Uzuklar hukmdori: Ikki qalʼa

Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a (inglizcha: The Lord of the Rings: The Two Towers) 2002-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Peter Jackson tomonidan suratga olingan epik, fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir. Film gʻoyasi J. R. R. Tolkien qalamiga mansub Ikki qal’a nomli kitobga asoslangan hamda Uzuklar hukmdori trilogiyasining ikkinchi filmidir. Film produserlari Barrie M. Osborne, Fran Walsh va Jackson, ssenariyni esa Walsh, Philippa Boyens, Stephen Sinclair va Jackson yozishgan. Kartina prikveli Uzuklar ittifoqi (2001), sikveli esa Uzuklar ittifoqi (2001) filmlaridir.[7][8][9] Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Elijah Wood, Ian McKellen, Liv Tyler, Viggo Mortensen, Sean Astin, Cate Blanchett, John Rhys-Davies, Bernard Hill, Christopher Lee, Billy Boyd, Dominic Monaghan, Orlando Bloom, Hugo Weaving, Miranda Otto, David Wenham, Brad Dourif, Karl Urban va Andy Serkis kirishadi.

Uzuklar hukmdori:
Ikki qal’a
The Lord of the Rings:
The Two Towers

Film posteri
Rejissyor(lar) Peter Jackson
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Howard Shore
Kinematografiya Andrew Lesnie
Muharrir(lar)
  • Michael Horton
  • Jabez Olssen
Studiya(lar)
  • WingNut Films
  • The Saul Zaentz Company
Distribyutor New Line Cinema
Chiqarilgan sanasi
  • 5-dekabr, 2002-yil(2002-12-05) (Nyu York shahri)
  • 18-dekabr, 2002-yil(2002-12-18) (AQSh)
Davomiyligi 179 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $94 million[6]
Daromadi $926 million[6]
Avvalgi film Uzuklar ittifoqi
Keyingi film Qirolning qaytishi

Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a filmi premyerasi New York shahridagi Ziegfeld kinoteatrida 5-dekabr 2002-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 18-dekabr 2002-yildan, Yangi Zelandiyada esa 19-dekabr 2002-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $947 milliondan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2002-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa oʻttizinchi eng kassabop film boʻldi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a haqida 255 maqola yigʻilib, ulardan 95 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Ikki qalʼa filmi taʼsirchan harakatni emotsional hikoyalar bilan muvozanatlashtiradi, bu esa tomoshabinlarni toʻliq qoniqishiga va film oxiri qanday yakunlanishini sabrsizlik bilan kutishiga olib keladi“.[10]

Mazmuni

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Gandalfning Moriyada Balrog bilan kurashayotgani haqida dahshatli tush koʻrayotgan Frodo Baggins va Samwise Gamgee Mordor yaqinida joylashgan Emyn Muilda uygʻonishadi va bu yerda adashib qolishganligini anglashadi. Keyinchalik, ular “Bir uzuk”ning sobiq egasi boʻlmish Gollum tomonidan kuzatilib borishayotganligini payqashadi. Ular Gollumni qoʻlga olishadi. Frodo unga shafqat qiladi hamda unga ularga yoʻl koʻrsatishiga izn beradi, Samwisega esa Mordorga kirib borish uchun Gollumning yordami kerakligini taʼkidlaydi.

Rollarda

RolAktyorOʻzbekcha dublyaj
Frodo BagginsElijah WoodAbdulhay Otaxoʻjayev
GandalfIan McKellenMuhammadjon Xoʻjayev
Samwise „Sam“ GamgeeSean AstinElbek Mirzohidov
AragornViggo Mortensen
TheodenBernard HillHoshim Arslonov
BoromirSean Bean
LegolasOrlando Bloom
Peregrin „Pippin“ TookBilly BoydElbek Mirzohidov
GimliJohn Rhys-DaviesHoshim Arslonov
Saruman the WhiteChristopher LeeHoshim Arslonov
SauronSala BakerHoshim Arslonov
ElrondHugo Weaving
Lord Celeborn]Marton Csokas
GaladrielCate Blanchett
ArwenLiv Tyler
Bilbo BagginsIan Holm
LurtzLawrence Makoare
Barliman ButterburDavid Weatherley
Gatekeeper va BreeMartyn Sanderson
Lobeila Sackville-BagginsElizabeth Moody
Albert DrearyPeter Jackson (kameo)

Musiqasi

Treklar roʻyxati

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Howard Shore yaratgan.

NomiDavomiyligi
1.„Foundations of Stone“3:51
2.„The Taming of Sméagol“2:48
3.„The Riders of Rohan“4:05
4.„The Passage of the Marshes“2:46
5.„The Uruk-hai“2:58
6.„The King of the Golden Hall“3:49
7.„The Black Gate Is Closed“3:17
8.„Evenstar“ (Isabel Bayrakdarian bilan birgalikda)3:15
9.„The White Rider“2:28
10.„Treebeard“2:43
11.„The Leave Taking“3:41
12.„Helm's Deep“3:53
13.„The Forbidden Pool“5:27
14.„Breath of Life“ (Sheila Chandra)5:07
15.„The Hornburg“4:36
16.„Forth Eorlingas“ (Ben Del Maestro bilan birgalikda)3:15
17.„Isengard Unleashed“ (Elizabeth Fraser va Ben Del Maestro bilan birgalikda)5:01
18.„Samwise the Brave“3:46
19.„Gollum's Song“ (performed by Emilíana Torrini, (qoʻshiqnavis Fran Walsh))5:51
Jami davomiyligi:72:46
+Bonus trek
NomiDavomiyligi
20.„Farewell to Lórien“ (Hilary Summers bilan birgalikda)4:37

Mukofotlar va nomzodliklari

Manba: IMDb.com[11]

Sikvel

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi premyerasi Wellington shahridagi Embassy kinoteatrida 1-dekabr 2003-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 17-dekabr 2003-yildan, Yangi Zelandiyada esa 18-dekabr 2003-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.1 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2003-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa yigirma toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.

Manbalar

Havolalar