Tulki

Tulki — itlar oilasi sutemizuvchilar bir nechta turining umumiy nomi. Ushbu guruhning faqat 11 ta turigina xususan tulkilar (lotincha: Vulpes) turiga kiritiladi. Eng tanish va koʻp tarqalgan vakili — oddiy tulkidir (Vulpes vulpes). Tulkilar butun dunyo boʻyicha koʻpchilik xalqlarning oʻgzaki ijodida uchraydi.

bir Qizil tulki

Itlar filogeniyasi boʻyicha hozirgi zamon tasavvurlariga muvofiq[1] ushbu maqolada foydalanilayotgan izohdagi tulkilar guruhi — polifiletik, shunday ekan, takson sifatida foydalanishga yaroqsiz.

Guruhga kiritiluvchi turlar

Boʻz (kulrang) tulki

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra "tulki" atamasi maʼnosini zoologik turlar qatorida qatʼiy qiyoslash imkoni yoʻq. Umuman olganda, oʻziga xos "tulki" tashqi koʻrinishiga asoslangan subyektiv baholash mezonlariga tayangan holda, quyidagi hayvonlarni tulkilar deb hisoblash mumkin:

  • Boʻrilar (Caninae) kenja oilasi
    • Tulkilar (Vulpes) turi
      • Oddiy tulki (Vulpes vulpes)
      • Amerika tulkisi (Vulpes macrotis)
      • Afg‘on tulkisi (Vulpes cana)
      • Afrika tulkisi (Vulpes pallida)
      • Bengal tulkisi (Vulpes bengalensis)
      • Korsak (Vulpes corsac)
      • Amerika korsaki (Vulpes velox)
      • Qum tulkisi (Vulpes rueppelli)
      • Tibet tulkisi (Vulpes ferrilata)
      • Fenek (Vulpes zerda)
      • Janubiy-afrika tulkisi (Vulpes chama)
    • Shimol tulkilari (Alopex) (koʻpincha (Vulpes) turi bilan birlashtiriladi. qar.[2]) turi
      • Shimol tulkisi (Alopex lagopus)
    • Bo‘z tulkilar (Urocyon) turi
      • Bo‘z tulki (Urocyon cinereoargenteus)
      • Orol tulkisi (Urocyon littoralis)
    • Folklend tulkilari (Dusicyon) turi
      • Andoza:Oʻlgan Folklend tulkisi (Dusicyon australis)
    • Maykonglar (Cerdocyon) turi
      • Maykong (Cerdocyon thous)
    • Mayda tulkilar (Atelocynus) turi
      • Mayda tulki (Atelocynus microtis)
    • Janubiy Amerika tulkilari (Lycalopex), yoki Pseudalopex turi
      • And tulkisi (Lycalopex culpaeus)
      • Janubiy Amerika tulkisi (Lycalopex griseus)
      • Darvin tulkisi (Lycalopex fulvipes)
      • Paragvay tulkisi (Lycalopex gymnocercus)
      • Braziliya tulkisi (Lycalopex vetulus)
      • Sekura tulkisi (Lycalopex sechurae)
  • Katta quloqli tulkilar (Otocyoninae) kenja oilasi
    • Katta quloqli tulkilar (Otocyon) turi
      • Katta quloqli tulki (Otocyon megalotis)

Yana qarang

  • Itlar
  • Tulkilar
  • Qora-qoʻngʻir tulki
  • Tulkicha (yulduzlar turkumi)

Manbalar

Adabiyotlar