Nico Williams

Nicholas Williams Arthuer (2002-yil 12-iyulda tugʻilgan), Williams Jr. nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Bilbaoning “Atletic ” klubida yarimhimoyachi sifatida oʻynaydi.

Nico Williams
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiNicholas Williams Arthuer
Tavallud sanasi12-iyul 2002-yil (2002-07-12) (22 yosh)
Tavallud joyiPamplona, Spain
Boʻyi1.80m
AmpluasiYarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Athletic Bilbao
Raqami30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012–2013Osasuna
2013–2019Athletic Bilbao

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-yanvar uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Navarrening Pamplona shahrida tugʻilgan WilliamsBilbaoning "Atletik " yoshlar akademiyasiga 2013-yilda "Osasuna " jamoasidan kelib qoʻshilgan edi[1]. U oʻzining katta faoliyatini 2019-2020-yilgi mavsumda klubning Basconia fermer jamoasida boshlagan[2].

2020-yil 11-may kuni Williams Segunda B divizionida oʻrinbosarlar jamoasiga koʻtarildi[3]. U oʻzining birinchi jamoasi va La Ligadagi debyutini keyingi yilning 28-aprelida oʻtkazdi va oʻz uyida " Real Valladolid "ga qarshi 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Jon Morcilloning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi[4]; 10 daqiqadan soʻng uning akasi Iñaki ham zaxiradan maydonga tushdi. Bu 1986-yilda Julio va Patxi Salinasdan beri birinchi marta ikki aka-uka bir vaqtning oʻzida klub uchun maydonga tushishi edi[5].

Williams" sherlar" uchun oʻzining dastlabki ikkita golini 2022-yilning 6-yanvarida Ispaniya kubogi doirasida " Atlético Mancha Real" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi[6]. Yetti kundan soʻng u Ispaniya Superkubogi 2021-2022 yarim finalida Atletico Madrid ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida gol urdi[7].

2022-yil 20-yanvarda Uilyamsga bir qator bandlarni bajarganidan soʻng birinchi jamoa shartnomasi berildi[8].

Xalqaro martaba

Williams birinchi marta 2020-yilda 18 yoshgacha boʻlganlar tarkibida Ispaniyani himoya qilgan va toʻrtta oʻyinda ikkita gol urgan[9]. U 2021-yilning fevral oyida Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan[10] va oʻsha yilning sentabrida 21 yoshgacha boʻlganlar safida debyut qilgan[11].

Shaxsiy hayot

Williams Ispaniyaning Pamplona shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Liberiyadagi fuqarolar urushidan boshpana soʻragan ganalik edi[12][13]. Nikoning akasi Inyaki Uilyams ham futbolchi va hujumchi; u ham "Atletik Bilbao"da tarbiyalangan[14][15].

Karyera statistikasi

Klub

match played 15 May 2022[16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
KlubMavsumLigaQirol kubogiBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Baskoniya2019–20Tercera divizioni4040
Atletik Bilbao B2020–21Segunda B divizioni269269
Atletik Bilbao2020–21La Liga20000020
2021–22La Liga340322 [lower-alpha 1]1393
Jami3603221413
Karyera jami66932217112

Yana qarang

  • Afro-ispanlar

Manbalar