Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi (SIAC) Singapurda joylashgan notijorat xalqaro hakamlik tashkiloti boʻlib, hakamlik qoidalari va UNCITRAL arbitraj qoidalariga muvofiq arbitraj jarayonlarini boshqaradi. 1991-yil 1-iyul kuni tashkil etilgan bu hakamlik markazi avvalgi Bojxona Uyi oʻrniga tashkil etilgan Maksvell Chamberda joylashgan. Shu vaqtgacha[1] SIAC arbitraj qarorlari Avstraliya, Xitoy, GongKong, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Tailand, Buyuk Britaniya, AQSh, Vetnam va Nyu-York konvensiyasiga imzo qoʻygan boshqa davlatlar yurisdiksiyalarda ijroga qaratilgan. Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi bu jahon boʻylab tomonlarga kelib chiqqan nizolarni hal qilish boʻyicha xizmatlarini taqdim etuvchi xalqaro hakamlik muassasasi[2]. SIAC dunyodagi eng yaxshi hakamlik muassasasi sifatida roʻyxatga olingan[3][4][5].
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b1/Maxwell_Chambers%2C_Singapore%2C_at_night_-_20100302.jpg/220px-Maxwell_Chambers%2C_Singapore%2C_at_night_-_20100302.jpg)
Tarixi
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazi 1991-yil 1-iyulda Singapur mustaqil va notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan.
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazining arbitraj qoidalari
SIAC qoidalari (6-nashr, 2016-yil 1-avgust) („SIAC qoidalari 2016“) SIACda arbitrajning asosiy qoidalari boʻlib, 2016-yil 1-avgustda kuchga kirgan. SIAC Qoidalari 2016 quydagi 3 ta — SIAC Qoidalari (5-nashr, 1-aprel 2013), SIAC Qoidalari (4-nashr, 1-iyul 2010) va SIAC Qoidalari (3-nashr, 1-iyul 2007) oʻrniga oʻtadi va oxirgi qoidalar jamlanmasi sifatida qaraladi[6][7][8].
Singapur Xalqaro Arbitraj Markazining investitsiyalar boʻyicha arbitraj qoidalari
Singapur xalqaro arbitraj markazining Investitsiya boʻyicha arbitraj qoidalari (SIAC IA qoidalari 2017)ning 1-nashri xalqaro investitsiya boʻyicha hakamlik qoidalarini amalga oshirishda mavjud boʻlgan oʻziga xos masalalarni hal qilish uchun maxsus qoidalari toʻplami hisoblanadi. SIAC IA qoidalari 2017-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi[7][9].