Sito Riera

Llorenç „Sito“ Riera Ortega (talaffuzi: Liorens Sito Riera Ortega) (1987-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining „Anagennisi Karditsa“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish huquqiga ega.

Sito Riera
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiLlorenç Riera Ortega
Tavallud sanasi5-yanvar 1987-yil (1987-01-05) (37 yosh)
Tavallud joyiManacor, Ispaniya
Boʻyi1.84 m (6 ft 12 in)
AmpluasiYarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Anagennisi Karditsa
Raqami11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mallorca
1998—2005Barcelona
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005—2006Barcelona C5(0)
2005—2007Barcelona B64(16)
2007—2009Espanyol B29(0)
2008—2009→ Panthrakikos (ijara)28(5)
2009—2011Panionios53(7)
2012—2014Chornomorets37(3)
2014—2016Qayrat41(4)
2016—2018Śląsk Wrocław45(0)
2018—2020Enosis Neon44(5)
2020—2022AEL Limassol55(6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

„Barselona“ va „Espanyol“da yoshlar va zaxira jamoasi oʻyinchisi sifatida faoliyatini boshlagan. U hech qachon oʻz mamlakatida professional futbolchi sifatida maydonga tushmagan va oʻn yildan ortiq vaqtni xorijiy klublarda oʻtkazgan. U Gretsiya, Ukraina, Qozogʻiston, Polsha va Kiprda yuqori divizion futbol klublarida harakat qilgan.

Klubdagi faoliyati

Balear orollaridagi Manakor shahrida tugʻilgan Riera „Barselona“ va "RCD Espanyol " jamoalari tarkibiga qoʻshilgan. Ikkala klub safida rasmiy ravishda roʻyhatdan oʻtgan boʻlishigaqaramay biror marta maydonga tushmagan va doimo zahira oʻrindigʻida qolib ketgan[1]. 2007/2008-yilgi mavsumda u Segunda B divizioni jamoasi safiga tushirilgan. B divizoyonda maydonga tushgan boʻlishiga qaramay biror marta gol ura olmagan[2]

2009-yil 8-iyulda „Panthrakikos“ klubida ijara asosida harakat qilgan[3]. Keyinchalik Riera Gretsiya Superligasining „Panionios“ klubi bilan professional shartnoma imzolagan[4]. 2011-yil 14-dekabrda u oʻzaro rozilik asosida klubni tark etgan[5].

Oradan biroz vaqt oʻtib Riera „Chornomorets Odesa“ klubi bilan shartnoma imzolagan ammo vujudga kelgan muaommolor tufayli klubni tark etishga majbur boʻlgan. Riera klub safida bir yarim yil oʻtkazgan, u jamoadagi soʻnggi oʻyinida qizil kartochka olgan. Uning soʻnggi oʻyini UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichida PSV Eyndxovenga qarshi oʻtkazilgan boʻlib uning jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan edi[6]. 2014-yil mart oyi boshida, Ukraina inqilobida vujudga kelgan fuqarolik tartibsizliklari tufayli[7] 23-iyun kuni Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va "Qayrat" klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan[8].

2016-yilning 1-aprelida, uch mavsum davomida oʻtkazgan omadsiz oʻyinlaridan soʻng Riera Olmaota markaziy stadionini va klubni tark etgan[9]. U avgust oyida Polshaning Ekstraklasa jamoasi Slask Vrotslav bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va klub safiga qoʻshilgan[10].

Polshadagi faoliyatidan soʻng Riera Kipr birinchi divizioniga koʻchib oʻtgan va u yerda Enosis Neon Paralimni FC va AEL Limassol klublarini himoya qilgan[11][12].

Shaxsiy hayoti

Rieraning akasi Albert ham futbolchi boʻlgan. U qanot hujumchisi boʻlib oʻynagan va faoliyati davomida „Espanyol“, „Liverpool“ va Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan[1].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaKubokLiga KubogiBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Panthrakikos (Ijara)2008—2009Gretsiya Super Ligasi28500285
Panionios2009—2010Gretsiya Super Ligasi25411265
2010—201122211233
2011—2012610061
Jami537220000559
Chornomorets2011—2012Ukraina Premyer Ligasi9010100
2012—201312030150
2013—201416300131294
Jami3734000131544
Kairat2014Qozogʻiston Premyer Ligasi1213110162
20152733170374
201620001030
Jami414620090566
Śląsk Wrocław2016—2017Ekstraklasa22010230
2017—201823000230
Jami450100000460
Enosis Neon2018—2019Misr Birinchi Divizioni25460314
2019—202019121212
Jami445810000526
AEL Limassol2020—2021Misr Birinchi Divizioni30661367
2021—20222504040330
Jami5561010040697
Karyerada jami303303110026136037

Yutuqlari

Qayrat

  • Qozogʻiston kubogi : 2014, 2015
  • Qozogʻiston Superkubogi : 2016

Manbalar