Yashil kitob

Yashil kitob (inglizcha: Green Book) — rejissor Peter Farrelly tomonidan suratga olingan komediya-drama janridagi film. Film voqealari real hayotga asoslangan. Filmda bosh rollarni Viggo Mortensen, Mahershala Ali va Linda Cardellini ijro etgan.

Green Book

Film posteri
Rejissyor(lar) Peter Farrelly
Prodyuser(lar)
  • Jim Burke
  • Brian Hayes Currie
  • Peter Farrelly
  • Nick Vallelonga
  • Charles B. Wessler
Ssenariynavis(lar)
  • Nick Vallelonga
  • Brian Hayes Currie
  • Peter Farrelly
Rollarda
Bastakor(lar) Kris Bowers
Kinematografiya Sean Porter
Muharrir(lar) Patrick J. Don Vito
Studiya(lar)
Distribyutor Universal Pictures[1]
Chiqarilgan sanasi
  • 11-sentyabr, 2018-yil(2018-09-11) (TXFF)
  • 16-noyabr, 2018-yil(2018-11-16) (AQSh)
Davomiyligi 130 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $23 million[4]
Daromadi $321,8 million[5]

Film premyerasi 2018-yil 11-sentabrda Toronto xalqaro film festivalida boʻlib oʻtdi va u yerda eng yaxshi „Xalq tanlovi“ mukofotini qoʻlga kiritdi[6][7]. Film AQShda 2018-yil 16-noyabr cheklangan prokatda, butun mamlakat boʻylab esa 21-noyabrda chiqdi[8].

2018-yil dekabr oyida „Yashil kitob“ filmi Amerika kino instituti (AFI)[9] tomonidan chop etilgan 2018-yildagi 10 ta eng yaxshi filmlar roʻyxatiga kiritildi. 2019-yil yanvar oyida esa ushbu film Amerika produserlar gildiyasi bosh mukofotini qoʻlga kiritdi. Film „Eng yaxshi film — komediya yoki musiqiy“, „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ (Mahershala Ali) va „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyalari boʻyicha uchta "Oltin globus " bilan taqdirlangan. Oskar taqdirlash marosimida film bir xil nominatsiyalarda uchta mukofotga sazovor boʻldi, shuningdek, eng yaxshi aktyor (Viggo Mortensen) va eng yaxshi montaj uchun nomzod boʻldi.

Mazmuni

New York, 1962-yil „Tony Boltun“ (Viggo Mortensen) laqabli italyan-amerikalik bounser Frenk Vallelonga oʻzi ishlagan tungi klubda taʼmirlash ishlari olib borilgani tufayli yangi ish qidirmoqda edi. U Amerikaning janubiy shtatlari boʻylab konsert gastroli uchun haydovchi qidirayotgan afro-amerikalik pianinochi Don Shirli (Mahershala Ali) bilan suhbatga taklif qilinadi. Don Shirli Tonyni yollaydi va ular Rojdestvo arafasida New Yorkka qaytib olish uchun imkon qadar tezroq yoʻlga chiqishga qaror qilishadi. Donning ovoz yozish studiyasi vakillari Tonyga Qoʻshma Shtatlarga qora tanli sayohatchilar uchun qoʻllanma boʻlgan „Yashil kitob“ nusxasini berishadi. Kitobda mehmonxonalar, restoranlar va yoqilgʻi quyish shoxobchalari roʻyxati keltirilgan.

Ular sayohatni Oʻrta Gʻarbdan boshlashadi va keyin janubga qarab harakat qilishadi. Avvaliga Tony va Don kelisha olishmaydi: Shirli Tonydan iltifotliroq boʻlishni soʻraganda, Tony oʻzini noqulay his qiladi va bu Donning jaxlini chiqaradi. Ammo gastrol davom etar ekan, Tony Donning musiqiy isteʼdodidan hayratda qoladi, shu bilan birga uni sahnadan tashqari hayotda qora tanli boʻlgani uchun kamsituvchi munosabatlardan dahshatga tushadi. Kentukki shtatining Luisvil shahrida bir guruh oq tanlilar barda Donga hujum qilishadi va Tony uni qutqarish uchun keladi. Shundan soʻng, Tony Dondan musiqiy turning qolgan qismida mehmonxonalarni yolgʻiz tark etmaslikni soʻraydi.

