Sergio Busquets

Sergio Busquets i Burgos (talaffuzi: Serxio Buskets i Burgos) — ispaniyalik futbolchi, yarim himoyachi, „Barcelona“ futbol klubi va Ispaniya terma jamoasi sardori.

Sergio Busquets
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSergio Busquets i Burgos
Tavallud sanasi16-iyul, 1988-yil (35 yil avval) (1988-07-16)
Tavallud joyiSabadellIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi189 cm
Ampluasiyarim himoyachi
Vazni76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya bayrogʻi Barcelona
Raqami5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—1996Ispaniya bayrogʻi Badia
1996—1999Ispaniya bayrogʻi Barberà Andalucía
1999—2003Ispaniya bayrogʻi Lleida
2003—2005Ispaniya bayrogʻiJàbac Terrassa
2005—2007Ispaniya bayrogʻi Barcelona
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2007–2008Barcelona B(25 (12))
2008–Barcelona(461 (11))
Milliy terma jamoa
2008–2009Ispaniya (21 yoshgacha)(3 (1))
2009–Ispaniya(139 (2))
2008–Kataloniya(8 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

„Barcelona“ futbol akademiyasi bitiruvchisi, 2008-yildan buyon asosiy jamoada oʻynab kelmoqda. Oʻshandan beri u klub bilan sakkiz marta Ispaniya chempioniati, uch marta UEFA Chempionlar Ligasi, yetti marta Ispaniya kubogi, olti marta Ispaniya Superkubogi, uch marta UEFA Superkubogi va uch marta klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida - Jahon chempioni (2010) va Yevropa chempioni (2012) boʻldi.

Klubdagi faoliyati

Sergio Busquets „Barcelona“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. U 2008-yilning 13-sentyabrida Ispaniya chempionati doirasidagi „Rasing“ga qarshi oʻyinda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan. Chempionlar Ligasi oʻyinlaridagi debyut 2008-yil 22-oktyabrda Shveysariyaning „Bazel“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi, oʻsha oʻyinda Sergio „Barselona“ uchun birinchi golini urdi va „koʻk-anorranglilar“ raqibni yirik 5:0 hisobida magʻlub etishdi. Sergio Chempionlar Ligasidagi ikkinchi golini guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda „Barcelona“ning zaxira tarkibi bilan „Shaxtyor“ga qarshi oʻyinda kiritdi. 2009-yil 7-martda esa Sergio „Atletik“ darvozasiga Primeradagi birinchi golni urdi.

Sergio Busquets "Barselona" libosida

„Barcelona“dagi birinchi mavsumida Buskets 24 La Liga, 7 Qirollik Kubogi va 8 Chempionlar Ligasi oʻyinida maydonga tushdi. Mavsumning birinchi yarmida Sergio tez-tez maydonga tushmagan boʻlsa-da, mavsumning qolgan yarmida u birinchi daqiqalardanoq oʻynay boshladi, shu jumladan Ispaniya kubogi finalida „Atletik“ga qarshi oʻyinda (4:1) va UEFA Chempionlar Ligasi finalida „Manchester Yunayted“ga qarshi (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu mavsumdan keyin Busquets La Liganing 2008/09-yilgi mavsumida eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi. Bundan tashqari, 2009-yilda Sergio Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Bravo kubogini qoʻlga kiritdi.

2009/10 yilgi mavsumda kataloniyalik ivuarlik Yaya Toureni asosiy tarkibdan siqib chiqarib, asta-sekin klubning yetakchi yarim himoyachisiga aylandi. Ispaniya chempionatida u 33 oʻyinda maydonga tushdi, kataloniyalik yana 10 ta oʻyinni Chempionlar Ligasida oʻtkazdi. Busquets klubning bir mavsumda 6 ta sovrinni qoʻlga kiritishida ham katta rol oʻynadi, aynan u Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Meksikaning «Atlanta»siga qarshi yarim final uchrashuvida hisobni tenglashtirgan, ammo baribir uning jamoasi uchrashuvda magʻlub boʻlgan. 2010/11 yilgi mavsumda Busquets oʻzining birinchi va yagona golini Bilbaoning „Atletik“iga urdi va oʻyin kataloniyaliklarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2010 va 2011-yillarda u „L'Équipe“ talqiniga koʻra yilning ramziy jamoasi tarkibida boʻlgan.

2011/12-yilgi mavsumda u oʻzining birinchi golini Chempionlar ligasi yarim finalida „Chelsi“ ga qarshi oʻyinda kiritdi. Sergio Ispaniya chempionatining soʻnggi, 38-turida 2:2 hisobida yakunlangan „Betis“ga qarshi oʻyinda mavsumdagi ikkinchi golini urdi. 2013-yilning 16-iyulida futbolchining tugʻilgan kunida Busquets bilan shartnoma 2018-yilgacha uzaytirilgani ma’lum boʻldi. Tovon puli 250 million yevroni tashkil qildi. 2014/15 yilgi mavsum oldidan Serxio oʻzining raqamini 16 dan 5 ga oʻzgartirdi[1].

