Yancy Butler

amerikalik aktrisa

Yancy Victoria Butler' (1970-yil 2-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 1993-yilda chiqqan „Hard Target“ filmidagi Natasha Binder, „Drop Zone“da Jess Crossman va TNTningWitchblade“ gʻayritabiiy dramatik serialida detektiv Sara Pezzini rollari bilan tanilgan.

Yancy Butler
Tavalludi
Yancy Victoria Butler

2-iyul 1970-yil (1970-07-02) (54 yosh)
Greenwich Village, Manhattan, New York, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1979, 1991-hozirgacha

Yoshligi

Yancy Vivtoria Butler Manhattandagi Greenwich qishlogʻida, teatr kompaniyasi menejeri Leslie Vega va 1960-yillardagi The Lovin' Spoonful rok guruhining barabanchisi va vokalisti Joe Butlerlarning qizi boʻlib tugʻilgan[1][2].

Karyerasi

Butlerning dastlabki asosiy roli 1992-yilda Mann & Machine teleserialida boʻlib, unda u inson detektivi bilan hamkorlikda Android politsiyasi xodimi rolini oʻynagan. Serial yaqin kelajakda Los Angelesda boʻlib oʻtadi. Serial Dick Wolf tomonidan birgalikda yaratilgan. Bir yil oʻtgach, u oʻzining ikkinchi seriali „South Beach“da rol oʻynaydi. Unda u federal hukumat bilan shartnoma tuzgan firibgar va oʻgʻri rolini ijro etadi. Uning jinoiy qaydlarini oʻchirish evaziga u ular uchun muayyan vazifalarni bajaradi.

2005-yilda Butler „Bloodlines“ filmida rol oʻynaydi[3]. Tarqatish maqsadida u 2006-yilda Striking Range nomi bilan qayta nomlanadi. 2007-yilda u Ava Jenkins rolida „As the World Turns“ teleserialining 13ta qismida suratga tushgan. U „Tales of an Ancient Empire“ filmida[4], "The Sword and the Sorcerer" filmining davomi boʻlishi tasdiqlangan filmda rol oʻynashi eʼlon qilinadi[5]. 2012-yil 24-yanvarda Tales of an Ancient Empire DVD formatida chiqadi. Butler filmda koʻrinmadi[6]. U boshqa komikslar moslashuvida, Kick-Ass filmida kichik rolda paydo boʻladi[7].

Huquqiy masalalar

2003-yil noyabr oyida Butler Florida shtatidagi Delray Beach shahrida mast holda tartibsizliklar keltirib chiqarganligi uchun hibsga olinadi. Ushbu hibsga olish davomida u giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilishni davolash dasturiga hukm qilinadi[8]. 2007-yilda Butler mashinasini halokatga uchratganidan keyin mast holda haydashda ayblangan[9].

2017-yil 3-aprelda Butler New Yorkning Sag Harbor shahrida hibsga olinadi. Uni mast holatda haydash va giyohvand moddalarni saqlashda ayblashadi. Butler piyodalar yoʻlakchasidan oʻtib ketganidan soʻng, mashinani boshqarish paytida hushidan ketganligi aniqlanadi[10].

Shaxsiy hayoti

2017-yildan boshlab Butler California shtatining Winnetka shahrida istiqomat qilmoqda[11].

Filmografiyasi

Film

YilSarlavhaRolIzohlar
1979Savage WeekendLittle Girl
1993Hard TargetNatasha Binder
1993The Hit ListJordan Henning
1994Drop ZoneJessie Crossman
1995Let It Be MeCorinne
1996Fast MoneyFrancesca March
1997RavagerAvedon Hammond
1997The ExDeidre Kenyon
1997Annieʼs GardenLisa Miller
1999The Witness FilesSandy Dickinson
2000Doomsday ManCaptain Kate Roebuck
2004The Last LetterMs. Toney / Alicia Cromwell
2006Striking RangeEmily Johanson
2008Vote and Die: Liszt for PresidentAnn Barklely
2010Kick-AssAngie D’Amico
2010Lake Placid 3Reba
2012Shark WeekElena
2012Lake Placid: The Final ChapterReba
2013Hansel & Gretel Get BakedOfficer Hart
2013Kick-Ass 2Angie D’Amico
2017Death Race 2050Alexis Hamilton
2018The Assassinʼs CodeLaura Consolo
2019American CriminalDr. Penelope Lang
2020Emerald RunAnna Thomas
2021InitiationDetective Sandra Fitzgerald

Televizion rollari

YilSarlavhaRolIzohlar
1991Law & OrderBeverly KernEpizod: „Misconception“
1992Mann & MachineSgt. Eve Edison9ta epizod
1993South BeachKate Patrick7ta epizod
1997NYPD BlueLucinda „Lucy“ Hastings1ta epizod
1997-1998Brooklyn SouthOfficer Anne-Marie Kersey21ta epizod
2000WitchbladeDetective Sara PezziniTelevizion film
2001-2002WitchbladeDetective Sara Pezzini23ta epizod
2006Double CrossKathy SwansonTelevizion film
2006Basilisk: The Serpent KingHannah Carmelina Santorini FrankmanTelevizion film
2007As the World TurnsAva Jenkins13ta epizod
2008WolvesbayneLillithTelevizion film
2010Lake Placid 3RebaTelevizion film
2011The MentalistAunt JodieEpizod: „Blood for Blood“
2011Rage of the YetiVillersTelevizion film
2012Lake Placid: The Final ChapterRebaTelevizion film
2015Lake Placid vs. AnacondaRebaTelevizion film
2017Boyfriend KillerCarrie EllingtonTelevizion film
2017Witness ProtectionSusanTelevizion film

Mukofotlar

2002-yil 10-iyun kuni Butler 29-yillik Fantastika va Qoʻrqinchli Filmlar nominatsiyada Akademia mukofotlarini topshirish marosimida Witchblade filmidagi ijrosi uchun teleserialdagi eng yaxshi aktrisa sifatida Saturn mukofotini qoʻlga kiritadi[12].

Manbalar

Havolalar