Sayohat davomida Don Tonyning xotini Doloresga (Linda Cardellini) maktub yozishda yordam beradi, bu unga chuqur taʼsir qiladi. Oʻz navbatida, Tony Donni akasi bilan munosabatlarni yaxshilashga undaydi, Don doimiy konsertlar va gastrollar tufayli vaqt yoʻqligini vaj qilib bu taklifni qabul qilmaydi. Jorjiya shtatining Makon shahrida Donni hovuzda oq tanli bilan kelishmovchilik sabab politsiya qoʻlga oladi va Tony musiqachining hibsga olinishining oldini olish uchun politsiyachilarga pora beradi. Don esa oʻzini haqorat qilgan politsiyachilarni Tony siylaganidan xafa edi.

Keyinroq shahar chetidagi magistrallardan birida ularning mashinasini boshqa politsiyachilar toʻxtatib qolishadi. Yomgʻir yogʻayapti, politsiyachilar Don va Tonyni mashinadan majburlab tushirishadi va ularni haqorat qilishadi. Tony oʻzini tutib tura olmaydi va politsiyachilardan biriga musht tushiradi, buning uchun ikkalasi ham hibsga olinadi va qamoqxonaga olib ketiladi. Ular hibsda boʻlganlarida, Don politsiyachilardan unga qoʻngʻiroq qilish huquqini berishlarini soʻraydi. U bu fursatdan foydalanib, AQSh Bosh prokurori Robert Kennedi bilan bogʻlanadi va gubernatorga vaziyatni tushuntiradi, natijada prokuror sherifga ikkalasini mahbusni ham hibsdan ozod qilishni buyuradi.

Tur Birmingemda tugashi kerak edi. Avvaliga Donni faxriy mehmon sifatida kutib olishadi, ammo ularga qora tanli boʻlgani uchun restoranda hammaning oldida ovqatlanish taqiqlanadi Don esa mehmonlari oldida chiqish qilishi kerak. Bu vahshiy kamsitish Tonyni gʻazablantiradi va u menejerga tashlanadi. Ammo Don uni ishontiradi va agar Tony xohlasa, musiqa chalishga tayyorligini aytadi, lekin ular ketishga qaror qilishadi. Shundan soʻng, Tony Donni Orange Bird klubiga olib boradi, u yerda Don oʻz musiqasi bilan mijozlarni hayron qoldiradi, hamma raqsga tushadi va vaqtni yaxshi oʻtkazishadi.

Tony va Don Rojdestvoni uyda oʻtkazish uchun New Yorkka qaytib ketishadi. Ularga qishning toʻsatdan kelishi va kuchli qor yogʻishi toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, yoʻlda ularni yana politsiyachi toʻxtatadi, ammo bu safar u ularga shinasi yorilganini va yordam kerakligini aytadi. Rulda oʻtiravergan Tony charchaydi va uni mudroq bosishni boshlaydi. Buni koʻrgan Donning oʻzi rulga oʻtirib, Tonyni uyiga olib boradi. U Donni mehmonga taklif qiladi, lekin Don rad etadi va ketadi. Tony oʻz oilasiga bagʻriga boradi, u yerda esa ular allaqachon Rojdestvoni nishonlamoqda edilar. Tony ajralishganidan keyin xotinini koʻrganidan juda xursand edi, lekin negadir bazmda oʻyin-kulgiga qoʻshilmasdi. Biroz vaqt oʻtgach, toʻsatdan Don keladi, uni Tony va uning rafiqasi quchoq ochib kutib olishadi va Dolores xat yozishda Tonyga yordam bergani uchun tashakkur bildiradi.

