Pape Matar Sarr

Pape Matar Sarr (talaffuzi: Papa Matar Sar) (2002-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi. Pape Matar Sarr Premyer-liga klubi "Tottenham Hotspur" futbol jamoasi va Senegal milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Pape Matar Sarr
Sarr Metz klubida 2021-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiPape Matar Sarr[1]
Tavallud sanasi14-sentyabr 2002-yil (2002-09-14) (21 yosh)
Tavallud joyiThiaroye, Senegal
Boʻyi1.85 m[2]
Ampluasiyarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tottenham Hotspur
Raqami29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Génération Foot
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2020Metz II1(0)
2020—2021Metz25(3)
2021Tottenham Hotspur0(0)
2021—2022→ Metz (ijara)30(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-may uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati

Pape Matar Sarr 2020-yil 15-sentabrda Liga 1 jamoasi „Metz“ futbol klubi bilan besh yillik shartnoma imzolashdan oldin o‘zining vatani Senegalda „Génération Foot“ futbol jamoasida oʻynagan edi[3].

Pape Matar Sarr dastlab, Championnat National 2da „Metz“ futbol klubining ikkinchi jamoasiga oʻynash uchun tanlangangan edi, ammo Fransiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli barcha mavsum oʻyinlari toʻxtatilganidan keyin, Pape Matar Sarr birinchi jamoa tarkibiga chaqirildi[4]. Pape Matar Sarr „Metz“ futbol klubining asosiy jamoasidagi ilk oʻyinini 2020-yil 29-noyabr kuni Liga 1 doirasida „Brest“ futbol klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[5]. 2021-yil 31-yanvarda Pape Matar Sarr o‘zining Liga 1dagi birinchi golini mehmonda „Brest“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (4:2 hisobida zafar) kiritishga muvaffaq boʻldi[6].

2021-yil 27-avgustda Pape Matar Sarr Premyer-liganing vakili „Tottenham Hotspur“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Pape Matar Sarr 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha „Metz“ futbol klubiga ijaraga berildi[7].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

Pape Matar Sarr Senegal milliy futbol terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2021-yil 26-mart kuni Kongo milliy futbol terma jamoasiga qarshi AFCON 2021 saralash o‘yinida o‘tkazdi[8]. 2022-yil 6-fevralda Pape Matar Sarr Senegal terma jamoasi bilan 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqdi[9].

Faoliyat statistikasi

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
KlubMavsumLigaKubokBoshqaJami
BoʻlimOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Metz II2020—2021National 21010
Metz2020—2021Liga 122331254
2021—2022Liga 1300030
Jami25331284
Metz (ijara)2021—2022Liga 126110271
Jami5244100565

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Senegal milliy futbol terma jamoasi202140
202270
Jami110

Manbalar