2015/16-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Sergio „Barcelona“ning uchinchi sardori etib tayinlandi[2]. 2017-yil 1-oktyabrda Busqets „Las-Palmas“ darvozasiga gol urdi va Barcelona 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyin „Kamp Nou“da, Kataloniya mustaqilligi referendumi vaqtida yopiq eshiklar ortida oʻtkazildi. 2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Barcelona“ vitse-sardori etib tayinlangan. 27-sentyabr kuni Busquets shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi[3]. 2021-yilning 9-yanvarida Busquets “Barcelona” safida “Granada”ga qarshi oʻyindagi 600-uchrashuvini oʻtkazdi. Klub tarixida faqat Xavi, Iniesta va Messi undan koʻproq oʻyin oʻtkazgan[4]. 2021/22-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Messi Paris Saint-Germainga koʻchib oʻtganidan keyin u „Barselona“ sardori etib tayinlangan[5].

Terma jamoadagi faoliyati

2009-yil 2-aprelda Busquets milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda David Silva oʻrniga maydonga tushdi, oʻyin ispanlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Sergio Busquets Ispaniya terma jamoasi libosida

2010-yilning iyul oyida Busquets Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda JAR maydonlarida barcha 7 oʻyinda maydonga tushib, Jahon chempioni boʻldi. 2012-yilda Sergio Yevropa chempioni boʻldi, shuningdek, UEFAga koʻra turnirning ramziy jamoasiga kirdi.

2014-yil 8-sentabrda Busquets Ispaniya terma jamoasi uchun 2016-yilgi Yevropa chempionati saralashida Makedoniyaga qarshi oʻyinda ilk golini urdi, oʻyin ispanlarning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[6]. Sergio oʻsha saralash turnirida 15-noyabr kuni Belarus terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkinchi golni kiritdi, Ispaniya 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[7]. 2017-yilning 9-oktyabrida Buskets Ispaniya terma jamoasi safida Isroil terma jamoasiga qarshi 100-oʻyinini oʻtkazdi, oʻyin ispanlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[8].

2020-yil 7-oktabrda Busqets birinchi marta Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sergio Ramos zaxira oʻrindigʻida boʻlgani uchun ispanlarga sardorlik qildi[9]. 2021-yilning may oyida u Luis Enrique tomonidan Euro-2020 ga qoʻshildi. Ramos yoʻqligida u sardorlikka koʻtarildi[10]. Ispaniya terma jamoasining turnirdagi birinchi oʻyinidan sakkiz kun oldin Busketsda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, bu esa butun jamoani Litva bilan oʻrtoqlik oʻyinidan chetlatilishiga sabab boʻldi[11]. U Shvetsiya va Polshaga qarshi guruh bosqichining dastlabki ikki oʻyinini oʻtkazib yubordi. U Slovakiyaga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan uchinchi oʻyindagina jamoaga qaytishga muvaffaq boʻldi[12][13]. Toʻrt kundan soʻng Xorvatiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida Busquets yana oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Ispaniya qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 5:3 hisobida gʻalaba qozondi[14]. Chorak finalda u Shveysariyaga qarshi penaltilar seriyasida Ispaniyaning birinchi zarbasi bilan darvoza toʻsiniga zarba berdi, ammo uning jamoasi gʻalaba qozondi[15].

Shaxsiy hayoti

Sergio Busquets - 1990-yillarda „Barselona“ darvozasini himoya qilgan Carles Busquetsning oʻgʻli. 2014-yilda Sergio Elena Galera bilan munosabatlarni boshladi, er-xotin 2016-yilda Enzo ismli oʻgʻil koʻrdi[16]. 2018-yilda oʻgʻil Levi tugʻildi.

Statistikasi

Klubdagi statistikasi

2022-yil 30-oktyabr
Busquets Dynamo Kiyevga qarshi bahsda qaychi uslubidagi zarbani amalga oshirmoqda, 2009
Klublar, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
JamoaMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Barcelona B2007–08Tercera División232232
2008–09Segunda División B2020
Jami252252
Barcelona2008–09La Liga2419082413
2009–103304010051521
2010–112815012010461
2011–123118010130522
2012–13311408020451
2013–14321519120483
2014–1533140100471
2015–16350509040530
2016–17330508020480
2017–183117010020501
2018–193506012010540
2019–20332207010432
2020–21360606020500
2021–223622012110513
2022–23100004000140
Jami46111721135526169418
Faoliyati davomida jami48613721135526171920


Milliy terma jamoadagi statistikasi

2022-yil 27-sentyabr
Busquets (eng chekka oʻng) Ispaniya libosida, 2017
Terma jamoa va yillar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Ispaniya2009100
2010160
2011110
2012140
2013120
2014112
201580
2016120
201780
201890
201950
202040
2021130
202260
Jami1392


Yutuqlari

Jamoaviy

"Barcelona"

Ispaniya terma jamoasi

Shaxsiy

Manbalar