Turkmanchoy tinchlik shartnomasi
Turkmanchoy shartnomasi (Turkmanchoy shartnomasi[1]) — Rossiya imperiyasi bilan Qajarlar Eroni (Fors) oʻrtasida tuzilgan, rus-fors urushi natijasida (1826-1828) imzolangan tinchlik shartnomasi. 1828-yil 10-(22)fevralda Turkmanchoy hududida (Tabriz yaqinida) Rossiya Imperiyasi tomondan piyoda qoʻshin general I. F. Paskevich tomonidan imzolangan. Fors davlati nomidan Fors shahzodasi Abbos Mirzo va tashqi ishlar vaziri Mirzo Abul Hasanxon imzolashgan. 1828-yil 20-martda Nikolay I va Fath Ali Shoh tomonidan ratifikatsiya qilingan. Aleksandr Griboedov shartnoma shartlarini ishlab chiqishda ishtirok etdi[2][Комм. 1].
Shartnomaning ahamiyati
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c2/Turkmanchai.jpg/250px-Turkmanchai.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/84/Khanates_of_Eriwan_and_Nakhchivan_in_1809-1817.jpg/250px-Khanates_of_Eriwan_and_Nakhchivan_in_1809-1817.jpg)
Shartnoma Guliston tinchlik shartnomasi (1813)[3] boʻyicha Rossiyaning fors hududlaridan ma'lum qismini qoʻlga kiritilishini tasdiqladi. Turkmanchoy shartnomasiga binoan - Erivan va Naxichevan xonliklarini tarkibida bo'lgan Sharqiy Armaniston hududlari bilan birga Rossiyaga[4][5][6][7][8][9][10][11][12][13] [14] berib yuborildi. Shuningdek, Fors armanlarning Rossiya chegaralariga ko'chirilishiga aralashmaslik majburiyatini oldi[Комм. 2][5][15]. Forsga 20 million kumush rubl miqdorida tovon to'lashi bo'yniga qo'yildi. Tomonlar elchilar darajasida missiya almashdilar. Rossiya hukumati Rossiya bilan shartnoma imzolagan Abbos Mirzoni Fors taxti vorisi deb tan oldi. Davlatlar oʻrtasidagi yangi chegara Araks daryosi qirg'oqlari bo'ylab o'tadigan bo'ldi[3].
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/14/Persian_payment_of_indemnity_in_Tabriz.jpg/250px-Persian_payment_of_indemnity_in_Tabriz.jpg)
Tinchlik shartnomasi bilan bir vaqtda savdo shartnomasi ham imzolandi (" Fors bilan rus va fors subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) savdosi to'g'risida tuzilgan risola"). Ushbu shartnomaga ko'ra rus subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) butun Eron bo'ylab erkin savdo qilish huquqini oldilar. Shartnoma Rossiyaning Kavkazdagi mavqeini mustahkamladi. Yaqin Sharqda Rossiya ta'sirini kuchayishiga yordam berdi va Britaniyaning Forsdagi mavqeyiga putur yetkazdi. Shunday qilib, shartnoma Rossiya savdo kemalari uchun Kaspiy dengizida suzish erkinligini va Rossiyaning bu yerda dengiz flotiga ega bo'lish huquqini tasdiqladi. "Savdo to'g'risidagi maxsus shartnoma" ga ko'ra, "Eron hududida Rossiya subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) o'rtasida yoki subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) va boshqalar o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va sud ishlari masalasi Rossiya subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) Rossiya diplomatik vakillarining yurisdiksiyasiga bo'ysunadi[16]. Rossiya va Eron subyektlari(savdogarlari va fuqorolari) o'rtasidagi sud ishlari Eron hukumati tomonidan ko'rib chiqilishi kerak edi, lekin har doim Rossiya missiyasi yoki konsulligining vakillari ishtirok etishlari shart qilib qo'yildi[17].
Shartnoma Forsda yashovchi armanlar uchun katta ahamiyatga ega edi. Shartnoma imzolangandan so'ng o'n minglab armanlar[Комм. 3] Rossiya hududiga ko'chib o'tdi. Shu bilan birga, imzolangan shartnomalarga muvofiq ko'chirilgan armanilar o'z mol-mulkini boj va soliqlarsiz olib chiqish huquqiga ega edilar.
