Sepp van den Berg

Sepp van den Berg (2001-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Liverpool“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sepp van den Berg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSepp van den Berg[1]
Tavallud sanasi20-dekabr 2001-yil (2001-12-20) (22 yosh)[2]
Tavallud joyiZwolle, Netherlands[2]
Boʻyi1.92 m
AmpluasiMarkaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami72
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2012CSV '28
2012-2018PEC Zwolle

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati

PEC Zwolle

2012-yildan beri Zwolle yoshlar safida oʻynab kelgan Van den Berg 2018-yilning 11-mart kuni oʻzining asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi va 45-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi[3].

Liverpool

2019-yilning 27-iyunida Van den Berg 1,3 million funt sterling evaziga „Liverpool“ga oʻtdi. Agar kelishilgan barcha shartlar amalga oshirilsa van den Berg maoshi 4,4 million funt sterlinggacha oshishi mumkin edi[4][5]. U klubdagi debyutini 2019-yil 25-sentabrda Milton Keyns Donsga qarshi EFL kubogi oʻyinida oʻtkazdi[6]. Van den Berg 30-oktyabr kuni EFL kubogi 4-bosqichida Liverpoolning „Arsenal“ ga qarshi 5:5 hisobidagi durang oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Ushbu oʻyinda penaltilar seriyasida „Liverpool“ 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi[7].

Preston North End (ijara)

2021-yil 1-fevralda Van den Berg 2020-21-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Chempionshipning Preston North End jamoasiga ijara asosida qoʻshildi[8]. Besh kundan soʻng, u „Roterxem Yunayted“ga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib tushib, debyut oʻyinini oʻtkazdi[9].

2021-yil 21-iyun kuni Van den Berg Prestonga qoʻshimcha 12 oyga ijaraga berilib, shartnomasi uzaytirildi va 2021-22 yilgi mavsumda klubda qoladigan boʻldi[10]. U oʻzining birinchi professional golini 2021-yil avgust oyida EFL kubogida Morecambe FCga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[11].

Xalqaro faoliyati

Van den Berg Gollandiyaning yoshlar terma jamoasida oʻynaydi[12]. Gollandiya U19 terma jamoasida 10 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Van den Berg 2021-yil 12-oktabr kuni Uelsga qarshi oʻyinda (5:0) Gollandiya U21 terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti

Uning ukasi Rav Erediviziyada PEC Zwolle jamoasida oʻynaydi[13].

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
PEC Zwolle2017-18Eredivisie70000070
2018-191501000160
Jami22010000000230
Liverpool2019-20Premier League00103040
2020-2100000000
2021-2200000000
Jami001030000040
Preston North End (ijara)2020-21Championship16000160
2021-22451104100502
Jami61110410000662
Jami83130710000932

Yutuqlari

Liverpool

Manbalar