Valentino (modalar uyi)

"Valentino Sp. A." — 1960-yilda Italiyada dizayner Valentino Garavani tomonidan tashkil etilgan va Valentino Fashion Group tarkibiga kiruvchi modalar uyi. 2008-yilning oktabr oyidan buyon Pier Paolo Pichioli modalar uyining kreativ direktori hisoblanadi. Valentino modalar uyi shtab-kvartirasi Milanda joylashgan. Kompaniya, shuningdek, Balenciaga, Chanel, Cerruti va boshqa brendlarni oʻz ichiga olgan Parijdagi baland obroʻga ega Sindikat modalar uyi tarkibiga ham kiradi[1].

Valentino
Turi S.p.A
Egasi Mayhoola for Investments
Qachon asos solingan 1960
Joylashuvi Milan, Italiya
Asoschi(lari) Valentino Garavani
Rahbariyat Stefano Sassi
Mahsulot(lar)i kiyim-kechak, poyabzal, parfyumeriya, ko'zoynak, aksessuarlar
Vebsayti https://www.valentino.com/countries/index
Modalar uyining 45 yilligi sharafiga oq Valentino liboslari koʻrgazmasi.
Hong Kongdagi Valentino butigi.
Germaniyadagi Valentino butigi.

Tarixi

Valentino modalar uyi 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida Valentino Garavani tomonidan otasi va uning sherigi Jankarlo Giammetti[2] koʻmagida tashkil etilgan.

Xalqaro miqyosda Valentinoning debyut namoyishi 1962-yilda oʻsha davrda moda poytaxti hisoblanuvchi Florensiyada boʻlib oʻtadi. Valentino Elizabeth Taylor, Anne Hathaway, Jennifer Lopez, Sophie Hunter va Shvetsiya malikasi Madeleine[3],[4] kabi dunyoga mashhur ayollar toʻy liboslarini yaratgan.

1998-yilda Garavani va Giammetti kompaniyani taxminan 300 million dollarga Fiat rahbari marhum Gianni Agnelli tomonidan qisman nazorat qilinadigan italyan konglomeratiga sotishadi. 2002-yilda Valentino S.p. A. modalar uyi Milanning 180 million dollardan ortiq daromadga ega toʻqimachilik giganti hisoblanuvchi Marzotto Apparelga 210 million dollarga sotilgan[5].

2012-yilda Qatar Valentinoni Mayhoola for Investments S. P.C[6] investitsiya vositasi orqali 700 million yevroga sotib oladi.

2020-yilda modalar uyi oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishda alpaka junidan foydalanmasligini eʼlon qiladi va Perudagi dunyoning eng yirik xususiy alpaka fermasi Mallkini bilan barcha aloqalarini uzadi. Kompaniya tomonidan ushbu harakat ishlab chiqarish sanoatida hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish ishlari fosh qilinganidan keyin amalga oshirildi[7].

Parfyumeriya

2010-yildan buyon Valentino parfyumlari Puig kompaniyasiga tegishli hisoblanadi[8].

Valentino xushboʻy iforlari

  • Valentino Classique for women (1978) — ayollar uchun;
  • Vendetta By Valentino for women (1991) — ayollar uchun;
  • Very Valentino for women (1998) — ayollar uchun;
  • Very Valentino for Men for men (1999) — erkaklar uchun;
  • Valentino Gold for women (2002) — ayollar uchun;
  • V for women (2005) — ayollar uchun;
  • Valentino V Absolu for women (2006) — ayollar uchun;
  • Valentino V Ete By Valentino for women (2006) — ayollar uchun;
  • Rock’nʼ Rose for women (2006) — ayollar uchun[9];
  • V pour Homme for men (2006) — erkaklar uchun[10];
  • Rock n ' Rose Couture for women (2006) — ayollar uchun;
  • Valentina For Women (2011) — ayollar uchun [11].

2020-yilda Valentino Beauty yangi Viva Voce atiri ishlab chiqarilishini eʼlon qiladi va uning yuzi sifatida Ledi Gagani eʼlon qiladi[12].

Manbalar

Havolalar