Rossiya prezidentlik saylovi (2012)

2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovi 2012-yil 4-mart kuni boʻlib oʻtdi. Unda besh nomzod: Vladimir Putin (Birdam Rossiya), Gennadiy Zyuganov (RFKP), Vladimir Jirinovskiy (RLDP), Sergey Mironov (Odil Rossiya) va Mixail Proxorov (mustaqil nomzod) qatnashdi. Saylovda gʻalaba qozonuvchi shaxs olti yilga Rossiya Prezidenti lavozimini egallaydi.

Vladimir Putin rafiqasi Lyudmila Putina bilan saylovda ovoz bermoqda.

Saylovda 2000—2008-yillarda Prezident, 2008—2012-yillarda Bosh Vazir lavozimlarini egallab kelgan Vladimir Putin yutib chiqdi.[1] Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Putinga rasmiy qutlovlar yubordi.[2]

Natijalar

Saylov natijalari quyidagicha:[3]

NomzodlarPartiyaOvozlar%
Vladimir PutinBirdam Rossiya45 513 00163,64%
Gennadiy ZyuganovRFKP12 288 62417,18%
Mixail Proxorov-5 680 5587,94%
Vladimir JirinovskiyRLDP4 448 9596,22%
Sergey MironovOdil Rossiya2 755 6423,85%

Manbalar

Havolalar