Ketrin De Bolle
Budjet 47.8 million yevro
Ishchilar soni 253
Vebsayti Council Decision 2002/187/JHA

Yevrojust har bir Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatdan teng vakolatlarga ega boʻlgan prokurorlar, sudyalar yoki politsiya xodimlaridan iborat. Uning vazifasi transchegaraviy va uyushgan jinoyatchilikni tergov qilish va taʼqib qilishda milliy hokimiyat organlarining samaradorligini oshirishdan iborat[1].

Tarixi

Yevrojust Yevropa Kengashining 1999-yil 15-16-oktyabrda Tampere shahrida eʼlon qilingan qarori bilan tashkil etilgan. Kengash og‘ir jinoyatlarga qarshi kurashishni takomillashtirish maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi sudyalar hamkorligi organini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi[2].

2000-yil 14-dekabrda Yevropa Ittifoqi Kengashi rasmiy ravishda Pro-Yevrojust deb nomlangan sud-huquq sohasidagi hamkorlik boʻyicha vaqtinchalik tashkilotni tuzdi. Ushbu tashkilot Yevrojust konseptsiyasini ishlab chiqqan barcha Yevropa Ittifoqi davlatlarining prokurorlari uchun „davra suhbati“ edi. Pro-Yevrojust 2001-yil 1-martda ish boshlagan, Yevrojust esa 2002-yilda tuzilgan.

Vazifalar

Yevrojust oʻz faoliyatini alohida milliy aʼzolar yoki butun tashkilot orqali amalga oshirishi mumkin. Kengashning 2002-yil 28-fevraldagi qarori bilan agentlik bir qator maqsad va vazifalarni belgilab oldi[3][4]

Yevrojust Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin[5].

Tuzilishi

Agentlik tuzilishi:

  • Agentlikning faoliyati va tashkil etilishini har bir Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatdan bir kishidan iborat, xuddi shunday vakolatlarga ega boʻlgan prokurorlar, sudyalar yoki politsiya xodimlaridan iborat hay’at boshqaradi. Kengash byudjet loyihasini maʼqullaydi va tasdiqlangan versiyasini Yevropa Komissiyasiga taqdim etadi;
  • Kengash raisni saylaydi. Uning vakolat muddati 3 yil, ikkinchi muddatga qolish huquqiga ega. Rais hay’at ishiga rahbarlik qiladi va maʼmuriy direktor faoliyatini nazorat qiladi. Har yili mart oyida rais barcha daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisida Yevropa Parlamenti va Hisob sudiga hisobot beradi. 2010-yil fevral oyida Buyuk Britaniyadan vakil Aled Uilyams rais etib saylandi;
  • Maʼmuriy direktor faqat kengash tomonidan bir ovozdan saylanishi mumkin. Bir kishi bu lavozimni 2 muddat, besh yildan 10 yilgacha egallashi mumkin. Direktor isteʼfoga chiqish uchun kengash aʼzolarining uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda lavozimidan ozod etilishi mumkin. Maʼmuriy direktorning vazifasi Yevrojustning kundalik boshqaruvi, shuningdek, xodimlarni boshqarishdir. Har yili maʼmuriy direktor byudjet loyihasini ishlab chiqadi, keyinchalik u kengashga taqdim etiladi. Byudjetni amalga oshirish boʻyicha ish ham maʼmuriy direktor zimmasiga yuklanadi. Uni amalga oshirish uchun u har yili kengashga hisobot beradi;

Kelajak

2007-yilda Yevrokomissiya Yevrojust vakolatlarini oshirishni taklif qildi. Ushbu takliflar milliy vakillarning hozirgi vaqtda turlicha boʻlgan vakolatlarini minimal vakolatlar toʻplamini yaratish bilan uygʻunlashtirishni oʻz ichiga olgan. Aʼzolar terroristik hujumlar, jinoyatchilar, ularning DNKsi va boshqalar haqidagi milliy maʼlumotlar bazalariga avtomatik ravishda kirish huquqiga ega boʻladi. 2009-yilda Vatikan Yevrojustga qoʻshilishi eʼlon qilingan edi. 2007-yilda transchegaraviy jinoyatlar 2006-yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu davlatlarni Yevrojust bilan yaqinroq hamkorlik qilishga undaydi. Yevrojust Lissabon shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlajak Yevropa prokurorining idorasi sifatida koʻriladi.

Manbalar

Havolalar