Valin

VALIN, aminoizovalerian kislota — hayot uchun zarur, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalardan biri. Mol. m. 117,16; rangsiz kristall. Barcha oqsillartarkibida keng tarqalgan; oqsil molekulasidagi aminokislotalarning taxminan 3—10% ini tashkil qiladi. abromizovalerian kislotaga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin. Inson va hayvonlar oziq-ovqati tarkibiga kiruvchi zarur komponent. Odamga bir sutkada 400–800 mg V. kerak.[1]

Valin — oqsil molekulasi tarkibida boʻladigan aminokislota.

Tarkibi

Mahsulotoqsilvalinfoyiz
Hom sigir goʻshti21,26 g1055 mg5,0 %
tovuq goʻshti23,09 g1145 mg5,0 %
Lasosning hom goʻshti20,42 g1107 mg5,4 %
Tovuq tuxumi12,58 g0 859 mg6,8 %
Sigir suti, 3,7 % yogʻ0 3,28 g0 220 mg6,7 %
Yunon yongʻogʻi15,23 g0 753 mg4,9 %
Bugʻdoy uni13,70 g0 618 mg4,5 %
Makkajoʻhori uni0 6,93 g0 351 mg5,1 %
Guruch, tozalanmagan0 7,94 g0 466 mg5,9 %
Quruq noʻhat24,55 g1159 mg4,7 %

Manbalar

Manbalar