Panama kanali

Panama kanali (ispancha: Canal de Panamá) uzunligi 82 kilometr, eni 51 metrdan iborat. Panama kanali Amerikaning eng janubiy mamlakati Panamada joylashgan boʻlib, Atlantika okeani (Karib dengizi) orqali Tinch okeani bilan bogʻlab turadi.

Davlat: Panama Hudud: Panama Oeste, Panama, Kolon

Panama kanalini qurish 1880-yilda boshlangan va 1914-yilda qurub bitkazilgan.

Qurilishi

Panama kanaliga birinchi urinish 1881-yil 1-yanvarda qilingan. Loyiha Suvaysh kanalini qurgan Ferdinand de Lesseps boshchiligida dengiz sathidan kanal sifatida ishlab chiqilgan.

Kanal qurilishining dastlabki yillarida qazish ishlari natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni tashishda tashkiliy ishlar yo‘qligi, transport vositalarining yetishmasligi natijasida dastlabki jiddiy muammolar yuzaga kela boshladi. Bularning barchasidan tashqari, sodir bo'lgan ko'chkilar bilan ham katta qiyinchiliklarga duch keldi. Ko'chkilarning oldiniolish uchun Kanalning ma'lum qismlarida qazish chuqurligini kamaytirish kerak edi.

Kengaytirilgan Panama kanali 2016-yil 26-iyunda yana ishga tushdi.