Gʻarblik va eronlik tahlilchilarining fikriga ko'ra, Turkmanchoy shartnomasi Eronning kelajakdagi taqdiriga, xususan, iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keldi[16]. Eron o'ziga yuklatilgan tovonni toʻlash uchun aholiga yangi soliqlar joriy etilishini e’lon qilingani, koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻldi. J.Kayening fikricha, Turkmanchoy shartnomasi “Eronga chuqur tajovuzkorlik” edi [18]. Fridrix Engels “Turkmanchoy shartnomasi Forsni Rossiyaning vassaliga aylantirdi” [18], deb taʼkidladi. Eronlik tarixchi Mehdi Mojtahediyning fikricha, Turkmanchoy shartnomasi “Guliston shartnomasidan koʻra alamli va zararliroq” boʻlib chiqdi, chunki “Eron butunlay taslim boʻldi, qojarlar esa Rossiyaning siyosiy quliga aylandi” [18]. Boshqa bir eronlik muallif M. Afsharning yozishicha, “Turkmanchoy Eronning siyosiy tanazzulining boshlanishi boʻlib, shoh imperiyasi nafaqat qudratli qoʻshnisiga qarshi kurashishi, balki unga qarshilik koʻrsatish huquqidan ham mahrum etilgan edi” [18]. Eron tarixchilari Derbentni “Eron eshigi” deb atab kelgan edi. Eron uchun Kavkazning Rossiya imperiyasiga berilishi “nafaqat uning hududining bir qismini yoʻqotilishi”, balki "o'zining eng murosasiz dushmani uchun" “Eron eshiklarining ochilishi” [18] degan xulosaga keladi.
Keyingi davr
Turkmanchoy shartnomasi tuzilganidan ko'p o'tmay , Rossiya-Turkiya urushi (1828-1829) boshlanishi munosabati bilan Buyuk Britaniya tomonidan qo'zg'atilgan Eron hukumati kelishuv shartlarini buzishga harakat qildi. Eron hukumati tomonidan shartnomaning buzilishi, o'sha paytdagi Tehronda joylashib olgan Rossiya rezidenti A. S. Griboedovning noroziliklariga sabab bo'ldi. 1829-yil 11-fevralda Rossiyaga qarshi norozi kayfiyatdagi jamoa(Britaniya agentlari bilan chambarchas bog'langan va Shohga yaqin kishilar bo'lgan) Rossiya rezidentligiga hujum qilishdi, natijada A. S. Griboedov vafot etdi. Eron bilan yangi qurolli to'qnashuvga kirishishni istamagan imperator Nikolay I Shoh[17] ning rasmiy uzr so'rashi qabul qildi va shu bilan cheklangan edi.
Turkmanchoy shartnomasi oktabr sotsialistik inqilobigacha[17] Rossiya-Eron munosabatlarining belgilovchi hujjat edi.
Xotira
- “Turkmanchoy tinchlik shartnomasi” imzolangandan keyin topshirilgan toʻp. Tehrondagi harbiy muzeyi
- Turkmanchoy shartnomasi xotirasi uchun medal ko'rinishidagi estaliklar. Bokudagi Ozarbayjon tarixi muzeyi
Eslatmalar
- Izohlar
Manbalar
The situation of the Armenians in Russia was better. The Russia conquest of eastern Armenia folowing the Russo-Persian war of 1804-1813 and 1826-1828 allowed the armenians a chance to advance
During the periods from 1804 to 1813 and from 1813 to 1828, the Russian-Persian wars led to eastern Armenia's incorporation into the Russian Empire
Eastern Armenia was controlled by Persia and Western Armenia by the Ottoman Empire. In 1828 Eastern Armenia came under Russian rule
Persia (now Iran) ceded Eastern (Persian) Armenia to the Russian Empire by the Treaty of Turkmanchai
In 1796, the melik houses accepted Russiansuzerainty, and in 1805 passed under direct Russian rule losing their autonomy upon the Russian annexation of Eastern Armenia in 1828.
The Karabakh, Zangezur, and Shuragel' district (eastern Shirak) became part of Russia in 1805. The remaining areas of Eastern Armenia, the Yerevan and Nakhichevan khanates, became part of the Russian Empire by the Treaty of Turkmanchai in 1828. In March 1828 an Armenian Province was created, of which Yerevan and Nakhichevan khanates were part.
The Karabakh, Zangezur, and Shuragel' district (eastern Shirak) became part of Russia in 1805. The remaining areas of Eastern Armenia, the Yerevan and Nakhichevan khanates, became part of the Russian Empire by the Treaty of Turkmanchai in 1828. In March 1828 an Armenian Province was created, of which Yerevan and Nakhichevan khanates were part.
<ref>
tag; name "словарь" defined multiple times with different contentAdabiyotlar
- О мире между Россией и Персией // Полное собрание законов Российской империи, собрание второе. — СПб.: Типография II отделения Собственной Его Императорского Величества канцелярии, 1830.
- Балаян Б. П.. Международные отношения Ирана в 1813—1828 гг. Ереван: Изд-во АН Армянской ССР, 1967.
- Балаян Б.П.. Дипломатическая история русско-иранских войн и присоединения Восточной Армении к России. Ер.: Издательство Академии Наук Армянской ССР. Институт истории, 1988.
Havolalar
- Turkmanchay tinchlik shartnomasining to'liq matni (Wayback Machine saytida 2017-10-16 sanasida arxivlangan). Rossiya Harbiy Tarix Jamiyatining "Rossiya tarixining 100 ta asosiy hujjati" loyihasi.