Robert Kunkel

Robert Kunkel (1999-yil 28-aprelda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Annika Hocke bilan birga 2022 Gran Prix de France turniring bronza medali sovrindori va Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasining uchta medalni qoʻlga kirigan, shu jumladan 2022 CS Finlandia Trophy turnirida oltin medal bilan taqdirlangan.

Robert Kunkel

Hocke/Kunkel juftligi 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Germaniya Germaniya
Tavalludi 28-aprel 1999-yil (1999-04-28) (25 yosh)
Berlin, Germaniya
Ona shahri Berlin
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Sherigi Annika Hocke
Oldingi sheriklari Talisa Thomalla
Jamoasi SCC
Uchishni boshlagan 2004
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 69.13
Erkin dastur 119.62

Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Talisa Thomalla bilan birga uchta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, 2017-yilda oʻn ikkinchi, 2018-yilda yettinchi va 2019-yilda yana oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyati

Hocke bilan 2019 — 2020-yilgi mavsum

Kunkel, Ruben Blommaert bilan boʻlgan juftligi oʻz nihoyasiga yetganidan koʻp oʻtmay Annika Hocke bilan juftlik hosil qilgan[1]. Juftlik Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasining Xorvatiyada va Polshada boʻlib oʻtgan bosqichida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan va rossiyalik bo‘lmagan yagona jamoa boʻlgan[2]. Juftlik Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finaliga yoʻllanma olish uchun yetarli natija koʻrsatishgan. Kattalar toifasida Hocke / Kunkel juftligi 2019 CS Warsaw Cup musobaqasida debyut qilib, oltinchi oʻrinni egallagan, keyin Germaniyaning milliy chempionatlarida va 2020 Bavarian Open chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan[3]. Juftlik 2020-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, yettinchi oʻrinni egallagan[4].

Hocke / Kunkel juftligi 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan soʻng oʻz mavsumini yakunlagan, ushbu chempionatda ular toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik Monrealda boʻlib oʻtgan Kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishlari kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat bekor qilingan[5].

Dasturlari

Hocke bilan

MavsumQisqa dasturErkin dastur
2022 — 2023

  • Lay All Your Love On Me
  • Voulez-Vous

    ABBA
  • Without You

    Ursine Vulpine, Annaca
2021 — 2022

  • Lay All Your Love On Me
  • Voulez-Vous

    ABBA
  • The Other Side

    Ruelle
2020 — 2021

  • Shout

    Zayde Wolf
  • The Other Side

    Ruelle
2019 — 2020

  • Wasting My Young Years

    London Grammar
  • Do You Love Me (Now That I Can Dance)

    The Contours
  • Cry to Me

    Solomon Burke
  • Wipe Out

    The Surfaris

Natijalari

GP: Gran-pri ; CS: ISU Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Hocke bilan

Xalqaro
Musobaqa19 — 2020 — 2121 — 2222 — 23
Jahon chempionatiC13
Yevropa chempionati713
GP Cup of ChinaC
GP FransiyaC3
GP ItaliyaWD
GP Rostelecom CupWD
CS Finlandiya1111
CS Golden SpinWD
CS Nebelhorn243
CS Warsaw Cup6
Bavarian Open2
NRW Trophy11
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati4
JGP finali6
JGP Xorvatiya3
JGP Polsha3
Milliy
Germaniya chempionati.2WD
WD = musobaqani tark etgan; C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar