Singapur havo yoʻllarining 321-parvozi

2024-yil 21-may kuni Londondagi Heathrow aeroportidan Singapurdagi Changi aeroportiga rejalashtirilgan yoʻlovchi reysini amalga oshirayotgan Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasining Boeing 777-312ER samalyoti 321-reysi boʻyicha bortida 229 nafar yoʻlovchi boʻlgan Myanma osmonida kuchli silkinishni boshdan kechirdi, natijada 1 kishi halok boʻldi va 104 kishi jarohatlangan[1]. Keyinroq samolyot Bangkokdagi Suvarnabxumi aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi[2][3][4][5]. Bu voqea Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasining 2000-yildagi 006-reys halokatidan keyingi ilk halokatli parvozi boʻldi[1].

Singapur havo yoʻllarining 321-parvozi

9V-SWM, halokatga uchragan samolyot, 2021-yildagi tasviri
Hodisa
Sana 21-may, 2024-yil(2024-05-21)
Xulosa Parvozdagi silkinis, tergov jarayonida
Joylashgan joy Myaungmya tumani, Myanmar osmonida
Turi Boeing 777-312ER[lower-alpha 1]
Operator Singapore Airlines
IATA reys raqami. SQ321
ICAO reys raqami. SIA321
Qoʻngʻiroq belgisi SINGAPORE 321
Roʻyxatdan oʻtish 9V-SWM
Parvoz kelib chiqishi Heathrow aeroporti, London, Birlashgan Qirollik
Manzil Changi aeroporti, Singapur
Yoʻlovchilar 229
Yoʻlovchilar 211
Ekipaj 18
Oʻlim holatlari 1
Jarohatlar 104
Omon qolganlar 228
Parvoz xaritasi

Samolyot

Halokatga uchragan samolyot foydalana boshlaganiga 16 yil boʻlgan Boeing 777-312ER boʻlib[lower-alpha 1], 9V-SWM sifatida roʻyxatdan oʻtgan, ishlab chiqaruvchining seriya raqami — 34578 va qator raqami — 701. U ilk bor 2008-yilning fevralida parvoz qilgan va ikkita General Electric, GE90-115B dvigatellari bilan jihozlangan[6][7]. Samolyot Singapur havo yoʻllari kompaniyasiga 2008-yilda yetkazib berilgan.

Halokat

Boeing 777-312ER 2024-yil 21-may kuni soat 07:49 UTC atrofida (mahalliy vaqt bilan 14:19)[8] Bangkokdan 360 dengiz mili (667 km; 414 milya) uzoqlikda Myanmadagi Irravadi havzasi ustida kuchli silkinishga duch keldi[4][5]. Samalyot ekipaji aʼzolari nonushta qilish vaqtida[9] yoʻlovchilar va narsalar samalyot kabinasiga tushib ketish ehtimoli bor boʻlgan darajada qattiq silkinish sodir boʻldi[4][5]. Baʼzi yoʻlovchilar jarohatlarning oldini olish uchun "„xavfsizlik kamarini bogʻlang“" belgisi juda kech yoqilganligi haqida xabar berishdi[10]. Kuzatuv maʼlumotlari toʻqnashuv vaqtida samolyot 37,000 fut (11,000 m) balandlikda boʻlganligini koʻrsatdi[11].

Bir yoʻlovchi halok boʻldi, yana 104 kishi jarohat oldi[1], ulardan 20 nafari reanimatsiyaga tushgan[12]. Yagona vafot etgan yoʻlovchi 73 yoshli britaniyalik boʻlib, ayoli bilan sayohat qilish maqsadida ketayotgan boʻlgan. Kasalxonaga yotqizilgach[2] erkak yurak xastaligidan aziyat chekkan va yurak xurujidan vafot etgan deya tahmin qilinmoqda[4][5]. Jarohatlanganlar orasida oʻn besh britaniyalik[1], oʻn ikki avstraliyalik[13], toʻqqiz nafar malayziyalik[2], beshta filippinlik[14], toʻrtta yangi zelandiyalik, ikki singapurlik va bir gonkonglik bor[12][15]. Davolangan eng keksa odam 83 yoshda edi[16]. Jabrlanganlarning aksariyati umurtqa va bosh suyagining sinishi, shuningdek, miya, orqa miya va boshqa organlarning ichki shikastlanishi tashxisi bilan kasalxonalarga olib borilgan[17]. Tasvirlardan koʻrinib turibdiki, kislorod niqoblari samolyot ichki qismlari shikastlangandan keyin taqilgan[18][19].

Dastlab, jarohatlar uch daqiqada 6,000 fut (2,000 m) balandlikdan tushish natijasida yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi[20]. Keyinchalik bu uchuvchilar tomonidan ayrim sabablarga koʻra, samalyotda silkinish boʻlganligi aniqlandi[21][22]. Keyin parvoz Bangkokga yoʻnaltirildi va u yerda mahalliy vaqt bilan 15:45 da favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi[2]. Singapur havo yoʻllari ertasi kuni ertalab 131 yoʻlovchi va 12 ekipaj aʼzosini Singapurga olib ketish uchun yordam reysini joʻnatdi[11][23].

Keyinchalik samolyot parvozni davom ettirish uchun ruxsat oldi va 26-may kuni Singapurga qaytdi[24][25].

Oqibatlari

Baxtsiz hodisadan soʻng Singapore Airlines aviakompaniyasi salonga xizmat koʻrsatish tartibini oʻzgartirishini eʼlon qildi. Xavfsizlik kamarining belgisi yoqilgan paytda issiq ichimliklar xizmatini toʻxtatib turishdan tashqari, ovqatlanish xizmati ham toʻxtatiladi. Ekipaj aʼzolarining yomon ob-havo sharoitida kabinadagi barcha boʻsh narsalar va jihozlarni himoya qilish siyosati davom etadi[26].

2024-yil 22-may kuni Singapore Airlines bosh direktori Goh Choon Phong SQ321 reysida yuz bergan voqea uchun uzr soʻradi va tergovni sinchiklab olib borishga vada berdi. Singapur Bosh vaziri Lawrence Wong[1] va Prezident Tharman Shanmugaratnam hodisa yuzasidan hamdardlik bildirdi[27].

Eslatmalar

Manbalar