Rhys Williams
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 3-fevral 2001-yil (2001-02-03) (23 yosh)[1] | ||
Tavallud joyi | Lancashire, Angliya[2] | ||
Boʻyi | 1.95 m | ||
Ampluasi | himoyachi[3] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Blackpool (ijara) | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
201?—2019 | Liverpool | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019 | Liverpool | 9 | (0) |
2019—2020 | → Kidderminster Harriers (ijara) | 26 | (1) |
2021—2022 | → Swansea City (ijara) | 5 | (0) |
2022 | → Blackpool (ijara) | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2019 | Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 4 | (0) |
2019 | Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 2 | (0) |
2020 | Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-oktyabr uchun) |
Rhys Williams (talaffuzi: Ris Uilyams) (2001-yil 3-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Rhys Williams „Blackpool“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Rhys Williams Lancashire shtatining Preston shahrida tugʻilgan.
Rhys Williams oʻn yoshida „Liverpool“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va 2019-yilda yoshlar jamoasi bilan Angliya yoshlar kubogini qoʻlga kiritdi[4]. Rhys Williams 2019-yil avgust oyida „Kidderminster Harriers“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi[5][6].
2020-yil sentyabr oyida Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi[7]. Rhys Williams 2020-yil 24-sentyabrda EFL kubogida klub uchun asosiy jamoadagi debyut oʻyinini, markaziy himoyada Virgil van Dijk bilan hamkorlikda „Lincoln City“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi[8][9][10]. 2020-yil 21-oktyabrda Rhys Williams UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi „AFC Ajax“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi[11]. Keyingi haftada Rhys Williams Chempionlar Ligasidagi ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi[12]. 2020-yilning 4-noyabrida Rhys Williams Chempionlar ligasi doirasida „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda toʻliq toʻqson daqiqa oʻynadi. Bu oʻyinda jamoa 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 16-dekabrda Rhys Williams Premer-ligadagi debyut oʻyinini „Tottenham“ futbol klubi qarshi oʻyinda (2:1) boshladi[13].
2021-yil 31-avgustda Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi va „Swansea City“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi. Klub bilan imzolangan ijara shartnomasida ijara muddati dastlab 2022-yilning 30-iyuniga qadar davom etishi belgilangan edi, biroq „Liverpool“ futbol klubi Rhys Williamsni 2022-yilning 20-yanvarida oʻz safiga chaqirib oldi[14].
Rhys Williamsning navbatdagi ijarasi 2022-yilning 19-iyulida 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Blackpool“ futbol klubi tarkibiga ijaraga berilganida amalga oshirildi[15]. Rhys Williams yangi klubdagi debyut oʻyinini 29-iyul kuni Bloomfield Road stadionida „Reading“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[16].
Rhys Williams 2019-yilning mart-may oylari orasida Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 2019-yil oktyabr oyida Xalqaro Marbella kubogi uchun Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan[17].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | EFL kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Liverpool | 2019—2020 | Angliya Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
2020—2021 | Angliya Premyer-ligasi | 9 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | — | 19 | 0 | ||
Jami | 9 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 19 | 0 | ||
Kidderminster Harriers (ijara) | 2019—2020 | Milliy liga | 26 | 1 | — | — | — | — | 26 | 1 | ||||
Swansea City (ijara) | 2021—2022 | Chempionat | 5 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 7 | 0 | ||
Jami | 36 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 46 | 1 |
Liverpool
Liverpool F.C. – hozirgi tarkib | |
---|---|