Sonic 2

Sonic 2[lower-alpha 1] (inglizcha: Sonic the Hedgehog 2; asl tarjimasi — Tipratikan Sonic 2) 2022-yilda katta ekranlarga chiqarilgan sarguzasht va komedik janrdagi film boʻlib, Sega Sammy Group, Original Film, Marza Animation Planet va Blur Studio studiyalari tomonidan ishlangan hamda Paramount Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film rejissori — Jeff Fowler, ssenariy mualliflari — Patrick Casey, Josh Miller va John Whittington. Film gʻoyasi Sega shirkati tomonidan yaratilmish shu nomli videooʻyin franshizasiga asoslangandir. Film Sonic the Hedgehog filmlar seriyasining ikkinchisi boʻlib, bundan avval Sonic the Hedgehog (2020) ishlangan edi. Filmda bosh qahramonlarga Ben Schwartz, Colleen O'Shaughnessey, Idris Elba, James Marsden, Tika Sumpter, Natasha Rothwell, Adam Pally, Shemar Moore va Jim Carrey ovoz bergan.

Sonic 2
Sonic the Hedgehog 2

Film posteri
Rejissyor(lar) Jeff Fowler
Prodyuser(lar)
  • Neal H. Moritz
  • Toby Ascher
  • Toru Nakahara
  • Hitoshi Okuno
Ssenariynavis(lar)
  • Patrick Casey
  • Josh Miller
  • John Whittington
Hikoya
  • Pat Casey
  • Josh Miller
Rollarda
Bastakor(lar) Tom Holkenborg
Kinematografiya Brandon Trost
Muharrir(lar) Jim May
Studiya(lar)
  • Sega Sammy Group
  • Original Film
  • Marza Animation Planet
  • Blur Studio
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 8-aprel, 2022-yil(2022-04-08) (AQSh)
Davomiyligi 122 daqiqa[1]
Mamlakatlar AQSH bayrogʻi AQSh
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Til inglizcha
Byudjeti $90–110 million[2][3]
Daromadi $401.9 million[4][5]

Sonic 2 premyerasi AQShda 2022-yil 8-aprelda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $402 million jamgʻardi va 2022-yilning 9chi eng kassabop filmiga aylandi.

Mazmuni

Birinchi film voqealaridan soʻng, Tom va Maddie Green Hillsdagi uyini Sonicga omonat qoldirib, taʼtilga chiqishadi. Doktor Eggman Echidna Knuckles (talaffuzi: Ekidna Naklz) bilan birgalikda zumradni topish ilinjida oʻrtaga chiqadi. Boshqa tarafdan, Sonic yangi oʻrtogʻi boʻlmish Miles „Tails“ Prower (talaffuzi: Maylz "Teyls" Prauer) bilan birgalikda zumradni yomon qoʻllarga tushishidan avval topish uchun yoʻlga chiqishadi.[7]

Rollarda

  • Ben Schwartz — tipratikan Sonic[7][8]
  • Colleen O'Shaughnessey — Tails[9][10]
  • Idris Elba — Knuckles[7]
  • James Marsden — Tom Wachowski
  • Jim Carrey — Doktor Eggman[11]
  • Tika Sumpter — Maddie Wachowski
  • Adam Pally — Wade Whipple
  • Natasha Rothwell — Rachel
  • Lee Majdoub — Agent Stone[12]

Musiqasi

Filmga Tom Holkenborg bastakorlik qilgan.[13]

NomiDavomiyligi
1.„Piece of Shiitake Planet“2:52
2.„Blue Menace“2:28
3.„Mind If I Drive“2:06
4.„Sonic's Home“1:18
5.„A Wachowski Family Special“3:15
6.„Sonic, Meet Knuckles“2:48
7.„Papa's Got a Brand New Stache“1:53
8.„The Master Emerald“2:40
9.„So You Think You Can Pivonka“2:14
10.„Goodnight, Tails“2:09
11.„Ages Ago“2:50
12.„You Know Nothing About Me“2:54
13.„Operation Catfish“3:34
14.„Eureka, I Found It“2:45
15.„Gotta Go Fast“1:46
16.„Entering the Labyrinth“1:59
17.„You Don't Have to Be Alone Anymore“3:10
18.„Sinister“3:37
19.„Team vs Robotnik“3:36
20.„Okay, We're Not Friends“3:38
21.„A New Order“2:51
22.„Dad“1:02
Jami davomiyligi:57:33

Izohlar

Manbalar

Havolalar