Yevgeniya Medvedeva

Yevgeniya Armanovna Medvedeva (Ruscha: Евгения Армановна Медведева; 19-noyabr 1999-yil[1], Moskva) — yakka holda figurali uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi Olimpiadada ikki karra kumush medali sovrindori (yakka konkida uchish va jamoaviy musobaqa). Ikki karra jahon chempioni (2016, 2017), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2019). Ikki karra Yevropa chempioni (2016, 2017), Yevropa chempionati kumush medali sohibi (2018). Ikki karra Rossiya chempioni (2016, 2017), Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2015). Gran-pri finalining ikki karra gʻolibi (2015, 2016). Jamoaviy jahon chempionatining kumush medali sovrindori (2017). Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (2015) va bronza medali sohibi (2014). Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali gʻolibi (2014) va bronza medali sohibi (2013).

Yevgeniya Medvedeva

Medvedeva 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yevgeniya Medvedeva
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Moskva, Rossiya
Yashash joyi Moskva, Rossiya
Boʻyi 159
Murabbiyi
  • Eteri Tutberidze
  • Sergey Dudakov
  • Danil Gleyxengauz
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 241,31
Qisqa dastur 81,61
Erkin dastur 160,46

Yevgeniya Medvedeva 2022-yil 17-aprel holatiga koʻra Xalqaro konkida uchish ittifoqi[2] reytingida 74-oʻrinni egallagan.

Medvedeva 2007 — 2018-yillarda „Sambo-70“ sport va taʼlim markazida murabbiyi Eteri Tutberidze bilan birga sport bilan shugʻullangan. Yevgeniya 2018 — 2020-yillarda Bryan Orser bilan Toronto Cricket, Skating and Curling Club klubida mashq qilib, 2020-yil sentyabr oyida Eteri Tutberidze guruhiga qaytgan.

Medvedeva tarixida figurali uchish (ayollar) boʻyicha erkin dasturda 160 balldan, qisqa dasturda 80 balldan va umumiy natija boʻyicha 240 balldan koʻproq ochko toʻplagan birinchi figurali uchuvchidir. U erkin dastur va umumiy ball boʻyicha tarixiy jahon rekordlari egasi.

Tarjimayi holi

Medvedeva 1999-yil 19-noyabrda Moskvada tugʻilgan. Uning otasi Arman Babasyan tadbirkor va sobiq rassom[3][4]. Onasi — Janna Medvedeva[5] (Devyatova[3]) — sobiq figurali uchuvchi[3], Moskva chempioni[3], jarohati[3] tufayli 15[6] yoshida faoliyatini yakunlagan. Yevgeniya Medvedeva Lyubov Yakovleva guruhida Babasyan familiyasi ostida oʻqidi, keyinchalik familiyasini ona tomonidan buvisining qizlik familiyasiga almashtirdi[3]. 2017-yil 1-sentyabrdan boshlab SCOLIPE[7] (Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti) talabasi boʻlgan. 2021-yil 1-sentyabrdan Moskva davlat universiteti talabasiga aylangan[8][9].

Faoliyati

Yevgeniya Medvedeva figurali uchishni uch yarim yoshida boshlagan. Sobiq figurali uchuvchi boʻlgan onasi uni ushbu sport turiga olib kelgan. Kichik Medvedeva „Yunix pionerov“ figurali uchish maktabida oʻqigan[10]. Keyin u Lyubov Yakovlevaning guruhiga, soʻng Yelena Selivanova guruhiga oʻtgan. 2007-yilda Yevgeniyaning onasi uni Sambo-70 markaziga, Eteri Tutberidze guruhiga oʻtkazishga qaror qilgan.

Yevgeniya Medvedeva 2011-yilda Rossiya terma jamoasiga qoʻshildi[11].

