Ruben Blommaert

Ruben Blommaert (talaffuzi: Ruben Blommart; 1992-yil 5-martda tugʻilgan) — Belgiya va Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Alisa Yefimova bilan birga 2022-yil Espooda boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasining kumush medali sovrindori boʻlgan.

Ruben Blommaert

Hocke / Blommaert juftligi
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Oldin vakil boʻlgan Belgiya bayrogʻi Belgiya
Tavalludi 5-mart 1992-yil (1992-03-05) (32 yosh)
Bruges, Belgiya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Sherigi Alisa Yefimova
Oldingi sheriklari Annika Hocke, Mari Vartmann, Annabelle Prölß
Jamoasi EC Oberstdorf
Oldingi jamoalari GSK Gent
Uchishni boshlagan 1998
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 67.05
Erkin dastur 119.12

Shuningdek, Ruben Belgiya fuqaroligiga ega va 2010-yilgacha yakka holda konkida uchish boʻyicha Belgiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Blommaert sherigi Mari Vartmann bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger seriyasida ishtirok etib, toʻrtta medalini qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti

Ruben Blommaert 1992-yil 5-martda Belgiyaning Brugge shahrida tugʻilgan. 2014-yil 1-iyulda Belgiya fuqaroligini saqlab qolgan holda Germaniya fuqaroligini olgan.

Faoliyati

Blommaert 1998-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan.

Prolß bilan hamkorlik

Blommaert 2011-yil oktyabr oyida Annabelle Prölß bilan juftlik hosil qilgan[1]. Ular 2012-yilgi Germaniya chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidada chempionlikni qoʻlga kiritgan[2].

2012—2013-yillarda Prölß / Blommaert Lake Placidda boʻlib oʻtgan O‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri musobaqasida debyut qilgan va 6-o‘rinni egallagan, keyin esa Germaniyada boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida ishtirok etib, 4-o‘rindan joy olgan[3]. Juftlik 2013 Ice Challenge va 2013 Bavarian Open musobaqalarida oʻsmirlar toifasida qatnashib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Prölß / Blommaert juftligi 2013-yilgi Germaniya chempionatida oltin medal bilan taqdirlangan. Keyin ular 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 7-oʻrinni egallagan[4].

Dasturlari

Prolß bilan

MavsumQisqa raqsErkin raqs
2014—2015

  • The Artist

    Ludovic Bource
2013—2014

  • O mio babbino caro

    Giacomo Puccini
2012—2013

  • Italian Fantasia

    Orchestra Mantovani
  • Robin Hood

    Marc Streitenfeld

Natijalari

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi

Germaniya vakili sifatida Prölß bilan

Xalqaro
Musobaqa11—1212—1313—1414—15
GP Rostelecom Cup6
GP Skate America7
GP Trophee Bompard7
Challenger Cup2
Nice Cup1
Lombardia Cup4
Nebelhorn Trophy4
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati7
JGP Germaniya4
JGP Amerika Qoʻshma Shtatlari6
Bavarian Open1-J
Ice Challenge1-J
NRW Cup1-J
Warsaw Cup1-J
Milliy
Germaniya chempionati1-J.1
J-oʻsmirlar darajasi

Manbalar