Przemysław Płacheta

Przemysław Płacheta (talaffuzi: Pmeslylav Placheta; 1998-yil 23-martda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, EFL Championship vakili „Birmingham City“ klubida chap qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. Płacheta RB Leipzigning yoshlar akademiyasini tamomlagan va Polshaning bir qancha klublarida oʻynagan.

Przemysław Płacheta
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiPrzemysław Płacheta[1]
Tavallud sanasi23-mart 1998-yil (1998-03-23) (26 yosh)
Tavallud joyiŁowicz, Polsha
Boʻyi1.78 m
AmpluasiYarim himoyachi[2]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Birmingham City (Norwich Citydan ijara)
Raqami17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Pelikan Łowicz
0000—2011ŁKS Łódź
2012UKS SMS Łódź
2013—2015Polonia Warsaw
2015—2017RB Leipzig
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2017Sonnenhof Großaspach2(0)
2018Pogoń Siedlce11(2)
2018—2019Podbeskidzie23(6)
2019—2020Śląsk Wrocław35(8)
2020—Norwich City38(1)
2022—→ Birmingham City (ijara)5(1)
Milliy terma jamoa
2015—2016Polsha U187(0)
2017Polsha U193(0)
2019Polsha U201(0)
2019—2020Polsha U218(1)
2020—Polsha7(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Płacheta ilk faoliyatini Polshaning Pelikan Łowicz jamoasida boshlagan[3]. ŁKS Lodz jamoasida 2011-yilgacha oʻynadi[4]. Keyinchalik Germaniyaning RB Leipzig akademiyasida faoliyat koʻrsatdi[5][6]. Shu vaqt ichida professional jamoa safida bir qator oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etdi[7]. 2017-yilda Płacheta Germaniyaning 3. Liga jamoasi Sonnenhof Großaspach safida professional debyut qildi[8]. Keyinchalik onasi kasal boʻlib qolgani uchun Polshaga qaytib kelib, MKP Pogoń Siedlceda oʻynadi[9].

2018—2019-yilgi mavsum oldidan Płacheta Podbeskidzie Bielsko-Biała bilan shartnoma imzoladi[10] va oʻsha mavsumda klub safida 25 ta oʻyinda maydonga tushdi[11]. 2019-yilda Płacheta Śląsk Wrocław bilan 300 000 zloti evaziga 3 yillik shartnoma imzoladi[12][13]. 2019—2020-yilgi I liga mavsumida 35 oʻyinda 8 ta gol urdi[14][15] va beshta golli uzatmani amalga oshirdi[16].

2020-yil iyul oyida Płacheta Angliyaning Norwich City klubi[17] bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[18][19]. Shartnoma taxminan 3 million yevroga (taxminan 12 million zloti)[3][20][21] boʻldi. Bu Śląsk Wrocławning klub tarixidagi rekord sotuv[21][22]. Płacheta Norwichning birinchi polshalik futbolchisi edi[18]. „Norwich“ safidagi ilk golini 2020-yil 19-sentabr kuni Preston North Endga qarshi o‘yinda (2:2) kiritdi[23].

Płacheta 2022-yil iyul oyida EFL chempionatining „Birmingham City“ klubiga mavsumiy ijara asosida qo‘shildi[24]. Oʻzining birinchi golini 5-avgust kuni ikkinchi oʻyinida Huddersfield Townga kiritdi[25].

Xalqaro faoliyati

Płacheta 2019-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati doirasida Ispaniya U21ga qarshi oʻyinda Polshaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan oʻynagan[26][27]. Czesław Michniewiczning 21 yoshgacha boʻlgan Polsha terma jamoasidagi eng yosh futbolchi edi[13]. 2020-yilning noyabr oyida Płacheta Polsha milliy terma jamoasi safida ilk bor Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi[28].

Shaxsiy hayoti

Płacheta 1998-yil 23-martda Polshaning Łowicz shahrida tugʻilgan[13]. Płacheta Chelsea futbolchisi Raheem Sterlingga muxlislik qilishini aytgan[29][30]. Akasi Marsin 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yuguruvchi sifatida qatnashgan[9][31]. Boshqa akasi Silvesterda futbol oʻynagan[7]. Onasi 2019-yilda vafot etgan[9].

Faoliyat statistikasi

Klub

20-avgust, 2022-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubok[lower-alpha 1]Liga kubogiBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Sonnenhof Großaspach2017—2018[32]3. Liga200020
Pogoń Siedlce2017—2018[32]I liga1120000112
Podbeskidzie2018—2019[32]I liga23620256
Śląsk Wrocław2019—2020[32]Ekstraklasa35800358
Norwich City2020—2021[33]Championship2612000281
2021—2022[34]Angliya Premyer-ligasi1202000140
2022—2023[35]Championship00000000
Jami3814000421
Birmingham City (ijara)2022—2023[35]Championship51000051
Jami faoliyati1141860000012018

Xalqaro

15-noyabr, 2021-yilgi holat boʻyicha[36]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Polsha202020
202150
Jami70

Yutuqlari

Norwich City

  • EFL chempionati : 2020—2021

Manbalar