Sophus Nielsen

Sophus Erhard „Krølben“ Nielsen (talaffuzi: Sofus Erxard "Krølben" Nilsen) (1888-yil 15-mart—1963-yil 6-avgust) —daniyalik havaskor futbolchi va murabbiy. Sophus Nielsen tarixda milliy terma jamoa safida xalqaro oʻyinlarda oʻnta gol urgan (bitta oʻyinda) birinchi futbolchi edi. Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasi uchun 20 oʻyinda maydonga tushib, jami 16 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan edi[2]. Sophus Nielsen 1908 va 1912-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan Daniya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi edi[3]. 1940-yilda Sophus Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasi menejeri etib tayinlangan.

Sophus Nielsen
Nielsen terma jamoa safida 1912-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSophus Erhard Nielsen
Tavallud sanasi15-mart 1888-yil
Tavallud joyiKopengagen, Daniya
Vafot sanasi6-avgust 1963-yil(1963-08-06)
(75 yoshda)
Vafot joyiKopengagen, Daniya
Ampluasihujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—1898Concordia
1898—1902Stjernen
1902—1904BK Frem
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1904—1912BK Frem
1910—1911Holstein Kiel18(72)
1916—1921BK Frem[1]137(125)
Milliy terma jamoa
1908—1919Deniya milliy futbol terma jamoasi20(16)
Boshqargan klublari
1932—1933Viborg FF
1933Holstebro Boldklub
1940Deniya milliy futbol terma jamoasi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Kopengagenda tugʻilgan Sophus Nielsen oʻzining kattalar jamoasidagi faoliyatini mahalliy "Boldklubben Frem" futbol jamoasida boshlagan edi. Sophus Nielsen 1904-yil oktyabr oyida klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nielsen klub safida markaziy hujumchi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynadi. Sophus koʻplab Kopengagen yosh futbolchilarining futbol kumiri edi[4].

Keyinchalik Sophus Nielsen Frem shahridagi „BK Frem“ futbol klubi safida futbolchilik faoliyatining qolgan qismini davom ettirdi. Sophus Nielsenning „BK Frem“ klubi uchun oxirgi oʻyini 1921-yil may oyida boʻlgan edi[5].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

Sophus Nielsen 1908-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Daniya milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibi safiga chaqirildi[6]. Nielsen Daniya milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyinida (Fransiya milliy futbol terma jamoasi 9-0 hisobida magʻlub boʻlgan) bitta gol urdi. 1908-yil 22-oktyabrda Daniya milliy futbol terma jamoasi Fransiya milliy futbol terma jamoasi bilan o‘ynadi va daniyaliklar 17:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Sophus Nielsen oʻsha uchrashuvda oʻnta gol urdi. 1908-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining finalida Buyuk Britaniya milliy futbol terma jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Daniya terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Sophus Nielsenning rekordi 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Germaniya milliy futbol terma jamaosi aʼzosi Gotfrid Fuchs Rossiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi (16:0 hisobida gʻalaba) uchrashuvda oʻnta gol urib takrorladi. Bu rekord 2001-yilda Avstraliya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi Archie Thompson Amerika Samoasi milliy futbol terma jamosini 31:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda 13 ta gol urganiga qadar yangilanmadi.

Sophus Nielsen terma jamoa safida 1912-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritdi. Sophus Nielsen bu olimpiada oʻyinlarida uchta oʻyinda ikkita gol urdi. Bu natija bilan u hisobidagi olimpiada oʻyinlaridagi gollari sonini 13 ta yetkazdi. Bu koʻrsatkich bilan Sophus Nielsen vengriyalik Antal Dunai bilan birga Olimpiada futboli tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 1912-yilgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Nielsen yana 12 ta xalqaro oʻyinlarda maydonga tushib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1919-yilning oktyabr oyida Sophus Nielsen terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Faoliyat statistikasi

Sophus Nielsen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
RaqamSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
11908-yil 19-oktyabrLondon, Angliya  Fransiya9-09-01908-yilgi Olimpidaa oʻyinlari
21908-yil 22-oktyabrLondon, Angliya  Fransiya1-017-11908-yilgi Olimpiada oʻyinlari
32-0
43-0
56-1
67-1
78-1
89-1
911-1
1012-1
1115-1
121912-yil 30-iyunStokgolm, Shvetsiya  Norvegiya6-07-01912-yilgi Olimpiada oʻyinlari
137-0
141914-yil 17-mayKopengagen, Daniya  Niderlandiya3-34-3Oʻrtoqlik uchrashuvi
151914-yil 5-iyunKopengagen, Daniya Angliya havaskorlari2-03-0Oʻrtoqlik uchrashuvi
161917-yil 3-iyunKopengagen, Daniya  Shvetsiya1-11-1Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar