UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016

UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 UEFA tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan, Yevropaning eng kuchli klublari oʻrtasidagi futbol musobaqasining 61-mavsumi hisoblanadi va musobaqa nomi Yevropa chempion klublari kubogi nomidan UEFA Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgandan keyin, ushbu nom ostida oʻtkazilayotgan 24-musobaqa hisoblanadi.

UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016

UEFA Chempionlar ligasi logotipi
Umumiy maʼlumotlar
Sana 30-iyun – 26-avgust 2015 (oʻtish bosqichi)
15-sentabr 2015 – 28-may 2016 (asosiy musobaqa)
Jamoalar 32 (guruh bosqichi)
78 (umumiy) (53 ta assotsiatsiyadan)
Statistika
Oʻyinlar soni 124
Gollar soni 345 (har oʻyinda oʻrtacha 2.78 ta)
Muxlislar soni 5 042 485 (har oʻyinda oʻrtacha 40 665 ta)
Toʻpurar(lar)  POR Cristiano Ronaldo (16 gol)
2016–17

UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 finali Italiyaning Milan shahridagi San Siro stadionida boʻlib oʻtadi.[1]

Oʻtgan yilgi chempionatda Barcelona futbol klubi gʻolib boʻlgan edi.

Formatdagi oʻzgarishlar

2013-yilning may oyida UEFA Ijroiya Qoʻmitasi ushbu musobaqa mavsumi uchun quyidagi oʻzgartirishni kiritgan edi (ushbu qonun uch mavsum yani 2017/2018-yilgi chempionlar ligasigacha kuchda qoladi).[2]

  • UEFA Yevropa ligasining oʻtgan mavsumdagi chempioni UEFA Chempionlar ligasining bu yilgi musbaqasiga kiradi. Ular kamida pley-off roundidan musobaqaga kirishadi.[3]
  • Birinchi marta bitta assotsiatsiyadan 5ta klub qatnashadi, avvallari har bir assotsiatsiyadan maksimal 4ta klub qatnashar edi.

Ishtirokchi klublarning taqsimlanishi

UEFAga aʼzo boʻlgan 54ta assotsiatsiyaning 53tasidan jami 78ta klub UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 musobaqasida ishtirok etadi (Lixtenshteyn ichki chempionati yoʻqligi sababli ushbu chempionatga kiritilmadi). UEFA davlatlari koeffitsiyentalariga asoslangan assotsiatsiyalar reytingiga qarab, har bir assotsiatsiyadan qancha klub ishtirok etishi bilgilanadi:[4]

  • Assotsiatsiya 1-3 har biridan 4tadan klub ishtirok etadi.
  • Assotsiatsiya 4-6 har biridan 3tadan klub ishtirok etadi.
  • Assotsiatsiya 7-15 har biridan 2tadan klub ishtirok etadi.
  • Assotsiatsiya 16-54 (Lixtenshteyndan tashqari) har biridan 1tadan klub ishtirok etadi.
  • UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 va UEFA Yevropa ligasi 2014/2015 gʻoliblari, agar ichki chempionatlari orqali ushbu chempionatga chiqolmasa, ularga qoʻshimcha ishtirok etish imkoniyati beriladi. Chunki bitta assotsiatsiyadan maksimum beshta klub Chempionlar ligasiga kira oladi, agar oʻtgan yilgi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi gʻoliblari 3ta eng yuqori reytinga ega boʼlgan assotsiatsiyadan boʻlib, oʻzlarining ichki chempionatlarida eng yuqori 4ta oʻrinlarni ololmay qolsa unda, 4-oʻrinni olgan jamoa oʻrniga Chempionlar ligasiga kiradi, 4-oʻrinni olgan jamoa esa Yevropa ligasiga kiritiladi.[5] Shuning uchun:

Assotsiatsiya reytingi

2009-2010 yildan 2013-2014 yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida Yevropa chempionatlarida koʻrsatgan natijalari boʻyicha hisoblangan UEFA koeffitsiyentlar jadvali yordamida, assotsiatsiyalar UEFA Chempionlar ligasi 2015/2016 uchun oʻrinlarga ajratildi.[6][7]

Bitta assotsiatsiyadan qoʻshimcha jamoa Chempionlar ligasida qatnashishi mumkin, quyidagi ilovaga qarang:

  • (YL) – Oʻtgan yilgi Yevropa ligasi gʻolibi uchun qoʻshimcha joy.
Reyt.AssotsiatsiyaKoeff.KlubIlova
1  ESP Ispaniya97.7134+1(YL)
2  ENG Angliya84.748
3  GER Olmoniya81.641
4  ITA Italiya66.9383
5  POR Portugaliya62.299
6  FRA Fransiya56.500
7  RUS Rossiya46.9982
8  NED Niderlandlar44.312
9  UKR Ukraina40.966
10  BEL Belgiya36.300
11  TUR Turkiya34.200
12  GRE Yunoniston33.600
13   SUI Shveysariya33.225
14  AUT Avstriya30.925
15  CZE Chexiya29.350
16  ROU Ruminiya27.2571
17  ISR Isroil26.875
18  CYP Qibris23.250
Reyt.AssotsiatsiyaKoeff.KlubIlova
19  DEN Daniya21.3001
20  CRO Xorvatiya19.625
21  POL Polsha18.875
22  BLR Belarus18.625
23  SCO Shotlandiya16.566
24  SWE Shvetsiya16.325
25  BUL Bolgariya15.625
26  NOR Norvegiya14.275
27  SRB Serbiya14.125
28  HUN Mojariston11.625
29  SVN Sloveniya11.000
30  SVK Slovakiya11.000
31  MDA Moldova10.375
32  AZE Ozarbayjon10.375
33  GEO Gurjiston9.875
34  KAZ Qozogʻiston8.250
35  BIH Bosniya va Gersegovina7.500
36  FIN Finlandiya7.175
Reyt.AssotsiatsiyaKoeff.KlubIlova
37  ISL Islandiya6.7501
38  LVA Latviya6.250
39  MNE Chernogoriya6.000
40  ALB Albaniya5.500
41  LTU Litva5.250
42  MKD Makedoniya5.250
43  IRL Irlandiya5.125
44  LUX Luksemburg4.875
45  MLT Malta4.833
46  LIE Lixtenshteyn4.5000
47  NIR Shimoliy Irlandiya3.6251
48  WAL Uels3.000
49  ARM Armaniston2.875
50  EST Estoniya2.875
51  FRO Farer orollari2.125
52  SMR San Marino0.999
53  AND Andorra0.833
54  GIB Gibraltar0.000

Taqsimlash

Chempionlar ligasi chempioni guruh bosqichidan musobaqaga kirdi.[8][9] Barcelona 2014/2015-yilgi Ispaniya La ligasi gʻolibi sifatida, chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi, uning chempionlar ligasiga kirish uchun ajratilgan qoʻshimcha imkoniyati oʻtgan yilgi Yevropa ligasi gʻolibi Sevilla klubiga berildi.[10][11]

Shu roundga kirgan jamoalarOldingi roundda yutgan jamoalar
1-oʻtish roundi
(8ta jamoa)
  • Assotsiatsiya 47–54dan 8ta chempionlar
2-oʻtish roundi
(34ta jamoa)
  • Assotsiatsiya 16–46dan 30ta chempion (Lixtenshteyndan tashqari)
  • 1-oʻtish roundidan 4ta gʻolib jamoa
3-oʻtish bosqichiChempionlar
(20ta jamoa)
  • Assotsiatsiya 13–15dan 3ta chempionlar
  • 2-oʻtish roundidan 17ta gʻolib jamoa
Chempion boʻlmaganlar
(10ta jamoa)
  • Assotsiatsiya 7–15dan 9ta 2-oʻrinni olgan jamoalar
  • Assotsiatsiya 6dan 1ta 3-oʻrinni olgan jamoa
Pley-off roundiChempionlar
(10ta jamoa)
  • 3-oʻtish roundidan 10ta gʻolib jamoa (Chempionlar)
Chempion boʻlmaganlar
(10ta jamoa)
  • Assotsiatsiya 4–5dan 2ta 3-oʻrinni olgan jamoalar
  • Assotsiatsiya 1–3dan 3ta 4-oʻrinni olgan jamoalar
  • 3-oʻtish roundidan 5ta gʻolib jamoa (Chempion boʻlmaganlar)
Guruh bosqichi
(32ta jamoa)
  • Assotsiatsiya 1–12dan 12ta chempionlar
  • Assotsiatsiya 1–6dan 6ta 2-oʻrinni olgan jamoalar
  • Assotsiatsiya 1–3dan 3ta 3-oʻrinni olgan jamoalar
  • Yevropa ligasi unvon egasi
  • Pley-off roundidan 5ta gʻolib jamoa (Chempionlar)
  • Pley-off roundidan 5ta gʻolib jamoa (Chempion boʻlmaganlar)
Pley-off bosqichi
(16ta jamoa)
  • Guruh bosqichidan 8ta 1-oʻrinlilar
  • Guruh bosqichidan 8ta 2-oʻrinlilar

Jamoalar

Qavs ichida ligada oʻtgan mavsumdagi tutgan mavqei koʻrsatilgan, faqat Yevropa ligasi unvon egasi sifatida saralangan Sevilladan tashqari (UE: Chempionlar ligasi unvon egasi, YL: Yevropa ligasi unvon egasi).[12][13]

