Shizoid shaxsdagi buzilishlar

Shizoid shaxsdagi buzilishlar uzoq muddatli ijtimoiy munosabatlarga va cheklangan his-tuyg'ularga bo'lgan istakning kamligi bilan tavsiflanadi. [1] Buzilishlar boshqalarning ular haqidagi fikrlari bilan bog'liq emas.[1] Simptomlar erta balog'at yoshidan boshlanadi. [1] Bunday holatlar ko`pincha ijtimoiy izolyatsiyani yuzaga keltiradi. [2]

Kasallikning aniq sababi mavjud emas. [1] Xavf omillari asosa oila tarixiga borib taqaladi, bu xavfning taxminan 30% ni tashkil qiladi. [1] [2] Bu alomatlar shaxsiyat buzilishlari klasteri sifatida tasniflanadi. [1] Tashxis autizm spektri buzilishi va depressiya kabi boshqa mumkin bo'lgan sabablarni istisno qilgandan so'ng simptomlarga asoslanadi. [1] [2]

Davolash usullari yaxshi o'rganilmagan. [2] Ba'zi dalillar turli konsultatsiya va maslahatlardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi. [2] Dori-darmonlar depressiya kabi kasalliklarni davolash uchun ishlatilishi mumkin. [2] Aksariyat odamlar bu holatni muammo deb bilishmaydi va shuning uchun faol yordam so'ramaydilar. [2] Uzoq muddatli natijalar ko'pincha yomon ahvolga olib keladi. [2]

Kasallikning odamlarda 3-5% ga ta'sir qilishi taxmin qilinmoqda. [1] Statistik ma`lumotlarda ko`rsatilishicha kasallik ayollarga qaraganda erkaklarda tez-tez uchraydi. [1] Kasallik birinchi marta 1980-yilda DSM-III ga kiritilgan. [2]

Manbalar