Nico Schlotterbeck

Nico Cedric Schlotterbeck (1999-yil 1-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi Borussia Dortmund va Germaniya milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi[4][5].

Nico Schlotterbeck
Schlotterbeck 2023-yil Borussia Dortmund safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiNico Cedric Schlotterbeck[1]
Tavallud sanasi1-dekabr 1999-yil (1999-12-01) (24 yosh)[2]
Tavallud joyiWaiblingen, Germaniya
Boʻyi1.91 m[2][3]
AmpluasiMarkaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2015VfR Aalen
2015–2017Karlsruher SC
2017–2018SC Freiburg
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2018–2020SC Freiburg II25(2)
2019–2022SC Freiburg49(4)
2020–2021→ Union Berlin (ijara)16(1)
2022–Borussia Dortmund61(6)
Milliy terma jamoa
2017Germaniya U-181(0)
2017–2018Germaniya U-192(0)
2018Germaniya U-203(0)
2019–2021Germaniya U-2113(3)
2022–Germaniya12(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyun uchun)

Karyerasi

SC Freiburg

Schlotterbeck 2019-yil 9-mart kuni SC Freiburg safida katta futboldagi debyutini oʻtkazadi. U Hertha BSCga qarshi oʻyinida Filipp Lienhart oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga qoʻshiladi[6]. Freiburg safidagi soʻnggi oʻyinda DFB-Pokal finalda magʻlubiyatga uchraydi, shunga qaramasdan Schlotterbeck finalning eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga sazovor boʻldi[7].

Union Berlin (ijara)

2020-yil 31-iyul kuni Schlotterbeck Union Berlin jamoasi bilan bir yillik ijara shartnoma imzolaydi[8].

Borussia Dortmund

2022-yil 2-may kuni Borussia Dortmund Schlotterbeck bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[9]. Bu transfer asalarilar uchun 25 million yevroga tushgan[10].

Terma jamoadagi faoliyati

Schlotterbeck 2021-yil sentyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralash bahslarida murabbiy Hansi Flick boshqaruvidagi Germaniya milliy terma jamoasidan ilk chaqiruvni oladi[11]. U oʻzining debyutini 2022-yil 27-mart kuni Isroilga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazadi[12]. Keyinchalik esa 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatining yakuniy qaydnomasiga ham kiritiladi[13].

Schlotterbeck UEFA Yevro 2024 turnirida ham terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan[14].

Shaxsiy hayoti

Schlotterbeck Freiburg safida toʻp surgan sobiq professional futbolchi Niels Schlotterbeckning jiyani[15]. Uning akasi Keven ham professional futbolchi boʻlib, hozirgi kunda Freiburg safida toʻp surmoqda[16].

Statistikasi

Klub

2024-yil 1-iyun holatiga koʻra[3][4]
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
KlubMavsumLigaUmumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
SC Freiburg II2018–19Regionalliga Südwest242242
2019–20Regionalliga Südwest1010
Umumiy252252
SC Freiburg2018–19Bundesliga4040
2019–20Bundesliga130140
2021–22Bundesliga324384
Umumiy494564
Union Berlin (ijara)2020–21Bundesliga161172
Borussia Dortmund2022–23Bundesliga284394
2023–24Bundesliga332482
Umumiy616876
Umumiy1511318514
2024-yil 7-iyun holatiga koʻra[3]
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollar
Germaniya202280
202330
202410
Umumiy120

Sovrinlar

SC Freiburg

  • DFB-Pokal finalchisi: 2021-22[17]

Borussia Dortmund

Germaniya U-21

  • UEFA U-21 Yevropa chempionati: 2021[19]

Manbalar