Oʻsmirlar oʻrtasida

2013 — 2014-yilgi mavsum

Medvedeva 2013 — 2014-yilgi mavsumda Latviyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida debyut qildi va u oltin medalni qoʻlga kiritdi[12]. Buning ortidan Polshadagi bosqich boʻlib oʻtdi, Yevgeniya unda ham gʻalaba qozondi[13]. Yaponiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida sportchi hamyurtlari — Mariya Sotskova va Serafima Saxanovichga[14] yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Medvedeva 2014-yilgi Rossiya chempionatida kattalar oʻrtasida yettinchi oʻrinni[15] va oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[16]. 2014-yil mart oyining boshida u figurali uchish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogi finalida Anna Pogorilayani[17][18] ortda qoldirib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2014 — 2015-yilgi mavsum: oʻsmirlar chempionatidagi gʻalaba

Medvedeva 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirining ikkala bosqichida[19] gʻolib chiqdi, natijada Gran-pri finalida ishtirok etish imkonini qoʻlga kitirdi[20]. U Barselonadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalidagi ikkala dasturda ham gʻalaba qozonib, oltin medal sohibi boʻldi[21]. Medvedeva 2015-yilgi Rossiya chempionatida Yelizaveta Tuktamisheva va Yelena Radionovaga yutqazib, birinchi bor medalni (bronza)[22] qoʻlga kiritdi, bu esa unga ikkinchi jahon oʻsmirlar chempionatiga chiqishga imkon berdi. Yevgeniya mart oyining boshida Tallinda boʻlib oʻtgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi[23].

Kattalar oʻrtasida

2015 — 2016-yilgi mavsum: Yevropa chempionati va jahon chempionatidagi gʻalaba

Yevgeniya Medvedeva 2015-yil oktyabr oyida kattalar oʻrtasida figurali uchish boʻyicha musobaqada qatnashishni boshladi. U Ondrey Nepela Memoriali 2015 musobaqasida gʻalaba qozondi[24]. Uch hafta oʻtgach, Yevgeniya Miluoki shahrida (AQSh) Skate America Gran-pri seriyasida birinchi oʻrinni egalladi[25]. Rossiyadagi keyingi bosqichda ham uning chiqishi muvaffaqiyatli boʻldi. Medvedeva boshqa rossiyalik figurali uchuvchi Yelena Radionovaga yutqizib ikkinchi[26] boʻldi.

Medvedeva milliy chempionatdagi qiyin kurashishdan soʻng birinchi marta Rossiya chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2016-yilgi Yevropa chempionatida birinchi oʻrinni egalladi; Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni rossiyaliklar — Yelena Radionova va Anna Pogorilaya egalladi. Yevgeniya Bostonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida erkin dasturda 150,10 ball yigʻib yangi jahon rekordini oʻrnatdi. U mavsumning barcha asosiy startlarida gʻalaba qozongan Irina Slutskaya va Yelizaveta Toʻxtamishevadan keyin Gran-pri finalida, Yevropa chempionatida va Jahon chempionatida gʻalaba qozongan uchinchi yakkaxon rus konkida uchuvchisi boʻldi. Shuningdek, Medvedeva oʻsmirlar oʻrtasida gʻalaba qozonganidan keyingi yili kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozongan dunyodagi birinchi yakkaxon konkida uchuvchi boʻldi[27]. Bunday yuqori natijalarga erishish uchun Medvedeva maktabdagi taʼlimini tashlab, murabbiylar bilan alohida shugʻullanishi kerak edi. „Komsomolskaya pravda“ radiosiga bergan intervyusida Yevgeniya Medvedeva „Jahon chempionatiga yetarlicha hissiy kuchga ega boʻlish uchun“ ikki hafta davomida darslarini tark etganini aytgan[28].

2016 — 2017-yilgi mavsum: sakkizta jahon rekordi va jahon chempionatida ikkinchi oltin medal

Medvedeva 2016 — 2017-yilgi Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yangi mavsumni oktyabr oyi oxirida boshladi, u yerda Mississaugadagi Gran-pri bosqichida qatnashdi, Kanada Federatsiya kubogida birinchi oʻrinni egalladi, shu bilan birga qisqa dasturda oldingi yutugʻini yangiladi[29]. Noyabr oyi oʻrtalarida u Parijdagi Gran-pri bosqichida ishtirok etib, u yerda Trophée de France turnirida birinchi oʻrinni egalladi va qisqa dasturdagi sport yutuqlari yaxshilandi[30]. Bu yutuq unga Marseldagi Gran-pri finaliga ishonch bilan chiqishga imkon berdi, Medvedeva ushbu finalda qisqa dasturda toʻplangan ochkolar yigʻindisi boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. Shunday qilib, u ikkala dasturda ham rekordlar egasiga aylandi. Erkin dastur natijalariga koʻra, Medvedeva Gran-pri finalining ikki karra gʻolibi boʻldi[31]. Medvedeva 2016-yil dekabr oyida Chelyabinskda ikki karra Rossiya chempioni boʻldi[32].

