Toni Datković

Toni Datković (talaffuzi: Toni Datkovich[1][2])(1993-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Cartagena“ klubi va Xorvatiya milliy futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi[3].

Toni Datković
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiToni Datković
Tavallud sanasi6-noyabr 1993-yil (1993-11-06) (30 yosh)
Tavallud joyiZagreb, Xorvtiya
Boʻyi1.84 m (6 ft 12 in)
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cartagena
Raqami15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2008Novalja
2008Rijeka
2008Lokomotiva Rijeka
2009—2012Rijeka
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2012—2014Rijeka0(0)
2012—2014→ Pomorac (Ijara)45(2)
2014—2016Zavrč52(3)
2016—2017Koper44(5)
2017—2020Lokomotiva49(3)
2019-2020→ Huesca (Ijara)17(0)
2020—2021Aris3(0)
2021→ Cartagena (Ijara)19(0)
2021Real Salt Lake8(0)
2022-Cartagena16(0)
Milliy terma jamoa
2012Xorvatiya U193(0)
2012Xorvatiya U201(0)
2017-Xorvatiya1(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-iyul uchun)

Klubdagi faoliyati

Pag orolid tugʻilgan Datković Riyekaga koʻchib oʻtishdan oldin Novaljaning quyi toifadagi „Lokomotivada“ jamoasi tarkibida olti oy oʻynagan. Shundan soʻng Datković Rijeka akademiyasiga qoʻshilgan. Jamoa uchun koʻrsatgan oʻyinlaridan soʻng Datković U19 jamoasi sardoriga aylangan[4].

Datković hech qachon HNK Rijeka tarkibida Prva HNL doirasida maydonga tushmagan. Keyinchalik u Druga HNL klubi NK Pomorac Kostrenaga ijaraga yuborilgani va u yerda 2 yil f=davomida qolgan[5]. 2014-yilning yozida Datković Sloveniyaning PrvaLiga jamoasi NK Zavrč jamoasiga kelib qoʻshilgan va klub safida ligada 52 oʻyin oʻtkazgan hamda uchta golga mualliflik qilgan. Datković 2016-yilning yanvarida Koper jamosiga qoʻshilgan[6].

Datković 2019-yil 2-sentyabrda xorijga ko‘chib o‘tgan, yaʼni Segunda Divizionining „Hueska“ jamoasiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shilgan[7].

2020-yil 18-avgustda u Aris bilan uch yillik shartnoma imzolagan[8]. Datković kamdan-kam oʻyinlarda maydonga tushganidan soʻng, 2021-yil 10-yanvarda „Cartagena“ klubi bilan mavsum oxirigacha ijara shartnomasiga rozi boʻlgach, jamoa tarkibiga kelib qoʻshilgan[9].

2021-yil 2-iyun kuni Datković MLS jamoasi „Real Salt Lake“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[10]. 18-yanvarda Datković ikki yarim yillik shartnomaga rozi boʻlgach, Cartagena jamoasiga qaytgan[11].

Xalqaro faoliyati

Datković Xorvatiya terma jamoasi safida debyutini 2017-yil yanvar oyida Xitoy kubogi doirasida Xitoyga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bugunga qadar Datković terma jamoa safida boshqa maydonga tushmagan[12].

Shaxsiy hayoti

Datković — futbol murabbiyi Ivitsa Datkovićning oʻgʻli, uning akasi Marin ham professional futbolchi[13].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Pomorac (Ijara)2012—132. HNL25100251
2013—1420100201
Jami45200452
Zavrč2014—15PrvaLiga31342355
2015—1621020230
Jami52362585
Koper2015—16PrvaLiga143143
2016—1730210312
Jami44510455
Lokomotiva2017—18Prva HNL17000170
2018—1925232284
2019—207171
Jami49332525
Huesca (Ijara)2019—20Segunda Divizióni17020190
Karyerada jami20713124000021917

Manbalar