Vágner Love

Vágner Love (haqiqiy ismi Vágner Silva de Souza; talaffuzi: Vagner Silva di Souza) — 1984-yil 11-iyunda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Sport Recife“ klubida hujumchi hisoblanadi.

Vágner Love
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiVágner Silva de Souza
Tavallud sanasi11-iyun 1984-yil (1984-06-11) (40 yosh)
Tavallud joyiRio de Janeiro, Braziliya
Boʻyi1.72 m (5 ft 7 12 in)[1]
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sport Recife
Raqami99
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2003Palmeiras
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2002—2004Palmeiras42(27)
2004—2011CSKA Moscow158(79)
2009→ Palmeiras (ijara)12(5)
2010→ Flamengo (ijara)19(19)
2012—2013Flamengo45(19)
2013CSKA Moscow14(6)
2013—2015Shandong Luneng31(19)
2015Corinthians45(16)
2016Monaco12(4)
2016—2018Alanyaspor44(34)
Milliy terma jamoa
2003Braziliya U206(4)
2004—2007Braziliya20(4)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-sentabr 2015-yil uchun)

Klublardagi faoliyati

2004-yilda Vágner Love 6,2 million yevro evaziga Moskvaning „CSKA“ klubi tomonidan sotib olingan[2]. „Armiya“ klubi braziliyalik futbolchini argentinalik Fernando Kavenagidan koʻra afzal koʻrgan, uning maoshi klubning qolgan oʻyinchilarining daromadidan 2,5 baravar koʻp boʻlgan[3]. Vágner Lovening „CSKA“ tarkibidagi debyut oʻyini 4-avgust kuni Bokuning „Neftchi“ klubi bilan Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi oʻyini boʻld. Bu oʻyinda 46-daqiqada maydonga tushib, 72-daqiqada gol urgan[4]. 14-avgust kuni u Rossiya chempionatida „CSKA“ safida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 5 oydan soʻng u jamoani tark etib, „Corinthians“ga oʻtishi mumkin edi, biroq yakunda kelishuv amalga oshmagan[5].

Palmeiras

2009-yil 28-avgustda hujumchi oilaviy sabablarga koʻra va terma jamoada oʻynash istagi tufayli Braziliyaning „Palmeiras“ klubiga ijaraga oʻtgan[6][7][8][9].

2010-yilning 15-yanvarida Vágner Love 10-iyulgacha Braziliyaning „Flamengo“ klubiga ijaraga berilgan[10][11]. Shu kunning oʻzidayoq u klub stadionida muxlislar bilan tanishtirilgan va 9-raqamli futbolkani olgan[12]. 24-yanvar kuni Rio-de-Janeyro shtat chempionatida klub safidagi ilk oʻyinida Vágner Love „Bangu“ klubi darvozasiga ikkita gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi[13]. Ijara muddati tugagach, Vágner Love Moskvaning „CSKA“ klubi rahbariyatidan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni soʻragan, ammo rad javobi berilgan.

Kairat

2020-yilning 8-iyulida Vágner Love „Kairat“ga tekin transfer evaziga qoʻshilgan va yangi jamoa bilan olti oylik shartnoma imzolagan[14][15]. 18-avgust kuni u debyut uchrashuvida golli uzatmani amalga oshirgan[16]. 27-avgust kuni Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida armanistonlik „Nuh“ klubiga qarshi oʻyinda (4:1) ikkita gol urgan[17]. 30-avgust kuni QPL doirasidagi „Ordabasi“ bilan oʻyinda (3:1.) dubl qayd etgan[18]. 6-noyabr kuni shartnoma yana bir yilga uzaytirilgani eʼlon qilingan[19][20].

Vágner Love 2004-yilda Peruda Amerika Kubogida gʻalaba qozongan Braziliya terma jamoasi futbolchisi edi, ammo u jamoani Carlos Alberto Parreira boshqargan paytda deyarli oʻynamagan. Parreira ketganidan keyin terma jamoani Carlos Dunga boshqarganida, Vágner Love va uning „CSKA“dagi jamoadoshlari Daniel Karvalyu va Dudu Cearenselar jamoaga chaqirilgan. Milliy terma jamoadagi toʻrtinchi oʻyinida „Uels“ga qarshi oʻyinda Vágner Love oʻzining birinchi golini urgan. Vágner Love 2007-yilgi mavsumni „CSKA“ bilan ajoyib boshlaganidan soʻng „Dunga“ jamoasiga qoʻshilgan, u 2007-yilgi Amerika kubogida Braziliyaning har bir oʻyinida maydonga tushgan, biroq faqat bir marta gol urgan. 2007-yil 15-iyulda Vágner Love ushbu nufuzli turnirning finalida oʻynagan va Daniel Alvesga golli uzatmani amalga oshirgan, natijada Braziliya oʻsha uchrashuvda Argentinani 3:0 hisobida magʻlub etgan.

Statistika

JamoaMavsumLigaMamlakat chempionatiMilliy kubokXalqaro kubokJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
S. E. Palmeiras Braziliya
200220------20
2003111019810--3120
20041181176--1915
2009125------125
Jami362320986006440
P. F. C. CSKA Moscú Rossiya
2004129----942113
2005217--701574314
2006239--84723815
20072313--21332817
20082620--11683329
2009133--4143217
2010149----521911
2011-2012259--61914011
2012-201395--31--126
2013-201421--10--31
Jami16885003285830258123
C. R. Flamengo Braziliya
2010541515--1043023
20123613109--525124
Jami41172524001568147
Shandong Luneng Taishan Xitoy
2013106------106
20142113--74553322
Jami31190074554328
S. C. Corinthians Braziliya
2015311414220305016
2019285131811045911
2020--61--1071
Jami591933410114411629
A. S. Monaco Fransiya
2015-2016124--10--134
Jami124001000134
Alanyaspor Turkiya
2016-20172823------2823
Jami28230000002823
Beşiktaş J. K. Turkiya
2017-20182413--31212917
2018-201983----84167
Jami321600311054524
Umumiy faoliyatida4072067837612010250648313

Manbalar