Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi IV chaqirigʻi

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining toʻrtinchi chaqirigʻi 22-dekabrning 2019-yilida (1-tur) va 5-yanvarning 2020-yilida saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi 2025-yilgacha oʻzining vazifasini ijro etadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitsiyasining 76-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasi (quyi palata) Senat (yuqori palata) bilan birga besh yilga saylanadi (76-moddasiga binoan)[1]. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida tartqatib yuborilishi mumkin (95-moddasiga binoan)[2]. Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilsa, yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palataga boʻlingan: Senat (yuqorgi palata) va Qonunchilik palatasi (pastki palata). Qonunchilik palatasining spikeri 12-yanvar 2015-yilda beri Nurdinjon Ismoilov boʻlib kelmoqda.

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi

     OʻzLiDep (53)
     Milliy tiklanish (36)
     Adolat (24)
     XDP (22)
     OʻEP (15)
Qisqa maʼlumot
Qonunchilik organi Oliy Majlis
Uchrashuv joyi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Muddati 6-yanvar, 2020-yil(2020-01-06) – 2025-yilda
Saylov 22-dekabr 2019-yil (1-tur)
5-yanvar 2020-yil (2-tur)
Hukumat      OʻzLiDep
     Milliy tiklanish
Oppozitsiya      Adolat
     XDP
     OʻEP
Vebsayt https://parliament.gov.uz/
Aʼzolar 150
Spiker Nurdinjon Ismoilov
Spikerning birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov
Spikerning oʻrinbosarlari Aktam Hayitov (OʻzLiDeP)
Alisher Qodirov (Milliy tiklanish)
Zuxra Ibrohimova (Adolat)
Ulugʻbek Inoyatov (XDP)
Xayrillo Gapporov (OʻEP)
Qoʻmitalar raislari Sharofiddin Nazarov
Jahongir Shirinov
Mavludaxon Xoʻjaeva
Yelena Borisova
Erkin Salixov
Dilorom Fayziyeva
Vaxobjon Muratkabilov
Ravshan Mamutov
Erkin Zohidov
Shuxrat Bafayev
Ilhom Abdullayev
Devon rahbariyati Komiljon Ernazarov (rahbar)
Boburjon Rajapov (rahbar oʻrinbosari)
Jasur Jumayev
Abdurashid Abduqodirov
Saida Joʻrayeva
Nodirbek Ergashev
Aziz Saribayev
Raxmiddin Musayev
Aʼzamjon Saidov

Saylov

Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi uchun saylovlar ikki turda oʻtdi, 22-dekabrning 2019-yilida va 5-yanvarning 2020-yilida. Saylovda 5ta partiya qatnashishga muvofiq boʻldilar. Saylovda yangi partiya — Oʻzbekiston ekologik partiyasi qatnashdi. Avval Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston ekologik harakati mavjud edi va u 15 deputatlardan iborat boʻlgan edi. Ushbu qonun 25-iyun 2019-yilida oʻz kuchini yoʻqotdi va harakat partiyaga oʻzgartirildi[3]. Shunday qilib saylovda quyidagi beshta partiyalar ishtirok etdilar: Liberal demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish partiyasi", "Adolat" partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiyasi.

Tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi 150 deputatdan iboratdir. Saylovning ikkit turiga binoan deputatlar tarkibi quyidagidan iborat[4]:

Deputatlar

soni tarkibi

Yoshi boʻyicha

tarkibi

Yoshi

(foizda)

Millatlari

boʻyicha tarkibi

Kasbi boʻyicha

tarkibi

Kasbi

(foizda)

OʻzLiDep53 oʻrin25-309 kishi6 %oʻzbeklar130 kishiFan-taʼlim sohasi3221 %
"Milliy tiklanish"36 oʻrin30-5097 kishi65 %qoraqolpoqlar5 kishiBank, moliya va

iqtisod sohasi

2315 %
Adolat24 oʻrin50+44 kishi29 %ruslarHuquqshunoslar va

siyosatshunoslar

2114 %
XDP22 oʻrintojiklar3 kishiJamoatchilik va

nodavlat-notijorattashkilotlari

2114 %
OʻEP15 oʻrinqozoqlarQishloq xoʻjaligi

sohasi mutaxassislari

128 %
koreyslar2 kishiTibbiyot sohasi96 %
qirgʻizlar1 kishiQurilish,

kommunikasiya,transport vasohasi

96 %
turkmanlarTadbirkorlar75 %
OAV sohasi64 %
Boshqa sohalar107 %

Fraksiyalar

LogotipiQisqa nomiToʻliqSiyosiy mafkurasiSiyosiy pozitsiyasi
OʻzLiDepTadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -

Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasiningfraksiyasi

Liberalizm, konservativ-liberalizm,

sekularizm, antikommunizm

Sentrizm
Milliy tiklanishOʻzbekiston „Milliy tiklanish“

demokratik partiyasining fraksiyasi

Natsional-konservatizmOʻng
XDPOʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining

fraksiyasi

Sotsial-demokratiyaChap-sentrizm
AdolatOʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik

partiyasining fraksiyasi

Sotsial-demokratiya, leyborizmChap-sentrizm
OʻEPOʻzbekiston Ekologik partiyasining fraksiyasiYashil siyosat, atrof-muhit himoyasiSentrizm

Kengash tarkibi[5]

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spkeri — Nurdinjon Ismoilov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari — Akmal Saidov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari — Aktam Hayitov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — „Milliy tiklanish“ DP fraksiyasi rahbari — Alisher Qodirov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari — Zuxra Ibrohimova
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — OʻzXDP fraksiyasi rahbari — Ulugʻbek Inoyatov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari — Xayrillo Gapporov
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining Qonunchilik palatasida axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Odiljon Tojiyev

Qoʻmitalar raislari

  • Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi — Sharofiddin Nazarov
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi — Jahongir Shirinov
  • Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi — Mavludaxon Xoʻjaeva
  • Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi — Yelena Borisova
  • Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi — Erkin Salixov
  • Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi raisi — Dilorom Fayziyeva
  • Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi — Vaxobjon Muratkabilov
  • Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi — Ravshan Mamutov
  • Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi — Erkin Zohidov
  • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi — Shuxrat Bafayev
  • Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi — Ilhom Abdullayev

Qonunchilik palatasi devoni

Quyidagi jadvalda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni xodimlarining roʻyxati koʻrsatilgan (6-iyun 2022-yil maʼlumotlariga binoan)[6]:

Devon rahbariyati
IsmBoshqarma nomi
1Komiljon ErnazarovOliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining rahbari
2Boburjon RajapovOliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari
3Maʼlumot yoʻqKotibiyat boshligʻi
4Maʼlumot yoʻqYuridik boshqarma boshligʻi
5Maʼlumot yoʻqDavlat byudjeti boshqarmasi boshligʻi
6Maʼlumot yoʻqMatbuot xizmatining rahbari — Matbuot kotibi
7Jasur JumayevAxborot-tahlil boʻlimining mudiri
8Abdurashid AbduqodirovNazorat va monitoring boʻlimining mudiri
9Saida JoʻrayevaLingvistik ekspertiza va tahririyat boʻlimining mudiri
10Maʼlumot yoʻqXalqaro aloqalar va protokol boʻlimining mudiri
11Nodirbek ErgashevTashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimining mudiri
12Aziz SaribayevAxborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimining mudiri
13Raxmiddin MusayevModdiy-texnika taʼminoti boʻlimining mudiri
14Aʼzamjon SaidovMoliya, hisob va hisobot boʻlimi mudiri — Bosh buxgalteri

Deputatlar roʻyxati

Manbalar