Viktor Jalilov

Viktor Romanovich Jalilov (1952-yil 17-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR2023-yil 7-may, Oʻzbekiston) — Sobiq sovet, oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Viktor Romanovich Jalilov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi17-mart 1952-yil
Tavallud joyiToshkent, Oʻzbek SSRSSSR
Vafot sanasi7-may 2023-yil(2023-05-07)
(71 yoshda)
Vafot joyiToshkent, Oʻzbekiston
AmpluasiHimoyachi
Boshqargan klublari
YearsTeam
1992—1994
1995—1997
1998, 1999
2000—2002
2002—2003
2005—?
2008—2009
2010—2010
2010—2011
2012—2015
2015 – 2023
Oʻzbekiston „Politotdel“
Oʻzbekiston „Navbahor“
Oʻzbekiston „Navbahor“
Oʻzbekiston „Paxtakor“ - Murabbiy
Oʻzbekiston „Paxtakor“
Oʻzbekiston „Mash’al“
Oʻzbekiston „Paxtakor“
Oʻzbekiston „Navbahor“
Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand)
Oʻzbekiston „Paxtakor“ - Direktor
Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-22

Tarjimai hol

Futbolchi sifatida faoliyati

Viktor Jalilov Toshkent sport maktab-internatida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi V.Yatchenko boʻlgan. Mixail An, Vyacheslav Bektashev, Toʻlagan Isoqov, Vladimir Fedorovlar u bilan birga tahsil olishgan, keyinchalik ular mashhur futbolchilarga aylanishgan. Viktor Jalilov maktab-internatni tamomlagach, armiyaga chaqirilgunga qadar „Paxtakor“ ga olib ketilgan. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, Toshkent Jismoniy tarbiya institutida tahsil olib, Namanganning „Tekstilshchik“ jamoasida oʻynab, oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati

Murabbiylik faoliyatini Xalqobodning „Sohibkor“ jamoasida boshlagan. 1992-yilda Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubini boshqargan. Faoliyatining birinchi yilidayoq klubni Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga olib chiqdi[1].

1995-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasini boshqarib, Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan[2]. 1996-yilda jamoa bilan mamlakat chempionati va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ga erishdi[3]. Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. 1997—1999-yillarda „Navbahor“ bilan birga yana uch marta bronza medali sovrindori boʻlgan[4][5][6].

2000-yilda „Paxtakor“ ga qaytib, ikki yil davomida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2002-yilda esa klub bosh murabbiyi boʻlgan, mamlakat chempionligi va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ni takrorlashga muvaffaq boʻlgan[7]. Ikkinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasini boshqargan va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritgan[8]. Uchinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

2010-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasida ishlagan[9], qoniqarsiz natijalar uchun ishdan boʻshatilgan. 2011-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi boʻldi va bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Mavsumni yomon boshlagani uchun ishdan boʻshatilgan. Yana „Paxtakor“ ga qaytdi va u yerda jamoaga rahbar etib tayinlandi[10].

UFFning 2015-yil 23-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Viktor Jalilovni 22 yoshgacha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Vafoti

Viktor Jalilov 2023-yil 7-may kuni vafot etgan[11][12][13][14].

Yutuqlari

Manbalar