Tundra kakligi
Tundra kakligi (lotincha: Lagopus muta) – qirgʻovullar oilasining qurqurlar turkumiga mansub qush.
Tundra kakligi | |
---|---|
![]() | |
Norvegiyadagi juftlik | |
Kaklik ovozi, Glenshee, Shotlandiya | |
Biologik klassifikatsiya | |
Lagopus muta | |
![]() Tundra kakligi tarqalish hududi[1] | |
taxminan 20-30, shu jumladan:
| |
|
Tashqi koʻrinishi
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4c/Lagopus_mutus_Naumann.jpg/190px-Lagopus_mutus_Naumann.jpg)
Oq kaklikdan biroz kichikroq. Tana uzunligi taxminan 35 sm, vazni esa 430-880 g.
Tundra kakligi, oq kaklik kabi, mavsumiy dimorfizmi bilan ajralib turadi.
Qishda patlari oq, quyruq patlari qora tusda boʻladi, narining tumshugʻi tagida qora chiziq esa bundan mustasno.
Yozgi patlari, oqdan tashqari, rang-barang – kulrang-jigarrang, mayda qora nuqta va chiziqli tusga kiradi. Bu qushlarga yaxshi kamuflyaj qilish imkonini beradi. Ammo patlari yashaydigan hududiga qarab oʻzgarib boradi.
Tarqalishi
Tundraning quruq tepaliklarida va Shimoliy yarim shar togʻlarining alp kamarida, shu jumladan Pireney va Alp togʻlarida, Shotlandiyaning togʻli qismida, Skandinaviya, Islandiya, Grenlandiya, Shimoliy Amerika, Shimoliy Osiyo (Oltoy, Xangay) va Markaziy Yaponiya togʻlarida uchraydi.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/32/Ptarmigan2.jpg/200px-Ptarmigan2.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/22/Ptarmigan_Kval%C3%B8ya_2.jpg/200px-Ptarmigan_Kval%C3%B8ya_2.jpg)
Qor chizigʻiga yaqin va butalar bilan qoplanganmagan ochiq toshloq yerlarni afzal koʻradi. Islandiya va Grenlandiyada tuxum bosish davrida oziqlanish uchun pastroqqa tushadi.
Oziqlanishi
Qishda migratsiyani amalga oshiradi. Oʻsimlik ozuqalari – urugʻlar, kurtaklar va rezavorlar bilan, joʻjalari esa hasharotlar bilan oziqlanadi.
Koʻpayishi
Tundra kakligi monogam qush. Urgʻochisi yerdagi butalar orasida in quradi, ichida toʻq dogʻli 12-20 dona sariq-qizil tuxum qoʻyadi va 24-26 kun davomida narining yordamisiz yolgʻiz oʻzi bosadi.
Odamlar va kakliklar
Qushning goʻshti juda mazali deb hisoblanadi, ammo uning tijorat qiymati past. Taxminlarga koʻra, tundra kakligi Goratsiyning II.2 satirasida tilga olinadi[5].
Tundra kakligi Kanadadagi Nunavut hududining rasmiy qushi (ramzi) hisoblanadi[6]. AQShning Alyaskadagi Chicken qishlogʻi ushbu qushning joʻjalari sharafiga shunday nomlangan. Yaponiyada bu qush „tabiiy meros“ (qoʻriqlanadigan joy) va Gifu, Nagano va Toyama prefekturalarining qush ramzi sifatida tanlangan[6]. Xonsyu togʻlarida u raityo (yaponcha: 雷鳥 raichō , „momaqaldiroq“) deb ataladi. Afsonaga koʻra, u odamlarni va ularning uylarini olov va momaqaldiroqdan himoya qiladi.
Kenja turlari
Xalqaro ornitologlar ittifoqi tundra kakligining 23 kenja turini tan oladi:
- Lagopus muta atkhensis Turner, 1882
- Lagopus muta dixoni Grinnell, 1909
- Lagopus muta evermanni Elliot, 1896
- Lagopus muta gabrielsoni Murie, 1944
- Lagopus muta helvetica (Thienemann, 1829)
- Lagopus muta hyperborea Sundevall, 1845
- Lagopus muta islandorum (Faber, 1822)
- Lagopus muta japonica A. H. Clark, 1907
- Lagopus muta kurilensis Kuroda, 1924
- Lagopus muta macruros Schiøler, 1925
- Lagopus muta millaisi Hartert, 1923
- Lagopus muta muta (Montin, 1781)
- Lagopus muta nadezdae Serebrovski, 1926
- Lagopus muta nelsoni Stejneger, 1884
- Lagopus muta pleskei Serebrovski, 1926
- Lagopus muta pyrenaica Hartert, 1921
- Lagopus muta reinhardi Stejneger, 1884
- Lagopus muta ridgwayi Stejneger, 1884
- Lagopus muta rupestris (Gmelin, 1789)
- Lagopus muta saturata Salomonsen, 1950
- Lagopus muta townsendi Elliot, 1896
- Lagopus muta welchi Brewster, 1885
- Lagopus muta yunaskensis Gabrielson & Lincoln, 1951
Komandor tundra kekikligi (Lagopus muta ridgwayi) Rossiyaning „Tabiiy muhitdagi holatiga alohida eʼtibor berishni talab qiladigan fauna obyektlari roʻyxati“ ga kiritilgan[7].
Manbalar
Havolalar
![]() | Vikiomborda Tundra kakligi haqida turkum mavjud |