Verakrus (shahar)
Verakrus— Meksika sharqidagi shahar, Verakrus shtatida. Meksika qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 439 ming kishi (1990). Transport tuguni. Savdo markazi. Mamlakatga chetdan keltirilgan yuklarning deyarli hammasi V. porti orqali oʻtadi. V. orqali chetga kofe, tamaki, teri mahsulotlari chiqariladi. Metallurgiya, qismlardan avtomobil yigʻish, tamaki, kemasozlik, ip gazlama, alyuminiy, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Neft, neft kimyosi va choksiz quvurlar zavodlari, shahar yaqinida TES bor. V. ga 1519 yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan San-Xuan de Ulua qalʼasi (1528— 17-asr), Ayuntamento ratushasi (1627 yildan qurila boshlangan), 18-asr cherkovi saqlangan. Dengiz kurorti; turizm rivojlangan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Maxsus:SearchUEFA Yevro 2024Jinsiy aloqaAllohning 99 nomiAmir TemurIMGSRC.RUHisorak suv omboriOʻzbekistonYunon-Baqtriya podsholigiAnora (film)Bemorni parvarish qilishAvestoSaraton (kasallik)HayzAlisher NavoiyXufton namoziOʻzbekiston tarixiQurbon hayitiBolgariyaTugʻruqUndosh tovushlarMuhammadSuvchechakHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaAnal jinsiy aloqaIztopar afsonasiMovarounnahrErkak jinsiy aʼzosiXorazmEva ElfieQovunchi madaniyatiShavkat MirziyoyevInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunQunut duosiJaloliddin ManguberdiKoreya RespublikasiBobur