Pavel Kadeřábek

Pavel Kadeřábek (talaffuzi: Pavel Kaderabek; 1992-yil 25-aprelda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899 Hoffenhaim klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, Chexiya terma jamoasida 8 yil oʻynagan. Ilgari U19 terma jamoasini himoya qilgan. 2011-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida Chexiya milliy terma jamoasi safida ishtirok etgan. Musobaqada mamlakatining barcha beshta oʻyinini oʻtkazgan[3].

Pavel Kadeřábek
Kadeřábek 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiPavel Kadeřábek
Tavallud sanasi25-aprel 1992-yil (1992-04-25) (32 yosh)[1]
Tavallud joyiPrague, Chexoslovakiya
Boʻyi1.82 m (6 ft 0 in)[1][2]
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1899 Hoffenheim
Raqami3
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2010—2015Sparta Prague B34(2)
2011→ FK Viktoria Žižkov (ijara)11(0)
2012—2015Sparta Prague76(10)
2015—1899 Hoffenheim147(7)
Milliy terma jamoa
2007—2008Chexiya U1614(3)
2008—2009Chexiya U1715(0)
2009Chexiya U185(1)
2010—2011Chexiya U1919(1)
2013—2015Chexiya U217(1)
2014—2021Chexiya48(3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 28-fevral uchun)

Klublardagi faoliyati

2010-yil avgust oyida Kadeřábek 2010—2011-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichida MŠK Žilinaga qarshi oʻyinning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qilgan[4].

Avvallari Chexiya 2. Ligasida „Sparta“ning o‘rinbosarlari safida o‘ynagan, 2011-yil avgustida, Kadeřábek Chexiya birinchi ligasi vakili Viktoria Žižkovga ijaraga berildi[5].

2015-yilning 17-iyunida TSG 1899 Hoffenheimga 4 yillik shartnoma asosida qo‘shildi[6].

Xalqaro faoliyati

Kadeřábek birinchi marta 2013-yilning avgust oyida Gollandiyaga qarshi oʻyin oldidan Chexiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan[7]. 2015-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida Chexiya U21 jamoasini himoya qildi va Pragadagi Eden Arenada Daniyaga qarshi oʻyinda (1:2, magʻlubiyat) turnirning ilk golini kiritdi[8].

Kadeřábek Chexiya terma jamoasi safida 2014-yilning 21-may kuni Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi. Chexiya terma jamoasi safidagi ilk golini 2014-yil 16-noyabrda Islandiyaga qarshi UEFA Yevro-2016 saralashida (2:1) kiritdi[9].

2016-yilning iyun oyida Kadeřábek murabbiy Pavel Vrbaning Fransiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Yevro-2016 turniri uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi[10].

2022-yilning 10-martida Kadeřabek sogʻligʻi sababli xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[11].

Shaxsiy hayoti

2014-yilda Kadeřábek chexiyali goʻzali Tereza Chlebovská bilan ishqiy munosabatlarni boshladi. Juftlikning 2016-yil 2-sentyabrda tug‘ilgan qizi Ema bor[12]. 2017-yil iyun oyida turmush qurishishdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

8-avgust, 2021-yil [13]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokYevropBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Sparta Prague B2009—2010Chexiya ikkinchi ligasi2020
2010—2011201201
2011—2012121121
Jami342342
Viktoria Žižkov (ijara)2011—2012Chexiya birinchi ligasi11010120
Sparta Prague2010—2011Chexiya birinchi ligasi0000200020
2011—201220100030
2012—20131923290314
2013—20143057120396
2014—20152531012010393
Jami76101232501011413
1899 Hoffenheim2015—2016Bundesliga28010290
2016—201723010240
2017—20182821051343
2018—20192931161365
2019—202030231333
2020—20212001020230
Jami15878213217911
Jami faoliyati279192153821033926

Xalqaro

27-iyun, 2021-yil [14]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Chexiya Respublikasi2014-yil71
2015-yil71
2016-yil120
2017-yil40
2018-yil61
2019-yil60
2020-yil30
2021-yil30
Jami483

Xalqaro gollari

#SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2014-yil 16-noyabrDoosan Arena, Plzen, Chexiya  Islandiya1 — 12—1UEFA Yevro-2016 saralashi
2.2015-yil 13-oktyabrAmsterdam Arena, Amsterdam, Niderlandiya  Niderlandiya1 — 03—2
3.2018-yil 26-martGuangxi sport markazi, Nannin, Xitoy  Xitoy4 — 14—12018 Xitoy kubogi

Yutuqlari

AC Sparta Praha

  • Chexiya kubogi: 2013—2014
  • Chexiya Birinchi ligasi: 2013—2014

Chexiya U19

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrinchisi: 2011-yil

Manbalar