Medvedeva 2017-yilgi Yevropa chempionatida yana ikki karra Yevropa chempioni boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga, u erkin dasturda yana jahon rekordini yangiladi (oʻzi oʻrnatdi), shuningdek, ikkita dasturda (ilgari koreyalik Kim Yong Ahga tegishli) ball yigʻindisi boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi[33]. U Xelsinkidagi jahon chempionatida ishonchli gʻalaba qozonib, ikki karra jahon chempioni boʻldi. Yevgeniya qisqa dasturda 79,01 ball toʻpladi[34]. Shu bilan birga, u oʻz mamlakati uchun Janubiy Koreyada boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga uchta yoʻllanmani qoʻlga kiritishga hissa qoʻshdi.

Medvedeva 2017-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkala dasturda ham gʻolib chiqdi. Qisqa dasturda[35] 80,85 ball, erkin dasturda 160,46 ball, umumiy[36] 241,31 ball toʻplagan holda barcha rekordlari yana yangilandi.

2017 — 2018-yilgi mavsum: Olimpiya mavsumi

Medvedeva 2017 — 2018-yilgi yangi Olimpiya mavsumini Bratislavada boshladi va u yerda Ondrey Nepela Memorial turnirini oltin medal bilan yakunladi[37]. U Moskvada Gran-pri seriyasini boshladi va u yerda ham gʻolib boʻldi[38].

2018-yil Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida u Alina Zagitovaga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi[39]. Pxyonchxandagi Olimpiya oʻyinlarida Medvedeva Rossiyadan kelgan olimpiya sportchilari jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqalarda kumush medalni qoʻlga kiritdi[40]. U qisqa dasturni muvaffaqiyatli bajarib, jamoasiga maksimal 10 ochko keltirdi. Shu bilan birga, u qisqa dasturda oʻzining jahon rekordini yangiladi. Medvedeva Olimpiada oʻyinlaridagi yakkalik bahslarda ikkinchi oʻrinni egalladi va kumush medalni qoʻlga kiritdi[41]. Mart oyida Medvedeva Milanda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo belidan olgan jarohati tufayli musobaqani tark etdi[42][43].

2019 — 2020-yilgi mavsum

Medvedeva 2019 — 2020-yilgi mavsumni sentyabr oyida „Challenger“ — Autumn Classical International turkumiga kiruvchi Kanadada boʻlib oʻtgan turnirdagi chiqish bilan boshlagan. Qisqa dasturda u barcha elementlarni bexato bajarib, 75,14 ball[44] bilan ikkinchi oʻrinni egallagan[45]. Erkin dasturda Yevgeniya 142,29 ball bilan yana ikkinchi oʻrinni egallagan[46]. Natijada u yaponiyalik Rika Kihiraga 6,73 ochko yutqazib, jami 217,43 ochko bilan ushbu turnirning kumush medalini qoʻlga kiritgan[47].

2020-2021 yilgi mavsum

Yevgeniya Medvedeva 2020-yil 16-sentyabr kuni murabbiy Eteri Tutberidze[48][49] guruhiga qaytayotgani maʼlum boʻldi[50].

Yevgeniya Medvedeva Rossiya kubogi seriyasining birinchi va ikkinchi bosqichlarida qatnashish tayinlandi, ammo keyinroq FFKKR (Rossiya figurali uchish federatsiyasi) tomonidan sportchi musobaqadan chiqqani rasman tasdiqlandi, shuningdek, Medvedeva tibbiy sabablarga koʻra Rossiya kubogining keyingi bosqichlarining birortasida ham ishtirok etmadi[51]. Medvedeva Moskvadagi Gran-pri musobaqasida ishtirok etdi, biroq sogʻligʻining tiklanishi davom etayotgani sababli musobaqani tark etdi[52]. 2020-yil noyabr oyida u koronavirus bilan kasallangan[53].

