Robin Givens

amerikalik aktrisa

Robin Simone Givens (1964-yil 27-noyabrda tugʻilgan)— amerikalik aktrisa, model va rejissor. U, shuningdek, Sarah Lawrence kollejining bitiruvchisidir[1].

Robin Givens
Tavalludi
Robin Simone Givens

27-noyabr 1964-yil (1964-11-27) (59 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, model, rejissor
Faoliyat yillari 1978-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Mike Tyson
    (turm. 1988; ajr. 1989)
  • Svetozar Marinković
    (turm. 1997; ajr. 1998)
Bolalari 2 nafar

Givens 1986-yilda ABC telekanali efirga uzatgan sitkom Head of the Classda Darlene Merriman rolini 5 yil davomida ijro etgan. Uning 1988-yilgi bokschi Mike Tyson bilan boʻlgan muammoli turmushi[2][3], shuningdek, ularning keskin ravishda ajralishlari ham ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Keyinchalik, Robin bir necha yil davomida AQSh Milliy xonadonlardagi zo'ravonlik bo'yicha ishonch telefonining matbuot kotibi sifatida xizmat qildi[4].

Yoshligi

Givens New York shahrida Ruth Roper (qizlik familyasi: Newby) va Reuben Givens oilasida tugʻilgan. U ikki yoshligida[manba kerak] ota-onasi ajrashishgan. Onasi Givens va uning singlisi Stephanieni Vernon togʻida va New Yorkdagi New Rochelleda tarbiyalagan[5]. Aktrisa katolik diniga eʼtiqod qiladi[6]. U oʻsmirlik davrrida vaqti-vaqti bilan modellik bilan shugʻullanib turgan[7]. Model sifatida Seventeen va Mademoiselle kabi jurnallarda paydo boʻlgan. Filmlardagi debyutini 14 yoshida The Wiz (1978) filmida Emma xolaning ziyofatida qatnashgan mehmon sifatida amalga oshirgan.

Faoliyati

2017-yilda aktrisa avvalgi bir necha yillardagi kabi San-Diegodagi qora filmlar festivaliga mezbonlik qildi[8]. 2021-yilda Givens Batwoman teleserialining uchinchi mavsumida Jeturian Industries kompaniyasining bosh direktori Jada Jet (Jezebel Jet) — Ryan Wilderning biologik onasi rolini oʻynagan[9]. 2022-yilda Givens He's Not Worth Dying For filmidaRachel Wade va Sarah Ludemanning adovati tasvirlangan „Ripped from the Headlines — Sarlavhalardan yirtilgan“ nomli qismda koʻrinish beradi. Aktrisa ushbu filmda Ludemann bilan bogʻliq rolni ijro etgan holda Grace Heinemannning onasi Cher Heinemann obrazni gavdalantirgan[10].

Shaxsiy hayoti

Givens bokschi Mike Tyson bilan 1987-yilda uchrasha boshlagan[5]. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, 1988-yil 7-fevralda ular turmush qurishlaridan oldin Tyson unga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilgan[2][11].

2004-yilning yanvar oyida Givens Florida shtatining Miami chorrahasida piyodani urib yuboradi[12]. Aktrisa piyodalar oʻtish joyida piyodaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlmagani uchun jarimaga tortildi, ammo keyinchalik ayblovlar bekor qilindi[13]. 2004-yil iyun oyida esa jabrlangan tomon Givensga nisbatan nomaʼlum summani talab qilib, fuqarolik daʼvosi bilan sudga murojaat qilgan[14].Forbes jurnalining 2009-yil 7-maydagi maqolasida aytilishicha, Ichki daromad xizmati Givensdan toʻlanmagan federal daromad soligʻi uchun jami 292 000 AQSh dollari (inflyatsiyani hisobga olgan holda 369,000 AQSh dollari) undirish maqsadida sudga daʼvo qilgan. Hukumat Florida shtatidagi federal suddan sakkiz yilni ichida boʻlib oʻtgan 39 ta ayblov boʻyicha unga qarshi hukm chiqarishni soʻragan[15].

Filmografiyasi

YilSarlavhaRolIzohlar
1978Wiz, TheThe WizEmma xola ziyofatidagi mehmon
1991Rage in Harlem, AA Rage in HarlemImabelle
1992BoomerangJacqueline Broyer
1994Foreign StudentApril
BlankmanKimberly Jonz
1995Dangerous IntentionsKaye Ferrar
1998Secretsqisqa metrajli film
2000Everything's JakePublisher
2001Elite, TheThe EliteAshe
2002Book of LoveIyanna
AntibodyDr. Rachel SaveriniVideo
2003Head of StateKim
A Good Night to DieDana
Love ChroniclesMonifa Burly
2005Flip The ScriptRain Jones
2006Restraining OrderDiane McNeil
2008The Family That PreysAbigail „Abby“ Dexter
2009God Send Me a ManKim
Little Hercules In 3-DDana
Sounds of PoetryEleanorqisqa metrajli film
Preaching to the PastorDr. Leslie Williams
Mother's Prayer, AA Mother's PrayerBrendaVideo
2010Enemies Among UsGloria
2011Church GirlCat (ism)
Should’ve Put a Ring on ItSherri
Breathehamshira Nancy
Queen of MediaWendy Williams
2012Waiting for AngelsJackning qiziVideo
2013JeʼCaryous Johnsonʼs Marriage MaterialShauna
Will a Man Rob God?Video
JK’s Housexonim Amber Jenkins
2014Airplane Vs VolcanoLisa WhitmoreVideo
Four SeasonsHelen
Unspoken Wordsxonim Lewis
2015A Christmas to RememberVeronica
2016Definitely DivorcingApril
The Perfect MatchGeneva
God's Not Dead 2Principal Kinney
2017Dreams I Never HadProsecuting Attorney Hernandez
2018The Products of the American GhettoPenny
God Bless the Broken RoadKareena Williams
Never HeardShala Davis
2019GullyIrma
Mina Tobias: Shoesqisqa metrajli film
2020The Sin Choice
2022KimiAngelaning onasi

Manbalar

Havolalar