Ozarbayjonlar

Ozarbayjonlar (ozarbayjoncha: Azərbaycanlılar) — xalq, Ozarbayjonning asosiy aholisi (8,172,800 kishi). Shuningdek, Eron (18,430 mln. kishi). Rossiya Federatsiyasi (621,800 — 1,500,000 kishi), Gruziya (307 ming kishi), Qozogʻiston (90 ming kishi), Armaniston va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni 17,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ozarbayjon tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, shia musulmonlar.

Ozarbayjonlar
Azərbaycanlılar, Azərbaycan türkləri
آذربایجانلیلار ,آذربایجان تورکلری
Umumiy aholi soni

28-35 milliongacha

Katta aholiga ega mintaqalar
Eron bayrogʻi Eron18,5 — 18 million[1]
 Ozarbayjon10,172,800[2]
 Rossiya621,800 — 1,500,000
 Turkiya800,000 — 2,500,000
 Gruziya284,761[3]
 AQSh24,377 — 400,000[4][5][6][7][8][9]
 Qozogʻiston85,292
 Ukraina45,176[10]
 Oʻzbekiston44,400[11]
 Turkmaniston33,365
 Niderlandiya18,000[12]
 Qirgʻiziston17,823
 Germaniya15,219[13]
 Buyuk Britaniya15,000[14]
 Belarus6,362[15]
 Kanada3,465[16]
 Latviya1,697[17]
 Avstriya1,000[18]
 Estoniya880[19]
 Litva788[20]
Tillar
Ozarbayjon tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa turkiy xalqlar

Ozarbayjonlar katta yevropeoid irqining janubiy irqiga mansub. Ozarbayjonlar etnogenezida qadim Mana (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1- yarmi), Kavkaz Albaniyasi (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi — milodiy 10-asr), Midiya, Atropatena (miloddan avvalgi 4-asr — milodiy 7- a.) davlatlari aholisi qatnashgan. VII asrda arablar istilosidan soʻng Aderbeygon yoki Ozarbayjon nomini olgan. Miloddan avval 1-ming yillik — milodiy 1-ming yillik mobaynida eroniy va turkiyzabon qabilalar (skiflar, gunnlar, bulgʻorlar, bijanaklar va boshqalar) mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Ozarbayjon etnik birligining shakllanishi, asosan, 11—13-asrlarda Ozarbayjonga yangi turkiy (oʻgʻuz) qabilalarining kirib kelishi natijasida yakunlangan.

Ozarbayjonlarning bir qismi sanoatda (ayniqsa, neft, gaz, asbobsozlik va boshqalar) va qishloq xoʻjaligida band. Qishloq aholisining anʼanaviy mash-gʻuloti — dehqonchilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik.[21]

Manbalar