Steffen Hofmann

Steffen Hofmann (talaffuzi: Steffen Xofman; 1980-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchi[1], faoliyatining katta qismini Avstriya Bundesligasining SK Rapid Wien jamoasida oʻtkazgan. Hozirda Rapid Wien klubida sport koordinatori sifatida ishlaydi.

Steffen Hofmann
Hofmann 2008-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi9-sentyabr 1980-yil (1980-09-09) (43 yosh)
Tavallud joyiWürzburg, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi1.73 m
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SK Rapid Wien (sport koordinator)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985-19931. FC Kirchheim
1993-1996Würzburger FV
1996-2000Bayern Munich
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2000-2002Bayern Munich II57(21)
2001-2002Bayern Munich1(0)
2002-2005Rapid Wien109(26)
2005-20061860 Munich16(2)
2006-2018Rapid Wien325(72)
Milliy terma jamoa
Germaniya U166(0)
Germaniya U1712(1)
Germaniya U183(1)
2004Germaniya B3(0)
Boshqargan klublari
2018-Rapid Wien (murabbiy/skaut)
2020-2021Rapid Wien II (vaqtinchalik)
2021Rapid Wien (vaqtinchalik)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyat davrida Hofman oʻz shahrida klub — Würzburgerning yoshlar jamoasida oʻynagan. 1997-yilda „Bayern“ oʻsmirlar jamoasiga qoʻshilgan. Jamoa bilan chempionlikka erishgan. Germaniya yoshlar ligasida ikkinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng, 2000-yilda „Bayern“ning ikkinchi jamoasiga oʻtdi.

2002-yilda Hofmann Avstriyaning SK Rapid Wien jamoasiga qoʻshildi va tezda muxlislarning sevimli oʻyinchisiga aylandi. Shuningdek, Andreas Ivanshits bilan birga liganing eng yaxshi yarim himoya duetini tuzdi va ikkalasi jamoanining 2005-yilda 31-liga chempionligiga va 2006-yilda UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqishiga munosib hissalarini qoʻshishdi. Jamoasi guruhda oxirgi oʻrinni egallagani va jamoadoshi Ivanshitzning transferidan soʻng, Hofmann 2006-yil yanvar oyida Germaniyaning TSV 1860 Munich klubiga oʻtishga qaror qildi. 2006-yil yozida Rapid Wienga qaytdi.

Hofmann klubining asosiy oʻyinchilaridan biri va sardori boʻldi. Shuningdek, darvozaga zarba berishdan koʻra, toʻpni yaxshiroq joylashgan oʻyinchiga uzatadigan oʻyinchi sifatida ham tanilgan.

2010-yil 21-oktabrda UEFA Yevropa ligasi o‘yinida Bolgariyaning SSKA Sofia klubiga qarshi oʻyinda gol urdi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Hoffman 2018-yilda isteʼfoga chiqdi[2].

Xalqaro faoliyati

Avstriya futbol assotsiatsiyasi 2005-yilda Avstriya milliy futbol terma jamaosida oʻynashga taklif berdi. Hofmann rozi boʻldi, lekin FIFA buni rad etildi, chunki Hofmann yoshligida Germaniya terma jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan. Ushbu voqealardan soʻng, Hofmann Avstriya fuqaroligini olmadi va 2005-yil oxirida Germaniya vakili sifatida Osiyo turniriga chaqirilgan. Ammo kasallik tufayli ishtirok eta olmadi va qiziqish bildirganiga qaramay, oʻshandan beri nomzodi qoʻyilmadi.

Hofmann butun professional faoliyati davomida hech qachon qizil kartochka olmagan.

Faoliyat statistikasi

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiManba
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Bayern Munich II2000—2001Regionalliga Süd267267[3]
2001—200231143114[4]
Jami572100005721
Bayern Munich2001—2002Bundesliga10000010[4]
Rapid Wien2002—2003Austrian Bundesliga30510315[5]
2003—20042710202910[5]
2004—200532832423912[5]
2005—20062030092295[5]
Jami109266213412832
1860 Munich2005—20062. Bundesliga16210172[6]
Rapid Wien2006—2007Austrian Bundesliga19100191[5]
2007—20083610884418[5]
2008—2009341231203913[5]
2009—20103620301255125[5]
2010—20112554083378[5]
2011—201232620346[5]
2012—20132022161284[5]
2013—20143250090415[5]
2014—20153644020424[5]
2015—201629420114428[5]
2016—20171524130223[5]
2017—201811120130[5]
Jami32572263612141296
Jami faoliyati5081213257425615151

Yutuqlari

Bayern Munich

  • Yoshlar oʻrtasidagi Germaniya B chempionati: 1997-yil

Rapid Wien

  • Avstriya Futbol Bundesligasi: 2004—2005, 2007—2008
  • Intertoto kubogi: 2007-yil

Individual

  • Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2004, 2009
  • Krone yilning eng yaxshi futbolchisi (muxlislar tomonidan ovoz berilgan): 2006, 2007
  • Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 2009—2010 (20 gol)

Manbalar