Xayrobodtepa
Xayrobodtepa — shahar xarobasi (mil. av. 1 a. — mil. 3—4-asrlar) Termiz sh. (Surxondaryo viloyati)dan 30 km shim.da, Angor qishlogʻi yaqinida joylashgan. Tarhi toʻrtburchak (150x100 m), minoralari boʻlgan mudofaa devori va xandaq bilan oʻralgan. X.ning jan. sharqiy qismida mustahkamlangan ark boʻlib, uning atrofiga ham xandaq qazilgan. X. qadimda devor bilan teng 2 qismga ajratilgan. Devorning eni 8 m, saqlangan bal. 10 m. X.ning bir qismida ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda ham hayot davom etgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sopol idishlar, terrakota haykalchalar, baqtriy yozuvi bitilgan xumlar, Sapadbiz, Neron, Kadfiz II, Kanishka, Vasudeva tangalari chiqqan.
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Maxsus:SearchUEFA Yevro 2024Jinsiy aloqaAllohning 99 nomiAmir TemurIMGSRC.RUHisorak suv omboriOʻzbekistonYunon-Baqtriya podsholigiAnora (film)Bemorni parvarish qilishAvestoSaraton (kasallik)HayzAlisher NavoiyXufton namoziOʻzbekiston tarixiQurbon hayitiBolgariyaTugʻruqUndosh tovushlarMuhammadSuvchechakHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaAnal jinsiy aloqaIztopar afsonasiMovarounnahrErkak jinsiy aʼzosiXorazmEva ElfieQovunchi madaniyatiShavkat MirziyoyevInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunQunut duosiJaloliddin ManguberdiKoreya RespublikasiBobur