Philae (fazo apparati)

Philae (talaffuzi: fayli) Yevropa kosmik agentligi tayyorlagan qoʻnuvchi apparat boʻlib, Rosetta apparati bortida 67P/Churyumov–Gerasimenko kometasiga uchirilgan.[1][2][3][4] 2014-yil 12-noyabrida kometa yadrosiga tushib, kometaga qoʻngan birinchi apparat boʻldi.[5] Uning asboblari kometa sirti suratlarini yuborishi va kometa tarkibini oʻrganishi rejalashtirilgan.[6] Philae Darmstadt shahridagi Yevropa kosmik amaliyotlar markazidan boshqariladi.[7] Apparat Nil daryosidagi Fila oroli sharafiga nomlangan, bu orolda qadimgi Misr va yunon bitiklari yozilgan obelisk topilgan edi.

Philae kometaga qoʻnmoqda.

Manbalar

Havolalar