Rolf Feltscher

Rolf Günther Feltscher Martínez (1990-yil 6-oktabrda tugʻilgan) — Germaniyaning MSV Duisburg klubida himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Shveysariyada tugʻilgan, Venesuela terma jamoasi vakili.

Rolf Feltscher
Feltscher MSV Duisburg bilan, 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiRolf Günther Feltscher Martínez
Tavallud sanasi6-oktyabr 1990-yil (1990-10-06) (33 yosh)
Tavallud joyiBülach, Shveysariya
Boʻyi1.84 m
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
MSV Duisburg
Raqami21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2007Grasshoppers
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2007—2010Grasshoppers63(0)
2010—2013Parma7(0)
2012→ Padova (ijara)6(0)
2013→ Grosseto (ijara)15(0)
2013—2014Lausanne-Sport8(0)
2014—2016MSV Duisburg53(2)
2016—2017Getafe7(0)
2017→ Zaragoza (ijara)9(0)
2017Cardiff City0(0)
2018—2020LA Galaxy57(2)
Milliy terma jamoa
2008—2009Shveysariya U194(0)
2008—2011Shveysariya U2112(0)
2011-Venesuela27(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Grasshoppers

Endigina 16 yoshda boʻlishiga qaramay, „Grasshoppers“ning 2007—2008-yilgi mavsumdagi birinchi turida St. Gallen qarshi oʻng qanotda 90 daqiqa oʻynab ligadagi debyutini oʻtkazdi. Shuningdek, 2007-yilgi UEFA U-17 chempionatining saralash bosqichida Shveysariya U-17 jamoasining asosiy aʼzosi boʻlgan va oʻsha davrada barcha uchta oʻyinda ishtirok etgan[1][2][3].

Parma

2009-yilning noyabrida „Parma“ bilan oldindan shartnoma imzoladi[4] va mavsum tugaganidan keyin Italiya klubiga qoʻshildi.

Padova

2012-yil iyun oyida Calsio Padova Feltscher bilan 2012—2013-yil uchun shartnoma imzoladi. Shartnomada sotib olish opsiyasi ham bor edi[5].

Duisburg

2014—015-yilgi mavsumda MSV Duisburgga qoʻshildi[6].

2016-yilning 11-iyulida Feltscher Segunda Divizionidagi Getafe klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. Kamdan-kam maydonga tushganidan soʻng, 31-yanvar kuni „Real Zaragoza“ jamoasiga ijaraga berildi[8].

Cardiff City

2017-yil 16-noyabrda dastlabki ikki oylik shartnomani imzolashdan oldin Cardiff bilan bir necha hafta sinov mashgʻulotlaridan oʻtdi[9]. Klubdagi faoliyati davomida liganing ikkita oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi, ammo hech qachon asosiy tarkibda maydonga tushmagan[10].

LA Galaxy

2017-yil 19-dekabrda Feltscher 2018-yilgi mavsum oldidan MLSning „LA Galaxy“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[11]. Yettita oʻyin oʻtkazib 2018-yilning aprelida yelkasi singanligi sababli toʻrt oyga safdan chiqdi[12]. 2019-yil 15-yanvarda qayta shartnoma imzoladi[13].

Würzburger Kickers

2020-yil 23-dekabrda Feltscher Germaniyaga qaytib, 2. Bundesliga vakili Würzburger Kickersga qoʻshildi[14].

Duisburgga qaytish

2021-yilning iyun oyida Fletscher ikkinchi marta Duisburg bilan shartnoma imzoladi[15].

Shaxsiy hayoti

Fletscher Frank Feltscherning ukasi va Mattia Desolening katta oʻgay akasi[16].

Faoliyat statistikasi

Klub

28-oktyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[17]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumDiviziyaLigaKubokQitʼaBoshqaJami
IshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Grasshopper Club Zürich2007—2008Shveysariya Superligasi210210
2008—2009Shveysariya Superligasi2101[lower-alpha 1]01[lower-alpha 2]0230
2009—2010Shveysariya Superligasi210210
Jami6301010650
Parma2010—2011Serie A3030
2011—2012Serie A401050
Jami701080
Calcio Padova (ijara)2012—2013Serie B6060
Grosseto 1912 (ijara)2012—2013Serie B150150
Lausanne-Sport2013—2014Shveysariya Superligasi8080
MSV Duisburg2014—20153. Liga26010270
2015—20162. Bundesliga272101[lower-alpha 3]0302
Jami5322010562
Getafe2016—2017Segunda División7070
Real Zaragoza (ijara)2016—2017Segunda División9090
Cardiff City2017—2018EFL Championship0000
LA Galaxy2018MLS151151
2019MLS2511[lower-alpha 4]1262
2020MLS170170
Jami57211583
Würzburger Kickers2020—20212. Bundesliga190190
MSV Duisburg2021—20223. Liga280280
2022—20233. Liga3030
Jami31000310
Jami faoliyati27543010312825

Xalqaro

18-iyul, 2021-yilgi holat boʻyicha[18]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Venesuela2011-yil10
2012-yil30
2013-yil20
2016-yil80
2017-yil50
2018-yil10
2019-yil30
2020-yil30
2021-yil10
Jami270

Manbalar