Medvedeva 2021-yil 5-avgustda yaqinlashib kelayotgan Olimpiya mavsumini oʻtkazib yuborishini eʼlon qildi[54]. 2021-yilda u 2021 — 2022-yilgi Olimpiya mavsumi uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilmadi. Sportdagi faoliyatini tugatgandan soʻng, u oʻzining figurali uchish maktabini ochishni rejalashtirmoqda[manba kerak].

Sportdagi yutuqlari

Tashqi mediafayllar
Yevgeniyaning Pxyonchxanda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Olimpiya oʻyinlaridagi qisqa dasturdagi chiqishi
Yevgeniyaning Pxyonchxanda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Olimpiya oʻyinlaridagi erkin dasturdagi chiqishi
2019-yilgi jahon chempionati gʻoliblari (chapdan oʻngga): Elizabet Tursinbayeva (kumush), Alina Zagitova (oltin), Yevgeniya Medvedeva (bronza)
Pxyonchxandagi 2018-yilgi Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari (chapdan oʻngga): Yevgeniya Medvedeva (kumush), Alina Zagitova (oltin), Kaetlyn Osmond (bronza)
2017-yilgi Jahon chempionati sovrindorlari (chapdan oʻngga): Kaetlyn Osmond (kumush), Yevgeniya Medvedeva (oltin), Gabriel Daleman (bronza)
2016-yilgi jahon chempionati gʻoliblari (chapdan oʻngga): Ashley Vagner (kumush), Yevgeniya Medvedeva (oltin), Anna Pogorilaya (bronza)
Musobaqa[55][56]11/1212/1313/1414/1515/1616/1717/1818/1919/20
Xalqaro yakkalik
Qishki Olimpiya oʻyinlari2
Jahon chempionati113
Yevropa chempionati112
Gran-pri finali11 
Gran-pri bosqichi. NHK Trophy1
Gran-pri bosqichi Rostelecom Cup212
Gran-pri bosqichi Skate America1
Gran-pri bosqichi Skate Canada135
Gran-pri bosqichi Internationaux de France14
Autumn Classic International22
Ondrey Memoriali11
Shanghai Trophy1
Xalqaro jamoaviy
Qishki Olimpiya oʻyinlari2
Jahon chempionatlari2
Japan Open21
Team Challenge Cup 2016(ingl.)2
Milliy
Rossiya chempionati873117 
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati6441
Rossiya kubogi finali221
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich2
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich1
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich2
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich42
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich21
Oʻsmirlar oʻrtasida (Milliy)
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlari31
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali31
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Latviya1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Polsha1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Fransiya1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Chexiya1
Ice Star 20131

Davlat tomonidan mukofotlari

“Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan Medvedeva
2018-yil 28-fevral

Sevimli mashguʼlotlari

Medvedeva bolaligida astronomiya va rasm chizishni yaxshi koʻrgan[3], rasm chizzishga boʻlgan muhabbati hoirgacha saqlanib qolgan. Medvedeva anime ishtiyoqmandi, ayniqsa ayni nomdagi animedagi Sailor Moon qahramonini yaxshi koʻradi, shuningdek, Janubiy Koreyaning K-pop musiqasi janri, ayniqsa EXO bolalar guruhiga[61][62] muxlislik qiladi. Oʻzini otaku (anime va manga muxlisi) deb ataydi. Shuningdek, Medvedeva Yaponiyada bir necha bor Sailor Moon obrazida — dastlab „Muzdagi tushlar 2016“ shousida, keyin 2017-yilda — yapon telekoʻrsatuvlaridan birida, shuningdek, 2017-yil mart-aprel oylarida Tokioda[63][64] boʻlib oʻtgan jamoaviy jahon chempionatining namoyish dasturida ishtirok etgan. Pxyonchxandagi Qishki Olimpiadaning rasmiy yopilish marosimi oldidan Medvedeva koʻp yillik orzusini amalga oshirdi va EXO guruhi aʼzolari bilan uchrashdi[65].

Fobiyalari

Medvedeva entomofobiyasi borligini yaʼni kapalaklar va kuyalardan qoʻrqishini aytgan[66][67].

Manbalar