Rollarda

  • Viggo Mortensen — Tony Lip
  • Mahershala Ali — doktor Don Shirley
  • Linda Cardellini — Dolores
  • Sebastian Maniscalco — Johnny Venere
  • Dimiter Marinov — Oleg
  • Mike Hatton — George
  • Von Lewis — Bobby Rydell
  • Brian Stepanek — Graham Kindell
  • Joseph Cortese — Gio Loscudo
  • Iqbal Theba — Amit
  • P. J. Byrne — Record Exec

Suratga olish

2017-yilning may oyida Viggo Mortensen rejissor Piter Farrelli bilan yangi loyihada asosiy rollardan birini oʻynash boʻyicha muzokaralar olib borayotgani maʼlum boʻldi. Farrelli oʻz navbatida Nik Vallelonga (qahramon prototipining oʻgʻli) va Brayan Xeys Karri bilan ssenariy yozadi. Film gʻoyasi Chatterbox laqabli bounser Tony Vallelonga va mashhur pianinochi Don Shirlining Amerika Qoʻshma Shtatlarining janubiy shtatlari boʻylab gastrol safari haqidagi real voqealarga asoslangan edi. Ikki xil odam oʻrtasida doʻstlik paydo boʻladi. Ammo sayohat davomida ular irqchilik, qora tanlilarning jamiyatdagi naqadar past oʻrinda ekaniga duch kelishadi. Film produserlari Vallelonga, Curry va Jim Burke[10].

2017-yil 30-noyabrda Viggo Mortensen Tony Chatterbox roliga tasdiqlangani maʼlum boʻldi. Pianinochi Don Shirli rolini esa Mahershala Ali ijro etadi[11]. Ular ortidan Linda Cardellini va Iqbal Teba[12][13] aktyorlar safiga kiradi va oxirida Sebastyan Maniskalko 2018-yil 16-yanvarda ularga qoʻshildi[14].

Filmning birinchi treyleri 2018-yilning 14-avgustida chiqdi[15].

Sharhlar

Film kinotanqidchilar tarafidan yuqori baho oladi. U 353 ta sharhga asoslanib, Rotten Tomatoes boʻyicha 78 % ijobiy sharh ballga ega boʻladi, bu degani 10 balldan 7,2 ballga ega boʻldi[16]. Metacritic agregator veb-saytida koʻrib chiqilishiga koʻra u 52 ta sharh[17] asosida 100 balldan 69 ballga ega boʻlgan.

Nominatsiya va mukofotlar

SovrinTurkumnomzodNatija
OskarEng yaxshi kinoJim Burk, Charlz B. Uessler, Brayan Karri, Piter Farrelli va Nik Vallelonga
Eng yaxshi aktyorViggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyorMahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariyNik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Eng yaxshi tahrirPatrik J. Don Vito
BAFTAEng yaxshi kinoJim Burk, Charlz B. Uessler, Brayan Karri, Piter Farrelli va Nik Vallelonga
Eng yaxshi aktyorViggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyorMahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariyNik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Oltin globus[18]Eng yaxshi film — komediya yoki musiqiy
Eng yaxshi rejissorPiter Farrelli
Eng yaxshi aktyor — komediya yoki musiqiyViggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyorMahershala Ali
Eng yaxshi ssenariyNik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
AQSh kino aktyorlari gildiyasi mukofotiEng yaxshi aktyorViggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyorMahershala Ali
AQSh Milliy kinotanqidchilar kengashi mukofotiEng yaxshi kino
Eng yaxshi aktyorViggo Mortensen
Sunʼiy yoʻldoshEng yaxshi film — komediya yoki musiqiy
Eng yaxshi rejissorPiter Farrelli
Komediya yoki musiqiy filmdagi eng yaxshi aktyorViggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyorMahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariyNik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Amerika kino instituti mukofotiYilning eng yaxshi filmi
Amerika Rejissorlar Gildiyasi mukofotiBadiiy filmdagi eng yaxshi rejissorlikPiter Farrelli
Amerika Yozuvchilar Gildiyasi mukofotiEng yaxshi original ssenariyNik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
AmandaEng yaxshi xorijiy filmPiter Farrelli
Oltin burgutEng yaxshi xorijiy film
oltin malinaObroʻni tiklash mukofotiPiter Farrelli

Manbalar

Havolalar