Shi Ke

Shi Ke (talaffuzi: Shi Ke) (1993-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ jamoasida oʻynaydi.

Shi Ke
石柯
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiShi Ke
Tavallud sanasi8-yanvar 1993-yil (1993-01-08) (31 yosh)
Tavallud joyiXinyi, Jiangsu, Xitoy
Boʻyi1.84 m (6 ft 12 in)
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shandong Taishan
Raqami27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2011Hangzhou Greentown
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2011Wenzhou Provenza (Ijara)12(1)
2012—2014Hangzhou Greentown65(1)
2015—2020Shanghai SIPG127(0)
2021Shandong Taishan1(0)
Milliy terma jamoa
2010—2012Xitoy U-207(0)
2013—2016Xitoy U-2321(0)
2013Xitoy9(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-aprel 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-noyabr 2019-yil uchun)

Klubdagi faoliyati

Shi Ke oʻz futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Vusi sport maktabidan Hangzhou Grintaun yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2011-yilgi mavsum uchun Xitoyning ikkinchi ligasidagi „Venchjou Provenza“ klubiga ijaraga berilgan. U klubdagi ilk golini 2011-yilning 17-avgustida Sichuan FKga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Shi 2012-yilda oʻsha paytdagi murabbiy Takeshi Okada tomonidan klubning asosiy jamoasiga chaqirilgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 25-martida Beijing Guoanga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Du Vey 2012-yil iyul oyida Shandong Lunengga oʻtganidan soʻng u tezda klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan.

2015-yilning 24-yanvarida Shi Xitoy Superligasi vakili „Shanhai SIPG“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 19-iyunida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (5:3) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 28-fevralida OChL-2017da „Western Sydney Wanderers“ga qarshi oʻyinda (5:1) kiritgan.

Xalqaro faoliyati

Shi Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2010-yil iyun oyida oʻsha paytdagi murabbiy Su Maozhen tomonidan olgan. U 2010-yilgi 19-yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichida Tailandga qarshi maydonga tushgan. Shi 2011-yil Tulon turnirida 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoada oʻynashni davom ettirgan va oʻsha paytdagi murabbiy Yan Olde Riekerink tomonidan sardor etib tayinlangan. U 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushgan, 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2012-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan.

Shi 2012-yilning aprel oyida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. U 2012-yilning 9-mayida 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoadagi debyutini Malavi bilan oʻyinda oʻtkazgan. U 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo kubogi saralash bosqichida qatnahsadigan jamoa tarkibiga kiritilgan. Xitoy 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan.

Shi birinchi marta 2013-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan. U 2013-yilning 28-iyulida Avstraliyaga qarshi oʻyinda (4:3) Yang Xao oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Wenzhou Provenza (Ijara)2011Xitoy Ikkinchi Ligasi121---121
Hangzhou Greentown2012Xitoy Super Ligasi19020--210
201323010--240
201423110--241
Jami651400000691
Shanghai SIPG2015Xitoy Super Ligasi16020--180
201627010100-380
201723050122-402
20182804090-410
2019190204010260
20201401010-160
Jami1270150362101792
Karyerada jami2042190362102604

Xalqaro statistika

Milliy terma jamoa
YilOʻyinGol
201310
201400
201500
201600
201700
201830
201950
Jami90

Yutuqlar

Klub

Shanghai SIPG

  • Xitoy Superligasi : 2018[1]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2019[2]

Shandong Taishan

  • Xitoy Superligasi : 2021
  • Xitoy FA kubogi : 2021

Manbalar