Yalta

YaltaUkrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1837-yildan). Qora dengiz boʻyidagi port va mashhur iqlimiy kurort, Qrim yarim orol ning lan. sohilida. Simferopolt.y. stansiyasidan 79 km (Ya. — Simferopol yoʻnalishida trolleybus qatnaydi). Simferopol, Boqchasaroy. Sevastopol shahrilariga boradigan avtomobil yoʻllari chorrahasi. Dengiz yoʻllari orqali Odessa, Batumi, RostovDon shahri lari bilan boglashan. Aholisi 81,6 ming kishi (2001).

Shahar 1 145 yildan Jalita nomi bilan maʼlum. 14-asrdan Gsnuya koloniyasi, 1475-yildan Turkiya qaramogʻiyaa. 1783-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan. 1838-yildan Tavriya gubernyasining uyetd shahri. 19-asr oxirlaridan Ya. kurort sifatida rivojlandi. 1445-yilda Ya. da Qrim konferensiyayei boʻlib oʻtgan. 1954-yildan Ukraina tarkibida. 1991-yildan Ukrainaning Qrim Respublikasi tarkibida.

YA.da tamakifermentatsiya, sut, asfaltbeton zdlari, vino sanoatining "Massandra" ishlab chiqarish agrar birlashmasi, baliq kombinati, bosh kiyimlar fabrikasi bor. Suvenirlar ishlab chiqariladi. 2 teatr, filarmoniya, tarixiy muzey, A.P. Chexov uy-muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Ya. yaqinida Nikita botanika bogʻi bor. Shaharda oʻrta asrlardan Isar istehkomi xarobalari, Iograf unguri saqlangan.