Teresa ona

Kalkuttalik Avliyo[1] Teresa (haqiqiy ismi Agnes Gonxha Bojaxhiu ;albancha: Anjezë Gonxhe Bojaxhiu; 1910 -yil 26-avgust, Skopye, Usmonli imperiyasi[2] — 1997-yil 5-sentabr, Kalkutta, Hindiston), butun dunyoda Teresa ona nomi bilan mashhur[3][4]  katolik rohiba, kambagʻallar va bemorlarga xizmat qiliuvchi mehr-shafqat rohibalari missionerlar monastir jamoatining asoschisi.

Kalkuttalik Teresa
Agnes Gonxha Bojaxhiu
Avliyo Teresa
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-avgust 1910-yil
Skopye, Usmonli imperiyasi
Vafoti 5-sentyabr 1997-yil(1997-09-05)
(87 yoshda)
Kalkutta, Hindiston
Oʻlim sababi Yurak xuruji
Millati arman
Onasi Dranafile (Drana) Bernai Bojaxhiu
Otasi Nikollë Bojaxhiu
Dini Xristian
Dafn etilgan joyi Kalkutta
Unvoni
Nobel mukofoti sovrindori
Nobel mukofoti sovrindori

Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati (1979)

2003-yilda katolik cherkovi tomonidan bahtiyorlar siymosi safiga kiritilgan, 2016-yil 4-sentyabrda esa kanonizatsiya qilingan (avliyolar safiga kiritilgan)[5].

Teresaning faoliyati rohibaning shubhali siyosiy aloqalari, xayriya qilingan mablagʻlardan samarasiz foydalanganligi va davolash vaqtida ogʻriq qoldiruvchi vositalardan foydalanishni rad qilgani uchun tanqid qilingan.

Biografiyasi

Milliy sari kiygan xayriya missionerlari
Kalkutta xayriya uyi
Nirmal Xriday, Teresa onaning Kalkutta hospisi , 2007-yil

Agnes 1910-yil 26-avgustda Makedoniyaning Skopye shahrida[6] tugʻilgan. Kosovo-albanlari Dranfile va Nikollëning kenja farzandi boʻlgan[7]. Keyinchalik, Teresa ona 27-avgust choʻqintirilgan kunini „Haqiqiy tugʻilgan kunim“ deb ataydi[6]. Uning ota-onasi katolik edi. Uning Agata ismli singlisi va Lazar ismli ukasi bor edi. Oila juda badavlat boʻlib, uning otasi yirik qurilish kompaniyasining egasi va muvaffaqiyatli savdogar edi. Dranfile koʻp vaqtini ibodat va hayriya ishlariga bagʻishlardi. Kambagʻallarni Boyagyu oilasi iliq kutib olardi, bundan tashqari, Dranfile oʻz farzandlari bilan bir nechta kambagʻal oilalalarni yoʻqlab borardi. Nikollë 1919-yilda oʻldirilgandan soʻng uch farzand bilan yolgʻiz qolgan Dranfile, tikuvchilik, kashtachilik va boshqa turli ishlar bilan kun kechirgan[8].

Agnes 1928-yilda oʻrta maktabni tugatgan. Bir kuni u cherkov ruhoniysi Hindistondagi missionerlarning maktublarini oʻqiyotganini eshitdib qoladi, uning taʼkidlashicha, shundan keyin ichki ovoz uni Hindistonda missioner boʻlishga undagan. U Irlandiyaga ketib u yerda „Loretoning Irland hamshiralari“ monastir tashkilotiga qoʻshiladi[8].

Koʻp oʻtmay, tashkilot uni Kalkuttaga yuboradi va 1937-yilda Agnes monastir qasamyodini qabul qiladi. Avliyo Teresa de Lizye sharafiga Teresa ismini oʻziga oladi. Song, taxminan 20 yil davomida monastirdagi qizlar maktabida dars beradi[9].

1946-yil 10-sentyabrda Teresa ona Darjilingdagi har yili oʻtkaziladigan Muqaddas Govenyaga boradi. U yerga ketayotib, poyezdda: „Boy va kambagʻallar orasida yasha, Men sen bilan boʻlaman“ degan ichki ovozni eshitganini aytadi[10]. Ammo, faqatgina 1948- yil avgust oyida monastirni tark etish va Kalkuttaning kambagʻal hamda qashshoqlariga yordam berish ruhsatini qoʻlga kiritadi[11].

1950-yil 7-oktyabrda Teresa ona Rim papasi Pi XII dan opa-singil missionerlar muhabbati tashkilotini yaratishga ruxsat oladi, tashkilot faoliyati millati va dinidan qatʼi nazar qashshoqlar va ogʻir kasallangan bemorlar uchun maktab, boshpana va kasalxonalar yaratishga qaratilgan edi[12].

1996-yilga kelib bu tashkilot dunyoning 111 ta davlatda 400 ta filiali, dunyoning 120 ta davlatda 700 ta Mehribonlik uylari oʻz ichiga oladi, 500 ming oilaga muntazam oziq-ovqat yordami koʻrsatiladi, kasalxonalarda, moxov koloniyalarida,OITS bilan kasallangan bemorlar poliklinikalarida 250 ming kishiga tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tashkilot filiallariga qarashli maktablarda 20 ming bola tahsil oladi. Tashkilot faoliyati jismoniy shaxslar, korxonalar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, davlat organlarining xayriya mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Norasmiy hisob-kitoblarga koʻra, uning yillik byudjeti 10-50 milliard dollarni tashkil qilgan[13].

1973-yilda Teresa ona din sohasidagi taraqqiyot uchun Templeton mukofotining birinchi laureati boʻlgan.

1979-yilda Teresa ona „Jabrlangan odamga yordam berishdagi faoliyati uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

U 1997-yil 5-sentyabrda Kalkuttada (Hindiston) 88 yoshida vafot etadi.

Diniy hayoti

Bir kun Teresa ona oʻzining xizmati haqida uning Masihga boʻlgan ishonchiga asoslanganligini aytgan.

Baʼzi manbalarga koʻra, Teresa ona oʻzining diniy qarashlari haqida deyarli ellik yil davom etgan shubha va kurashlarni boshdan kechirgan, baʼzi manbalarga koʻra, vafotigacha „na qalbida, na yuragida Xudoning borligini his qilgan.“[14],Teresa ona Xudoning borligiga chuqur shubha qilganligi va imonsizligi tufayli kuchli ogʻriqni boshdan kechirganini aytadi.

Salomatligining yomonlashishi va vafoti

Teresa ona Rimda 1984-yilda Rim papasi John Poul II ning oldiga tashrifi chogʻida yurak xurujiga uchradi. 1989-yilda ikkinchi xurujdan soʻng unga sunʼiy yurak stimulyatori oʻrnatiladi. 1991-yilda Meksikada pnevmoniya bilan kurashganidan soʻng, yurak bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekadi. Teresa ona rahm-shafqat tashkilot rahbari lavozimidan voz kechishni taklif qiladi. Ammo tashkilot rohibalari yashirin ovozda unga qarshi ovoz berishadi.

1996-yil aprel oyida Teresa ona yoqa suyagini yiqish oqibatida sindirib oldi. Oʻsha yilning avgust oyida bezgak bilan kasallandi, shuningdek, chap qorincha yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Uning yuragi operatsiya qilinsada, sogʻligʻi yomonlashayotgandi. Teresa ona kasal boʻlib qolganida, oʻzining klinikalaridan birida emas, balki Kaliforniyadagi yaxshi jihozlangan shifoxonada davolanishga qaror qiladi. Kalkutta arxiyepiskopi Henri Sebastian D' Sauzaning aytishicha, Teresa ona yurak xastaligi bilan birinchi marta kasalxonaga yotqizilganida, u ruhoniyga Teresaning ruxsati bilan ekskorizmani (jinni chiqarib tashlashni) buyurgan, chunki u Teresani shaytonning tahdidi ostida boʻlishi mumkinligiga ishongan.

1997-yil 13-martda Teresa ona mehr-shafqat tashkiloti rahbari lavozimini tark etadi. U 1997-yil 5-sentyabrda vafot etadi. Uning vafoti vaqtida Teresa ona ishlagan missionerlar tashkilotidan 123 ta mamlakatdan 4000 missionerlar bor edi.

Mukofotlari

Prezident Raegan Teresa onaga Ozodlik medalini topshirmoqda.

Tereza ona xotiralari

Skopyedagi Teresa ona haykali.
  • Albaniyaning eng yirik xalqaro aeroport Teresa ona nomi bilan atalgan[36].
  • 2010-yilda Hindistonda Teresa onaga bagʻishlangan 5 rupiylik tanga chiqarilgan[37].
  • 2011-yil 26-sentyabrda Moskvada Bibi Maryamning begʻubor kontseptsiyasi sobori hududida Teresa ona haykali ochilishi boʻlgan[38].

Teresa ona haqida filmlar

Tereza ona haqida bir qancha hujjatli va badiiy filmlar suratga olingan:

  • 1969-yilda hujjatli film, 1971-yilda Teresa ona haqida Malkolm Muggerijning „Something Beautiful for God“ kitobi ham chiqdi.
  • 1994-yil „Doʻzax farishtasi“ (Hell`s Angel) hujjatli filmi Tereza onaning faoliyatini tanqid qiladi.
  • 2003-yilda „Kalkuttalik Tereza ona (Madre Teresa)“ filmi chiqdi, u 2007-yilda „CAMIE award“ mukofotini olgan. Bosh rolni mashhur britaniyalik aktrisa Olivia Hussi ijro etgan.

Tanqid

Kanadalik olimlar Serj Larivet, Jenevyev Chenard va Kerol Senxalning hisobotiga koʻra, Teresa klinikalari millionlab dollarli xayriyalar olishgan, lekin ularning bemorlari tibbiy yordam, tizimli diagnostika, zarur ovqatlanish va jabrlanganlar uchun yetarli ogʻriq qoldiruvchi vositalari qabul qilmagan[39]: „Teresa ona kasallar xochdagi Masih kabi azob chekishi kerak deb hisoblagan“[40].

Germaniyaning Stern jurnalida chop etilgan hisobotda aytilishicha, 1991-yilda rahm-shafqat missiyasi tomonidan olingan xayriyalarning atigi 7 foizi xayriya maqsadlarida ishlatilgan[41].

1963-yil 26-iyulda uning tugʻilgan shahri Skopye zilziladan jiddiy zarar koʻrganida (1070 kishi halok boʻlgan va binolarning 75 foizi vayron boʻlgan), Agnes oʻzining monastir tashkilotidan moliyaviy yordam ajratishdan bosh tortdi.

Hindistonda yuz minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan tabiiy ofatlar chogʻida Teresa ona jabrlanganlar uchun odamlarni duoga chaqirgan, biroq u hech qachon yordam uchun pul ajratmagan. Tadqiqotchilar shubhali siyosiy aloqalarga, uning qoʻlidan katta miqdorda pul oʻtganiga va Teresa onaning 100 mamlakatdagi 517 tashkilotida kasal va oʻlayotganlarga yomon gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotganiga ishora qilmoqda. Taniqli rohiba bemorning taqdiri azoblanishiga ishonib, shafqatsiz va dogmatik qarashlarga amal qilgan holda ogʻriq qoldiruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlagan va shuningdek u, ajralish, abort va kontratseptsiyaga keskin qarshi chiqqan[42].

Tashkilotning mehribonlik uylari koʻpincha juda ayanchli, yomon va iflos boʻlgan. Kasallar esa yetarli oziq-ovqat va ogʻriq qoldiruvchi vositalarni olmagan. Bularni mablagʻ yetishmasligi bilan bogʻlab boʻlmasdi — Teresa ona butun dunyodan koʻp miqdorda pul olgan[43].

Mehribonlik tashkiloti davosi bor va davolab boʻlmaydigan bemorlarni ajratmagan, shuning uchun ham yashab qolgan odamlarning infektsiyadan oʻlishi xavfi boʻlgan. Teresa onaning oʻzi oʻz obyektlarini „Oʻlganlar uchun uylar“ (Houses of the Dying) deb atagan. Boshpanalarda yaratilgan shart-sharoitlardan farqli oʻlaroq, Teresa onaning oʻzi Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yevropa va Hindistondagi taniqli tibbiy klinikalarga malakali tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, bu esa Kristofer Xitchens[44] kabi tanqidchilar tomonidan ikkiyuzlamachilikda ayblanishiga sabab boʻlgan.

Teresaning eng mashhur tanqidchilaridan biri ingliz jurnalisti, adabiyotshunos olim va antiteist Hristofer Xitchens, „Missionerlik pozitsiyasi: nazariya va amaliyotda Teresa ona“ (The Missionary Position:Mother Teresa in Theory and Practice) esse muallifi edi. 2003-yilgi maqolasida u shunday deb yozadi: „Bu bizni boylarga indulgentsiya sotib ularni doʻzax otashidan qutqaradigan oʻrta asrdagi cherkov korrupsiyasiga qaytarib olib keladi. Teresa ona kambagʻallarning doʻsti emas edi. U qashshoqlikning doʻsti. U azob-uqubatlar Xudoning sovgʻasi ekanligini aytgan. U oʻz hayotini ayollarni majburan farzand koʻrishdan ozod qilishga va dunyoda qashshoqlikning oldini olishning yagona samarali yoʻli boʻlgan ayollar emansipatsiyasini oldini olishga, bagʻishlagan“[45]. Teresa oʻzining yurak xastaligni davolash uchun zamonaviy klinikani tanlaganida Hitchens uni ikkiyuzlamachilikda aybladi[46].

Adabiyotlar

Manbalar

Havolalar