Guruh bosqichi
 ESP BarcelonaUE (1)  GER Bayern Munich (1)  POR Porto (2)  BEL Gent (1)
 ESP Real Madrid (2)  GER Wolfsburg (2)  FRA Paris Saint-Germain (1)  TUR Galatasaray (1)
 ESP Atlético Madrid (3)  GER Borussia Mönchengladbach (3)  FRA Lyon (2)  GRE Olympiacos (1)
 ENG Chelsea (1)  ITA Juventus (1)  RUS Zenit Sankt Peterburg (1)  ESP Sevilla (YL)
 ENG Manchester City (2)  ITA Roma (2)  NED PSV Eindhoven (1)
 ENG Arsenal (3)  POR Benfica (1)  UKR Dynamo Kyiv (1)
Pley-off roundi
ChempionlarChempion boʻlmaganlar
 ESP Valencia (4)  GER Bayer Leverkusen (4)  POR Sporting CP (3)
 ENG Manchester United (4)  ITA Lazio (3)
3-oʻtish roundi
ChempionlarChempion boʻlmaganlar
  SUI Basel (1)  FRA Monaco (3)  BEL Club Brugge (2)  AUT Rapid Wien (2)
 AUT Red Bull Salzburg (1)  RUS CSKA Moskva (2)  TUR Fenerbahçe (2)  CZE Sparta Prague (2)
 CZE Viktoria Plzeň (1)  NED Ajax (2)  GRE Panathinaikos (2)
 UKR Shaxtyor Donetsk (2)   SUI Young Boys (2)
2-oʻtish roundi
 ROU Steaua București (1)  SWE Malmö FF (1)  AZE Qarabağ (1)  ALB Skënderbeu Korçë (1)
 ISR Maccabi Tel Aviv (1)  BUL Ludogorets Razgrad (1)  GEO Dila Gori (1)  LTU Žalgiris Vilnius (1)
 CYP APOEL (1)  NOR Molde (1)  KAZ Astana (1)  MKD Vardar (1)
 DEN Midtjylland (1)  SRB Partizan (1)  BIH Sarajevo (1)  IRL Dundalk (1)
 CRO Dinamo Zagreb (1)  HUN Videoton (1)  FIN HJK (1)  LUX Fola Esch (1)
 POL Lech Poznań (1)  SVN Maribor (1)  ISL Stjarnan (1)  MLT Hibernians (1)
 BLR BATE Borisov (1)  SVK Trenčín (1)  LVA Ventspils (1)
 SCO Celtic (1)  MDA Milsami Orhei (1)  MNE Rudar Pljevlja (1)
1-oʻtish roundi
 NIR Crusaders (1)  ARM Pyunik (1)  FRO B36 Tórshavn (1)  AND FC Santa Coloma (1)
 WAL The New Saints (1)  EST Levadia Tallinn (1)  SMR Folgore (1)  GIB Lincoln Red Imps (1)

Round va qurʼa sanalari

Musobaqa jadvali quyidagicha koʻrinishida (barcha qurʼalar UEFA shtab-kvartirasi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida boʻlib oʻtdi).[14][8][15]

BosqichRoundQurʼa sanasi1-uchrashuv2-uchrashuv
Saralash
bosqichi
1-oʻtish roundi22-iyun 201530–iyun 1-iyul 20157–8 iyul 2015
2-oʻtish roundi14–15 iyul 201521–22 iyul 2015
3-oʻtish roundi17-iyul 201528–29 iyul 20154–5 avgust 2015
Pley-offPley-off roundi7-avgust 201518–19 avgust 201525–26 avgust 2015
Guruh bosqichi1-tur27-avgust 2015
(Monako)
15–16 sentabr 2015
2-tur29-30 sentabr 2015
3-tur20–21 oktabr 2015
4-tur3–4 noyabr 2015
5-tur24–25 noyabr 2015
6-tur8–9 dekabr 2015
Pley-off bosqichiNimchorak final14-dekabr 201516–17 & 23–24 fevral 20168–9 & 15–16 mart 2016
Chorak final18-mart 20165–6 aprel 201612–13 aprel 2016
Yarim final15-aprel 201626–27 aprel 20163–4 may 2016
Final28-may 2016 San Siro stadionida, Milan

Oʻtish bosqichi

Saralash va pley-off roundlarida, jamoalar 2014-yilgi UEFA koeffitsiyentlar jadvali asosida 2 xil tanlangan va tanlanmagan jamoalarga boʻlindi,[16][17][18] vakeyin jamoalar ikki uchrashuvli uy va safar oʻyinlari orqali saralanadi. Bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bir biriga qarshi maydonga tushmaydi.

1-oʻtish roundi

Birinchi va ikkinchi oʻtish roundlari uchun qurʼa tashlash 2015-yilning 22-iyunida boʻlib oʻtdi.[19][20] Juftliklarning 1-uchrashuvi 2015-yilning 30-iyun va 1-iyul kunlari, 2-javob uchrashuvlari esa oʻsha yilning 7-iyulida boʻlib oʻtadi.

Gibraltarning Lincoln Red Imps futbol klubi birinchi marta UEFA chempionatlarining juftlik bahslarida gʻalaba qozondi.[21]

2-oʻtish roundi

3-oʻtish roundi

Pley-off roundi

Guruh bosqichi

Manbalar

Havolalar