Tiril Eckhoff

Tiril Kampenhaug Eckoff (1990-yil 21-mayda tugʻilgan) — Norvegiyalik biatlonchi, Fossum IF vakili hisoblannadi.

Tiril Eckhoff
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Tiril Kampenhaug Eckhoff
Fuqaroligi  Norvegiya
Tavallud sanasi 21-may 1990-yil (1990-05-21) (34 yosh)
Bærum, Norvegiya
Boʻyi 1.63 m
Vazni 59 kg

Eckhoff ikki karra Olimpiya chempioni boʻlib, 2014-yil Sochi qishki va 2022-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida aralash estafetada gʻolib boʻlgan, undan tashqari, ommaviy startda bronza medalini qoʻlga kiritgan, bu natija 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ham takrorlangan. Eckhoff, shuningdek, biatlon boʻyicha jahon chempionatida oʻn karra oltin medal sohibi boʻlib, 2016-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida 7,5 km masofaga yugurishda va 2021-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida 7,5 km sprint va 10 km masofaga yugurishda oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. U biatlonchi Stian Eckhoffning singlisi hisoblanadi[2].

Faoliyati

Eckhoff 2008-yildan beri Norvegiya biatlon jamoasining bir qismi hisoblanadi[3].

U 2014-yilda Sochida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida biatlon boʻyicha ishtirok etgan va u 2 bronza va 1 oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. Ommaviy startda[4] va ayollar estafetasida[5] bronza va aralash estafetada Tora Berger, Ole Eynar Byorndalen va Emil Xegle Svendsen bilan birga oltin medallaraga ega chiqqan[6]. U sobiq biatlonchi Stian Eckkhoffning oʻrtidan sportga kirib kelgan. Eckhoff Norvegiya texnologiya institutida muhandislik boʻyicha tahsil olgan[3].

2019—2020-yilgi mavsumda u yettita Jahon kubogi poygalarida gʻalaba qozongan, ammo u umumiy natijalarga koʻra Dorothea Wiererdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. U taʼqib qilishda oʻzining birinchi unvonini qoʻlga kiritgan.

2020—2021-yilgi mavsumda u 2021-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida 7 ta musobaqada 4 ta oltin va 6 ta medalni qoʻlga kiritgan. Mavsum oxirida u Magdalena Forsbergdan keyin bir mavsumda eng koʻp poygada gʻalaba qozonib, 2020—2021-yilgi Jahon kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan. U shuningdek, sprint va taʼqib qilishda intizom unvonini ham qoʻlga kiritgan va bir intizomda (sprint musobaqasi) ketma-ket 7 poygada gʻalaba qozongan birinchi erkak yoki ayol biatlonchi boʻlib tarixga kirgan.

Biatlon natijalari

Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan.

Olimpiya oʻyinlari

8 ta medal (2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza)

MusobaqaYakkalikSprintTaʼqib qilishOmmaviy startEstafetaMixed relay
2014-yil Sochi181824BronzaKumushOltin
2018-yil Pxyonchxan23249Bronza4Kumush
2022-yil Pekin2211BronzaKumush4Oltin

Jahon chempionatlari

15 ta medal (10 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza)

MusobaqaYakkalikSprintTaʼqib qilishOmmaviy startEstafetaAralash estafeta
2015-yil Kontiolahti521918165Bronza
2016-yil Oslo43Oltin1724OltinBronza
2017-yil Hochfilzen39133012118
2019-yil Ostersund379Kumush[7]5Oltin[8]Oltin[9]
2020-yil Antholz-Anterselva1559[10]207OltinOltin[11]
2021-yil Pokljuka23OltinOltinBronzaOltinOltin

Manbalar