Ondřej Kúdela

Ondřej Kúdela talaffuzi: Ondrjey Kudela; 1987-yil 26-martda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Persia Jakarta va Chexiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi[2][3]. Avvalroq 1. FC Slovácko, Sparta Prag, Mladá Boleslav, Slovan Liberec va Slavia Praga klublarida oʻynagan. Kúdela ijarada \Kladno va Qozogʻistonning Ordabasy klublari sharafini himoya qilgan.

Ondřej Kúdela
Kúdela 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiOndřej Kúdela[1]
Tavallud sanasi26-mart 1987-yil (1987-03-26) (37 yosh)
Tavallud joyiBojkovice, Chexiya
Boʻyi1.82 m
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Persija Jakarta
Raqami17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997-2005Slovácko
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005—2007Slovácko31(1)
2007—2009Sparta Prague6(0)
2007→ Kladno (ijara)10(1)
2009—2017Mladá Boleslav177(9)
2014→ Ordabasy (ijara)14(0)
2017—2018Slovan Liberec29(0)
2018—2022Slavia Prague100(14)
2022—Persija Jakarta11(0)
Milliy terma jamoa
2003—2004Chexiya U1711(0)
2005Chexiya U184(0)
2006Chexiya U198(0)
2006—2007Chexiya U2012(3)
2007—2008Chexiya U2112(0)
2008—Chexiya10(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 6-dekabr uchun)

Oʻyin uslubi

Kúdela odatda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham maydonlarga tushgan[4]. 2021-yilgi mavsum yakunida Chexiya chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan[5].

Klublardagi faoliyati

Kúdela 1. FC Slováckoning yosh toifadagi jamoasi orqali asosiy jamoaga oʻtgan va 2005-yilda klubda professional debyutini oʻtkazdi[6].

2007-yilda Sparta Praguega oʻtdi va oʻsha yili Kladnoda yarim yillik ijara asosida ham oʻynadi

2009-yilda FK Mladá Boleslav isteʼfoga chiqqan Jan Rajnochning oʻrnini bosish uchun Kúdela bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilda Qozogʻistonning Ordabasy jamoasida yarim yil ijarada oʻynadi. Oʻsha yili Boleslavga qaytdi va shu klubda umumiy 8 mavsum oʻynadi[7][8]. Klub bilan 2010—2011 yilgi va 2015—2016 yilgi Chexiya kubogini qoʻlga kiritgan[9].

2017-yilning yanvarida Kúdela Slovan Liberec bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[10].

2018-yilda bosh murabbiy Jindřich Trpišovský Kúdelani koʻp oʻtmay SK Slavia Prague klubiga oʻtkazdi[11]. „Slavia“ bilan jami uchta chempionlik, uchta kubok va bitta superkubokni qoʻlga kiritdi.

2022-yil iyun oyida Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persija Jakartaga oʻtdi[12]. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini o‘tkazdi. Uchrashuv 0:1 hisobida Bali foydasiga hal boʻldi[13].

Faoliyat statistikasi

Klub

6-dekabr, 2022-yil
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Slovácko2004—2005Chexiya birinchi ligasi1010
2005—200612100121
2006—200718000180
Jami31100311
Kladno (ijara)2007—2008Chexiya birinchi ligasi10100101
Sparta Prague2008—200960001070
Mladá Boleslav2008—2009810081
2009—201025100251
2010—201115010160
2011—2012265202010315
2012—20132413040311
2013—201429050340
2014—2015501060
2015—20162916020371
2016—20171602020200
Jami1779200100102089
Ordabasy (ijara)2014Qozog‘iston Premyer-ligasi14000140
Slovan Liberec2016—2017Chexiya birinchi ligasi14020160
2017—201815020170
Jami29040330
Slavia Prague2017—2018Chexiya birinchi ligasi701080
2018—20192232090333
2019—2020302108010402
2020—20212964090426
2021—20221230040163
Jami10014803001013914
Persija Jakarta2022—2023Liga 11100000110
Jami faoliyati378253204102045325

Xalqaro

25-sentyabr, 2022-yil[14]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Chexiya Respublikasi200810
201930
202020
202130
202210
Jami100

Yutuqlari

SK Slavia Prague
  • Chexiya Birinchi Ligasi: 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021
  • Chexiya kubogi: 2017—2018, 2018—2019, 2020—2021

Chexiya U-20

Individual

  • Chexiya Birinchi ligasining eng yaxshi himoyachisi: 2020—2021

Manbalar