Ngo Bao Tyau
Ngo Bao Tyau (vyetnamcha: ŋo ɓa᷉ːʊ̯ cəʊ̯) (1978-yil 28-iyunda tugʻilgan) — vyetnamlik-fransiyalik matematik. Robert Langlands hamda Diana Shelstad taklif qilgan Fundamental lemmalarni isbotlab shuhrat qozongan. Tyau Fields medali bilan taqdirlangan ilk vyetnamlik matematikdir.[1]
Ngo Bao Tyau | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 28-iyun 1972-yil Xanoy, Vyetnam |
Fuqaroligi | Vyetnam, Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Paris-Sud universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Chicago universiteti |
Taʼlimi | Oliy normal maktab Paris-Sud universiteti |
Akademik rahbarlari | Gérard Laumon |
Mashhur ishlari | Fundamental lemma isboti |
Mukofotlari | Clay Research mukofoti (2004) Oberwolfach mukofoti (2007) Sophie Germain mukofoti (2007) Fields medali (2010) Legion of Honour (2011) |
Tyau fizika professori oilasida tugʻilgan. 1988-1989-yillarda oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadalari gʻolibi. (Ularning birinchisida 100 yuz natija koʻrsatgan — 42 ta balldan 42 ball toʻplagan).
Tyau Xanoy universitetida ixtisoslashtirilgan matematika kurslarini tamomlaganidan keyin, Budapeshtda oliy maʼlumot olishga umid qilgan. Ammo Vengriyada rejim oʻzgarib, mamlakat hukumati vyetnamlik talabalarni qabul qilishni toʻxtatgan. Natijada u Parisdagi Oliy normal maktabmi tugatgan. Tyau hozirda New Jersey shtatining Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlaydi.