Srđan Grahovac

Srđan Grahovac (talaffuzi: Sardjan Grahovas) (1992-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, TFF Birinchi liga klubi " Caykur Rizespor "da himoyakor yarim himoyachisi ampulasida oʻynaydi.

Srđan Grahovac
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSrđan Grahovac
Tavallud sanasi19-sentyabr 1992-yil (1992-09-19) (31 yosh)
Tavallud joyiBanja Luka, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi1.82 m
AmpluasiYarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Çaykur Rizespor
Raqami8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Borac Banja Luka
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2009—2014Borac Banja Luka116(6)
2014—2018Rapid Wien59(4)
2017→ Astana (Ijara)26(8)
2018—2019Astana0(0)
2018→ Rijeka (Ijara)26(0)
2019—2022Rapid Wien80(2)
2022-Çaykur Rizespor7(0)
Milliy terma jamoa
2007—2008Bosniya va Gersegovina U176(1)
2010Bosniya va Gersegovina U195(0)
2011—2014Bosniya va Gersegovina U2123(3)
2016Bosniya and Gersegovina3(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-sentyabr uchun)

Grahovac oʻzining professional faoliyatini Borac Banja Luka jamosida boshlagan, 2014-yilda Rapid Wienga jamosiga qoʻshilgan. 2017-yilda u „Astana“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan va keyingi mavsum u jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. Oʻsha yili u Rijeka jamosiga ijaraga berilgan. Grahovac 2019-yilda Rapid Wien jamosiga qaytgan. Uch yildan soʻng u "Caykur Rizespor "ga oʻtgan.

Bosniya va Gersegovina yoshlar terma jamoasi safida Grahovac 2016-yilda 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati

Yoshlik yillari

Grahovac oʻzining tugʻilib oʻsgan shahrining Borak Banya Lukaning yoshlar akademiyasida tahsil olgan[1]. U 2009-yilning 1-avgustida 16 yoshida Laktashiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[2], 2011-yil 27-fevralda u jamoasi bilan Shiroki Briyeg ustidan g‘alaba qozongan. Oʻyinda u o‘zining birinchi professional golini kiritgan[3].

Rapid Wien

2014-yilning iyun oyida Grahovac Avstriyaning „Rapid Wien“ jamoasiga nomaʼlum to‘lov evaziga o‘tgan[4]. U jamoadagi rasmiy debyutini 31-avgust kuni „Grödig“ga qarshi oʻtkazgan[5]. 2015-yilning 29-noyabrida u „Rapid Wien“ tarkibida o‘zining birinchi golini „Altach“ga qarshi o‘yinda kiritgan[6].

2016-yil iyun oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan[7].

Astana

2017-yilning mart oyida Grahovac Qozogʻistonning „Astana“ jamoasiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan[8]. U klubdagi debyutini 1-aprel kuni Qaragandining „Shaxtyor“ klubiga qarshi oʻtkazgan[9]. 16-aprel kuni u jamoasi bilan „Oqjetpes“ ustidan qozonilgan gʻalabada jamoadagi ilk golini kiritgan[10].

2018-yilning fevralida „Astana“ bilan doimiy shartnoma imzolaganidan so‘ng, u Xorvatiyaning „Rijeka“ jamoasiga bir yilga ijaraga berilgan[11].

Rapid Wienga qaytish

2019-yil yanvar oyida Grahovac 2022-yil iyunigacha shartnoma asosida Rapid Wien jamoasiga qaytgan[12]. U jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 2-mart kuni " Sent-Polten "ga qarshi oʻtkazgan[13].

Grahovac klubdagi 100-oʻyinini 30-may kuni „Sturm Graz“ga qarshi oʻtkazgan[14].

2021-yilning 31-yanvarida u LASKga qarshi o‘yinda „Rapid Wien“ tarkibidagi birinchi golini kiritgan[15].

Xalqaro faoliyati

Grahovac barcha yoshlar darajasida Bosniya va Gersegovina terma jamosini himoya qilgan. U, shuningdek, Vlado Yagodich bosh murabbiyligidagi 21 yoshgacha boʻlganlar jamoa sardori boʻlib 23 oʻyinda maydonga jamoani boshlab tushgan[16].

2015-yil sentabr oyida u UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Uels va Kiprga qarshi oʻyin uchun birinchi marta kattalae terma jmoasidan chaqiruv olgan[17]. Lekin u Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoa safida debyut qilgan[18].

Karyera statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Borac Banja Luka2009—2010Bosniya Premyer Ligasi10030--130
2010—2011Bosniya Premyer Ligasi2412000-261
2011—2012Bosniya Premyer Ligasi2616020-341
2012—2013Bosniya Premyer Ligasi2921021-323
2013—2014Bosniya Premyer Ligasi27220--292
Jami116614041-1347
Rapid Wien2014—2015Avstriya Bundesligasi1303000-160
2015—2016Avstriya Bundesligasi26220110-392
2016—2017Avstriya Bundesligasi2022090-312
Jami59470200-864
Astana (Ijara)2017Qozogʻiston Premyer Ligasi26800100-368
Rijeka (Ijara)2017—2018Xorvatiya Futbol Ligasi14010--150
2018—2019Xorvatiya Futbol Ligasi1201020-150
Jami2602020-300
Rapid Wien2018—2019Avstriya Bundesligasi80202030150
2019—2020Avstriya Bundesligasi19010--200
2020—2021Avstriya Bundesligasi2712070-361
2021—2022Avstriya Bundesligasi23132120-383
Jami77282210301094
Rizespor2022-20231. Lig4000--40
Karyerada jami308203125713039923

Xalqaro

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Bosniya va Gertsegovina
2016-yil30
Jami30

Manbalar