Plazma (qon)

Plazma, qon plazmasi — qonning suyuq qismi. Unda qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) bo'ladi. Qon plazmasi tarkibidagi o'zgarishlariga qarab, turli kasalliklar (revmatizm, qandli diabet va boshqalar)ni aniqlash mumkin. Qon plazmasidan dori preparatlar (albuminlar, fibrinogen, gamoma-globin va boshqalar) tayyorlanadi[1][2].Odam qon plazmasining hajmi 55-60% ni tashkil etadi. Qonplazmasini shaklli elementlaridan ajratish uchun maxsus qonni ivishdansaqlovchi moddalar qo'shish yo‘li bilan olingan qonni sentrifugalanadi.U og'ir bo'lgani uchun probirka tubiga eritrotsitlar cho'kadi, uningustiga oq tusli leykotsitlar («leykon»-rangsiz), so'ngra yaltiroq ko‘rinishliqon plastinkasidan trombotsitlar cho‘kadi. Shaklli elementlar ustida suyuqrangsiz yoki sarg'ich tusli qavat plazma ajraladi.Qon plazmasi (qon zardobi) qonning suyuq qismi bo'lib, u murakkab aralashma.

Tarkibi

  • oqsillar
  • yog'lar
  • karbonsuvlar
  • mineral tuzlar
  • fermentlar
  • antitelalar
  • erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid

kabilar) bo'ladi.Plazma tarkibida o'rtacha 90% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1%glukoza, 0.8% yog'lar bo'ladi. Plazmadagi oqsillardan-albumin-4%,globulin 2,8% va fibrinogen-0,4%ni tashkil qiladi. Fibrinogen va albuminmuhim biologik ahamiyatga ega bo'lib , jigarda hosil bo'iad i va qonningivishini amalga oshiradi. Globulin esa jigar, taloq, ilik va limfa tugunlaridahosil bo'ladi. Limfa oqsillarining miqdori 0,3-0,4% ga teng.Qon plazmasidan hamma oqsillar cho'ktirilgandan so'ng filtratda moddaalmashinuvining oraliq mahsulotlari-siydik kislotasi, kreatin, amiak vaboshqa moddalarni ajratish mumkin. Bu moddalar tarkibidagi azot, qoldiqyoki oqsilsiz azot deb ataladi, uning miqdori katta odamlarda 20-40 mg% niyoki 20-40 mg 100 ml qon hajmiga to‘g‘ri keladi.Qon plazmasi tarkibida yog‘ kislotasi va yog‘simon moddalar uchraydi.Ertalab och holda odam qon plazmasida 0,5-1,0% chamasi yog‘ vayog'simon moddalar topilgan.Glukozaning qon plazmasidagi umumiy miqdori 80-120 mg% ga teng.Ovqatlanganda uning miqdori 0,2 % ga ko'tariladi. Buni ovqatianish giperglikemiyasi deb ataladi. Glukozaning plazmada 0,05 % gachapasayishi gipoglikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% gaoshib ketishi yoki 0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchlibuzilishiga olib keladi va o'lim sodir bo'lishi mumkin.Aks holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng.

Mineral tuzlari tarkibi

  • natriy
  • kaliy
  • kalsiy
  • magniy
  • xlor va
  • fosfatlar kiradi.

Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni PH=7.4Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalari bajaradi:

1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo bo'lishida muhim rol o‘ynaydi. Osmotik bosim to‘qimalar bilan qon o‘rtasidagi almashinuvinitartibga solish uchun zarur;

2. oqsillar qonning bufer tizimi uchun engkerakli moddalar hisoblanadi va kislotali-ishqoriy muvozanatni saqlashdaishtirok etadi;

3.oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini ta'minlaydi;

4.plazma oqsillari eritrotsitlari tez cho‘kishiga yo‘1 qo‘ymaydi;

5. Plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi;

6. qon plazmasiimmunitetning muhim omili hisoblanadi;

7. qon plazma oqsillari tashuvchivazifasini bajaradi;

8. oqsillar-oziq modda.

Oqsil miqdori

Plazmadagi umumiy miqdori 200-300 g. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5gglobulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlaring yarimparchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun.Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularingmolekulalari unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli osmotikbosimning hosil bo'lishida yordam beradi. Masalan, albuminqonning tashilish funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog‘ kislotasi,ba’zi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqalitashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi.

Molekulyar tuzilishi

Albuminning bitta molekulasi25-50 ta bilirubin molekulasi bilan birikish qobiliyatiga ega.Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga bo'linadi:

  • alfa-1,
  • alfa-2,
  • beta-2
  • gamma-globulinlar.

Alfa-l-globulinning oqsillari glikoproteinlar va mikoproteiniar deb ataladi. Ularing tarkibidagi plazmaning 60%glukozasi organizmda aylanib yuradi. Aifa-2-globulinlar oqsillariningtarkibida mis elementi borligi uchun ularni seruloplazmin deyishadi. Buoqsilning bir molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi mumkin, ya'niplazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan.Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, stereoid gormon va metallkationlarini tashilishi uchun xizmat qiladi. Metali bor oqsil transferin debataladi, masalan, temiring qon orqali tashilishi uchun muhim.Transferinning har bitta molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchunmoslashgan.

Manbalar