Tarik Tissoudali

Tarik Tissoudali (talaffuzi: Tariq Tissudali; 1993-yil 2-aprelda Amsterdamda tugʻilgan) — marokashlik futbolchi, „Gent“ futbol klubi va Marokash terma jamoasi vingeri.

Tarik Tissoudali
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi2-aprel 1993-yil (1993-04-02) (31 yosh)
Tavallud joyiAmsterdam, Gollandiya
Boʻyi1.82 m
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gent
Raqami34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Argon
Young Boys
DWS
Sparta Nijkerk
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2014—2016Telstar73(23)
2016—2018Le Havre II9(2)
2017—2017→ Cambuur (ijara)18(7)
2017—2017→ VVV-Venlo (ijara)11(1)
2018—2018→ De Graafschap (ijara)16(9)
2018—2021Beerschot73(20)
2021—Gent38(23)
Milliy terma jamoa
2016Morokash U233(1)
2022—Morokash6(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-aprel 2022-yil (utc) uchun)

Klublardagi faoliyati

Tarik Tissoudali Gollandiyaning „Argon“, „Young Boys“ va „Sparta“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2014-yilda Tarik Tissoudali „Telstar“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 11-avgust kuni „Ajax“ futbol klubining zaxira oʻyiniga qarshi oʻyinda u Erstediviziyada debyut qilgan[1]. „Twente“ futbol klubiga qarshi bahsda Tarik Tissoudali „Telstar“ jamoasi safidagi birinchi golini urgan. Ikkinchi mavsumida esa u 19 ta gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2016-yilning yozida Tissoudali Fransiyaning „Havre“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun zaxira jamoasida oʻynagan.

2017-yil boshida Tissoudali „Cambuur“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 13-yanvar kuni „VVV-Venlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[2]. 21-yanvar kuni qarshi bahsda Tarik Tissoudali „Cambuur“ futbol klubi safida oʻzining birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan[3].

Oʻsha yilning yozida Tissoudali „VVV-Venlo“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 12-avgust kuni „SpartaRotterdam“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qilgan[4]. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „VVV-Venlo“ jamoasi safida ilk golini urgan. 2018-yilning boshida Tissoudali „De Graafschap“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2-fevral kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[5]. Oʻsha oʻyinda Tarik „De Graafshap“ jamoasi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 9-aprel kuni „Almere City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan[6].

2018-yilning yozida Tissoudali Belgiyaning „Beerschot“ jamoasiga oʻtgan. 5-avgust kuni „Tubize“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Belgiya ikkinchi divizionida debyut qilgan[7]. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „Beerschot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2020-yilda Tissoudali klubning elitaga chiqishiga yordam bergan. 10-avgust kuni „Oostende“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[8]. 2021-yil boshida Tissoudali „Gent“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 7-fevral kuni „Eupen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[9]. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „dubl“ni amalga oshirib, „Gent“ futbol klubi safida ilk gollarini urgan. 4-noyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Serbiyaning „Partizan“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan[10].

Xalqaro faoliyati

Tissoudali 2021-yilda Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan[11][12]. Turnirda Tarik Tissoudali Gana, Komor orollari, Gabon va Misr jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14].






Statistikasi

JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
SV Argon Niderlandiya2011—20121010
Jami10000010
Sparta Nijkerk Niderlandiya2012—2013002020
Jami00200020
SC Telstar Niderlandiya2014—201537410384
2015—20163619203819
Jami732330007623
Le Havre A. C. II Fransiya2016—20179292
Jami92000092
SC Cambuur Niderlandiya2016—201718740227
Jami1874000227
VVV-Venlo Niderlandiya2017—201811130141
Jami1113000141
De Graafschap Niderlandiya2017—2018169412010
Jami16941002010
K Beerschot VA Belgiya2018—201934730377
2019—202020520225
2020—2021198198
Jami732050007820
K. A. A. Gante Belgiya2020—202114531176
2021—20223421421345126
2022—20232110--31
Jami5026831347133
Umumiy faoliyatida2518829413429396

Manbalar